O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INISTITUTI
TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI
«RAQAMLI IQTISODIYOT» KAFEDRASI
60410100 – “Buxgalteriya hisobi va auditi” - ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari tanishuv amaliyoti uchun
DASTUR VA USLUBIY KO‘RSATMA
Denov-2022 y.
60410100 – “Buxgalteriya hisobi va auditi” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari tanishuv amaliyoti uchun
DASTUR VA USLUBIY QO‘LLANMA
Uslubiy ko‘rsatma “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasining 2021 yil 26-avgustdagi № 1-sonli yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: ____________i.f.n K.Turaboeva
Uslubiy ko‘rsatma Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Kengashining 2021 yil “27” avgustdagi “1” - sonli majlisida muhokamadan o‘tgan va inistitut o‘quv-uslubiy Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Fakultet kengashi raisi:_____________ k.f.n.B.Iraliev.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Tadbirkorlik va boshqaruv” fakulteti “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasida tayyorlandi.
Tuzuvchilar: B.Lokaev
Taqrizchi: K.Turaboeva
Sh.Xudaynazarov
.
KIRISH
Mazkur dastur va uslubiy ko‘rsatma “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda 60411300–“Biznesni boshqarish” ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standartiga hamda “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi Nizom”ga (OO‘MTV 1998 yil 30 oktabr 305-sonli buyruq bilan tasdiqlangan), O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 16 sentabrdagi №387-sonli buyrug‘iga asosan ishlab chiqildi.
Bugungi kunda zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim berish va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borib, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lashdek dolzarb masalalardan biridir.
Mutaxassislik fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirgan, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda, yetuk kadr bo‘lib etishishda tanishuv amaliyotining o‘rni beqiyos hisoblanadi. Shu bilan birga, yosh iqtisodchi - mutaxassislarni real ishlab chiqarish sharoitlariga tayyorlash eng muhim shartlardan biri hisoblanadi. Mazkur dastur va uslubiy ko‘rsatma iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida “Biznesni boshqarish” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 1-kurs talabalari tanishuv amaliyotini tashkil etishning asosi hisoblanadi.
Tanishuv amaliyotini o‘tash talabada nazariy bilimlarni yanada mukammal darajada amaliyot bilan bog‘lashga hamda kelgusida BMI bo‘yicha unga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plab, tayyorlab borish imkoniyat yaratib, yoshlarni yetuk kadr hamda o‘z sohasining mukammal mutaxassisi bo‘lishga olib keladi.
I.Umumiy qoidalar
Ushbu dastur va uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining tanishuv amaliyoti haqida Nizom” bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlar tugrisida”gi PQ-3151-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2017 yil 29 iyuldagi 07/1-1786-son topshirig‘i, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 avgustdagi 527-sonli buyrug‘iga asosan asosan ishlab chiqilgan bo‘lib, Denov tadbirkorlik va pedagogikada Biznesni boshqarish talim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 1-kurs talabalariga tanishuv amaliyoti uchun tavsiya etiladi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika rektorining “Tanishuv amaliyotiga chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan tayinlangan rahbarlar ya’ni, “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari olib boradilar. Bunda umumiy rahbarlik “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi mudiri zimmasiga yuklatiladi. Amaliyot joyida tanishuv amaliyoti rahbarlari bo‘lib Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlarining buyrug‘i asosida tayinlangan yetakchi mutaxassislar, bo‘lim boshliqlari bo‘lishi mumkin.
Tanishuv amaliyotining bosh maqsadi
Do'stlaringiz bilan baham: |