Markaziy korxona va tijorat korxonalarida tanishuv amaliyotini o‘tash bo‘yicha dastur
№
|
Amaliyot mazmuni
|
Muddati kunlarda
|
1
|
Korxona tashkiliy tuzilmasi, mulk shakli, yuqori strukturasi.
|
2
|
2
|
Korxonalar, ularning filiallari va bo‘limlari o‘rtasidagi munosabatlar. Ko‘rsatilayotgan xizmat hajmi
|
1
|
3
|
Amaliyot ob’ektida ish yuritish hujjatlari bilan tanishish
|
1
|
4
|
Amaliyot ob’ekti strategik rejasi va uning tuzilishi bilan tanishish
|
1
|
5
|
Korxonalarda buxgalteriya hisobotlarini yuritish tartibi
|
1
|
6
|
Korxonalarning mehnatga haq to‘lash tizimi
|
1
|
7
|
Amaliyot ob’ektining davlat soliq organlari va budjet tashkilotlari bilan aloqasi
|
1
|
8
|
Korxonalarning moliyaviy natijalari: Xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushumlarni hisoblash, ko‘rilgan foyda, balans foydasi tarkibiy tuzulmasi
|
2
|
9
|
Korxonalarning umumiy aktivlarini hisoblash
|
1
|
10
|
Korxona foydasi tarkibi tuzilishi va uni qayta taqsimlash
|
1
|
Hammasi:
|
12
|
TANISHUV AMALIYOTINI O‘TASH BO‘YICHA KENGAYTIRILGAN DASTURI
1- mavzu: Korxona tashkiliy tuzilmasi, mulk shakli, yuqori strukturasi.
Amaliyot ob’ektining tashkil topishi. Amaliyot ob’ekti Nizomi, ta’sischilari, manzili, korxonadagi hisob raqami, hozirgi kundagi xodimlar soni. Amaliyot ob’ekti tuzilmasi va uni belgilovchi omillar. Amaliyot ob’ektining davlat tomonidan ro‘yxatga olinishi va unga modernizatsiyalash sharoitida belgilangan imtiyozlar. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari va funktsiyalari.
2-mavzu: Korxonalar, ularning filiallari va bo‘limlari o‘rtasidagi munosabatlar. Ko‘rsatilayotgan xizmat hajmi
Amaliyot ob’ektining mulk shakli, boshqaruv usuli, O‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar tug‘risida”gi qonun, undagi o‘zgarishlar. Korxona faoliyatiga ta’aluqli normativ - me’yoriy hujjatlar. Korxona to‘g‘risidagi qonunchilikning takomillashuvi. Korxonada ish yuritish holati. Korxona tarkibi, bo‘limlari vazifalari. Korxona ko‘rsatadigan xizmatlar turlari.
3-mavzu: Amaliyot ob’ektida ish yuritish hujjatlari bilan tanishish
Vazirlik, idora va mahalliy hokimiyatlan kelgan topshiriqlar va ularning ijrosi, o‘zaro hamkor Korxona va tashkilotlardan kelgan xatlar, ularning ijrosi, buyruqlar va ularning rasmiylashtirilishi
Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.
4-mavzu: Amaliyot ob’ekti biznes rejasi va uning tuzilishi
Amaliyot ob’ekti biznes-rejasi mazmuni, mohiyati, tarkibiy qismlari. Korxona boshqaruvida rejalashtirish jarayonlari va rejaning bajarilishi nazorati, monitoring va unga o‘zgartirishlar kiritish tartibi. Istiqbolli rejalari va ularning amalga oshirilishi.
Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.
5-mavzu: Korxonada buxgalteriya hisobotlarini yuritish tartibi.
Korxonada buxgalteriya hisobi ma’zmuni, tuzilishi. Korxonada buxgalteriya hisobini yuritish tartibi. Xo‘jalik jarayonlarini buxgalteriya schetlarida aks ettirish, hisobga olish tartibi va uning tahlili. Hisobotlarni tahlil qilish, ishlab chiqarish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi va muddatlari. Mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, ombordagi mahsulotlar hisobi. Korxona ob’ektida inventarizatsiya o‘tkazish tartibi va amalga oshirish jarayoni.
Korxonada audit tekshiruvini tashkil etish, tayyorlash, o‘tkazish tartibi.
6-mavzu: Korxonaning mehnatga haq to‘lash tizimi
Kadrlar tarkibi, strukturasi, kadrlar qo‘nimsizligi. Ish haqqi to‘lash tartiblari. Vaqtbay ish haqi, ishbay ish haqi, moddiy rag‘batlantirish moddiy yordam berish tartiblari.
Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.
7-mavzu: Amaliyot ob’ektining davlat soliq organlari va budjet tashkilotlari bilan aloqasi.
Korxona to‘laydigan soliq turlari. Belgilangan soliq turlari, to‘lash tartibi va ular bo‘yicha hisobotlarni rasmiylashtirish. Korxonaning budjet tashkilotlari bilan aloqasi va ular bilan o‘zaro hisob-kitoblar.
Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.
8-mavzu: Korxonalarning moliyaviy natijalari: Xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushumlarni hisoblash, ko‘rilgan foyda, balans foydasi tarkibiy tuzulmasi
Korxonaning moliyaviy natijalari, balansi mohiyati, tuzilishi. Aktiv qismining tuzilishi va tasnifi. Passiv qismining tuzilishi va tasnifi.
Mavzuga oid hujjatlardan namunalar hisobotga ilova qilinadi.
9-mavzu:Korxonalarning umumiy aktivlarini hisoblash
Korxonalardagi mavjud moddiy va nomoddiy aktivlarni hisoblash.
10- mavzu: Korxona foydasi tarkibi tuzilishi va uni qayta taqsimlash
Asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlari mazmuni va mohiyati. Korxonaning asosiy fondlari tarkibi. Asosiy fondlarni baholash (boshlang‘ich qiymat bo‘yicha, tiklanish qiymati bo‘yicha, qoldiq qiymati bo‘yicha). Asosiy vositalar aktiv qismining umumiy aktivlardagi ulushi, eskirish koeffitsienti, yangilanish koeffitsienti, yaroqlilik koeffitsienti hamda ularni hisobdan chiqarish tartibi.
Tanishuv amaliyoti hisobotini tayyorlash va rahbarlardan taqrizlar olib, uni kafedraga topshirish
Belgilangan muddatda kafedra qoshidagi ko0missiya huzurida hisobotni himoya qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |