1-rаsm. Hududlаr kesimidа isteʻmol mаhsulotlаri ishlаb chiqаrilishi1
O’zbekiston mehnat resurslarining holatiga ko’ra 3 ta region ajratiladi:
Farg’ona, Zarafshon vodiysi, Xorazm viloyati. Bu yerda ortiqcha mehnat resurslari mavjud, ish o’rinlari ham.
Mirzacho’l, Buxoro Navoiy regioni. Bu yerda ishchi kuchi kam, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun esa tabiiy resurs omili yetarli.
Toshkent regioni. Bu yerda ishchi kuchi ham, ish o’rinlari ham ko’p.
2-rаsm. Isteʻmol mаhsulotlаri ishlаb chiqаrish
Kapital bozorini rivojlantirish agentligining ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda emissiya qilingan aksiyalarning umumiy nominal qiymati 100 trillion so‘mdan ortiq bo‘lib, ulardan faqatgina 1,5 foizigina erkin muomalada harakat qilmoqda. Bu yalpi ichki mahsulotga nisbatan hisoblaganda 1 foizdan kam hisoblanib, ushbu ko‘rsatkich Singapurda 188 foiz, Malayziyada 112 foiz va Rossiyada 34 foizni tashkil etadi. Mazkur holat O‘zbekistonda kapital bozori mamlakat iqtisodiyotida investitsiyalar va jamg‘armalar o‘rtasida vositachilik rolini sifat va miqdor jihatdan yuqoriga ko‘tarish uchun katta potensialga egaligini ko‘rsatadi.
Buning uchun, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va muomalada bo‘lishini, investitsiyalarni keng jalb etish, korportiv boshqaruvni rivojlantirish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‘zda tutuvchi kapital bozori rivojlanishining uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish taqozo etiladi.
Mazkur strategiyada fond bozorini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish, uni tartibga soluvchi qonun va qonun osti hujjatlarni bozori rivojlanayotgan davlatlar talablariga (“frontiers market” ) muvofiqlashtirish, tarkibiga brokerlar, pensiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari, banklar kiruvchi moliya bozorining eko-tizimini yaratish, aholining bo‘sh turgan mablag‘larini fond bozoriga jalb qilishning jahon tajribasida qo‘llanilgan samarali institutlarni shakllantirish nazarda tutilishi kerak.
E’tiborlisi, 2019 yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa qator xalqaro ekspertlar ko‘magida 2020-2025 yillarda O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish strategiyasining loyihasi ishlab chiqildi va keng jamoatchilik o‘rtasida muhokamaga qo‘yildi. Mazkur strategiyaning asosiy vazifalaridan biri - erkin muomaladagi jami qimmatli qog‘ozlarning yalpi ichki mahsulotga nisbatini 2025 yil oxirigacha kamida 10-15 foizga yetkazish hisoblanadi.
Belgilangan vazifalarga erishish uchun investorlar bazasini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, moliyaviy savodxonlikni yaxshilash orqali qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan talabni oshirish, emitentlar sonini ko‘paytirish va yangi moliyaviy instrumentlar orqali qimmatli qog‘ozlar taklifini kengaytirish, qonunchilik va nazorat tizimini takomillashtirish, kapital bozori infratuzilmasini yaxshilash va kapital bozorini muvofiqlashtiruvchi organning institutsional salohiyatini mustahkamlash strategiyaning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanishi maqsadga muvofiq. Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, kelusi yil uchun asosiy vazifalardan biri mazkur strategiyani qabul qilish va unda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishning uzviyligini ta’minlash hisoblanadi.
Mazkur strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish erkin muomaladagi qimmatli qog‘ozlar ulushini yalpi ichki mahsulotning 10-15 foiziga yetkazish, investitsiya loyihalarni moliyalashtirishning muqobil manbasi sifatida fond bozori imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish kabi yangi mexanizmlarni keng joriy etish, iqtisodiyotning bank sektoriga bog‘liqligini va davlatning bank sektoridagi ishtirokini kamaytirish, yashirin aylanmadagi qo‘shimcha mablag‘larni iqtisodiyotga jalb qilish va pirovardida O‘zbekiston iqtisodiyotining jadal sur’atlarda o‘sishini ta’minlash kabi muhim va dolzarb masalalarni hal etishi kutilmoqda.
Xulosa
Cheklangan iqtisodiy resurslardan foydalanib, ishlab chiqarish imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirish darajasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo’yadi:
- Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning maqbul variantlarini tanlab olish va resurslarni ishlab chiqarishga jalb qilish.
- Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergash, samarali foydalanish.
- Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, material, xom ashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligini oshirishga erishish.
Demak resurslar tejalgandagina insonlarning haqiqiy ehtiyojlarini qondirish mumkin bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat a’zolarining daromadlarini ularning tadbirkorlik faoliyatlariga qarab turli darajada shakllanishiga olib keladi.
Davlat bunday holda aholini kuchli ijtimoiy ximoyalash siyosatini olib boradi. Milliy daromadni qayta taqsimlash natijasida tafovutlar qisqaradi. Lekin, asosan insonlarning o’z ehtiyojlarini qondirishida ularning mehnatsevarligi, shijoatkorligi, mehnatga bo’lgan munosabati muhim rol o’ynaydi. Ishyoqmas, dangasa, landovur odamlarning ehtiyoji davlatning ijtimoiy siyosati samarali, iqtisodning rivojlanishi darajasi yuqori bo’lganda ham qondirilmaydi.
Demak, insonlarning o’z ehtiyojlarini qondirish darajasi dastavval o’ziga bog’liq. Ehtiyojlar cheksiz bo’ladi. Insonlarning yaxshi yashashi bilan bog’liq bo’lgan orzu-xavaslari doimiy ravishda o’sib boradi. Bu esa ehtiyojlarni yuksalish qonunida o’z ifodasini topdi. Ishlab chiqarishning o’sishi, aholi daromadlarini, korxona foydasini o’sib borishini ifodalaydi. Oqibatda bu iqtisodiy rivojlanish insonlarning ehtiyojlarini o’sib borishini ta’minlaydi. Ehtiyojlarni o’sib borishi aholining iqtisodiy va ijtimoiy turmush sharoitlari bilan ifodalanadi. Iqtisodiy resurslar cheklanganligi tufayli insonlar o’z ehtiyojlarini to’liq qondira olmaydilar. Ularning cheklanganligi insonlarning oziq-ovqatga, tovarlargagina emas balki xizmat ko’rsatishga bo’lgan ehtiyojlarini ham chegaralab qo’yadi.
Bunday holda insonlar bilan davlat, jamiyat a’zolari o’z daromadlariga yarasha tanlash muammosiga duch keladilar. Masalan: O’zbekiston Respublikasi energiya mustaqilligini ta’minlash maqsadida neft qazib olish va gaz kondensati ishlab chiqarishga boshqa tarmoq ishlab chiqarishga nisbatan ko’proq mablag’ ajratishga majbur bo’ladi.
Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojini qondirishning muhim yo’li bo’lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham chegaralab qo’yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimi bir xil bo’lib turmaydi, balki yangi texnologiyalarning yaratilishi hamda ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnika va texnologiyalar bir tomondan, mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish, energiya, yonilg’i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, yangi material, xom Ashe, energiya va boshqa resurslar manbalarini topib, hayotga jalb etish imkonini beradi. Jumladan, erning chuqur qatlamlaridagi boyliklarni topish va ishga tushirish, jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslardan foydalanish va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |