AMALIYoT MUDDATI Talabalar tanishuv amaliyotni ta’limning kunduzgi shakli bo’yicha o’quv jarayonidan ajratilgan holda II kurs 4 semestrida o’tadi. Amaliyot muddati kunduzgi o’quv shaklida 6 hafta. Amaliyotning aniq muddatlari o’quv rejasi asosida belgilanadi va Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori buyrug’i bilan tasdiqlaladi.
TANIShUV AMALIYoTINI TAShKIL ETISh VA O’TASh TARTIBI 5230600-“Moliya” ta’lim yo’nalishi talabalari tanishuv amaliyotini iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining moliya bo’limlarida, moliya investitsion institutlarida, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning quyi bo’g’inlarida, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalarida, tijorat banklarida, soliq idoralarida universitetning yo’llanmasi asosida o’tashi mumkin.
Amaliyotni tashkil etish va o’tashda talaba, universitetdan biriktirilgan amaliyot rahbari (o’qituvchi) va qabul qiluvchi tashkilot1 vakili (amaliyot joyida talabaga rahbarlik qilish uchun biriktirilgan tegishli bo’lim boshlig’i va mutaxassis) to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etadi.
Amaliyotni umumiy boshqarishni tegishli kafedra amalga oshiradi, to’g’ridan-to’g’ri boshqarishni kafedra tomonidan biriktirilgan ilmiy rahbar amalga oshiradi.
Amaliyot rahbarining majburiyatlari:
talaba bilan birgalikda amaliyot va hisobot mazmuni uchun shaxsiy reja- topshiriqni ishlab chiqishda ko’rsatma berish;
talabaning amaliyot o’tashini nazorat qilish;
hisobot uchun materiallarni yig’ishda talabaga uslubiy yordam ko’rsatish;
amaliyot bo’yicha yakuniy hisobotni yozishda uslubiy yordam ko’rsatish;
talabaning amaliyot bo’yicha hisobotini himoya qilishni qabul qiluvchi komissiyada ishtirok etish.
Qabul kiluvchi tashkilotda talabaning amaliyotiga tashkilot rahbari tomonidan biriktirilgan moliyaviy bo’lim boshlig’i, tajribali mutaxassislar rahbarlik qiladi va kuyidagilarni amalga oshiradi:
qabul kiluvchi tashkilotga kirish uchun vaktinchalik ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylashtirish;
qabul qiluvchi tashkilot yoki korxona xususiyatlarini hisobga olgan holda amaliyot o’tash tadbirlari rejasini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda talabaga amaliy yordam ko’rsatish;
amaliyotchi-talabaga qabul qiluvchi tashkilot yoki korxona ichki ish tartib qoidalari, ish yuritish tartiblari bo’yicha huquqiy-meyoriy hujjatlar bilan tanishishni tashkil etish;
rejalashtirilgan amaliyot tadbirlarini talaba tomonidan bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish;
tashkilot va korxonadagi mavjud amaldagi qonunchilikni tahlil qilishga talabani jalb qilish;
talaba tomonidan bajarilgan ishlar natijalarini doimiy nazorat qshtish va kelgusi topshiriqlarni aniqlashtirish, kundalik yuritishni nazorat qilish va talaba tomonidan bajarilgan ishlar natijalarini baxolab borish;
- talabaning nazariy va amaliy tayorgarligi darajasini, uning ishchanligi va psixologik sifatlarini o’rganish;
talabada tanlangan mutaxassisligiga bo’lgan hurmatni va berilgan topshiriqlarga bo’lgan javobgarlikni his etishga, ularda mustaqil-ish yuritishga tarbiyalash;
talabalar tomonidan kundalikni va amaliyot bo’yicha hisobotni rasmiylashtirishni nazorat qilish;
amaliyot tugagandan so’ng talaba amaliyoti bo’yicha hisobotiga amaliyot natijalariga qarab taqriz (tavsifnoma) berish.
Talabada amaliyot bo’yicha ishlarini tartibga soluvchi huyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo’lishi shart:
universitet tomonidan amaliyot o’tash uchun talabaga berilgan yo’llanma;
amaliyot bo’yicha dastur va uslubiy ko’rsatma (kundalik bilan birga);
shaxsiy reja (topshiriqnoma);
Amaliyot o’tash jarayonida talaba quyidagilarni bajarishi shart:
mehnat muxofazasi, texnika xavfsizligi va tashkilotning ichki tartib qoidalariga qatiyan rioya qilish;
kafedra tomonidan biriktirilgan ilmiy rahbar bilan belgilangan mmgdatlarda bevosita muloqotda bo’lish, tushunmovchiliklar vujudga kelganda u taqdirda zudlik bilan ilmiy rahbarga xabar berish;
amaliyot o’tiladigan tashkilotning ish faoliyatini tashkil etish bo’yicha hukuqiy-me’yoriy hujjatlar, ish vaqti, tashkiliy tuzilmasi va ish yuritishlari bilan tanishish;
amaliyot dasturida ko’rsatilgan rejali tadbirlarga tayyorgarlik ko’rishda va amalga oshirishda faol qatnashish;
amaliyot rahbarining amaliy kasbiy ish tajribalarini oshirishga taalluqli bo’lgan ayrim xizmat topshiriqlarini (ko’rsatmalarini) bajarish;
amaliyot mavzulari bo’yicha zaruriy ma’lumotlarni, materiallarni yig’ish va umumiylashtirish;
tashkilotda belgilangan kun tartibiga va ish tartibiga rioya qilish;
amaliyot dasturining bajarilishini muntazam ravishda kundalikda hisobini yuritish va hisobotni tuzish uchun materiallar yig’ish.
Amaliyot tugashi bilan talaba amaliyot to’g’risidagi hisobotini kafedra tomonidan tashkil etilgan komissiya oldida kafedra belgilagan muddatlarda qimoya qiladi.