Denov — Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyatidagi shahar (1958-yildan). Denov tumanining maʼmuriy-iqtisodiy markazi. Denov 17—18-asrlarda Buxoro Xonligi tarkibidagi Alohida beklik boʻlib karvon savdosi markazlaridan biri boʻlgan. Shaharda hunarmandchilikning yuzdan ziyod turi, asosan, koʻn-charm tayyorlash, etikdoʻzlik, toʻquvchilik, zardoʻzlik, qandolatchilik, oʻyinchoqsozlik va shunga oʻxshash turlari rivojlangan. 1907-yil Denovda amirning soliq siyosatiga qarshi yirik xalq harakati boʻlib oʻtgan. 1920-yil Denovda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatilgach koʻpchillik hunarmandchilik ustaxonalari yopilib, shaharga savdo mollari kelishi toʻxtab qoldi.
1925-yil Denov orqali oʻtuvchi Termiz—Dushanbe yoʻli qurildi. Denov oʻzining sanoat korxonalari bilan nafaqat viloyatda balki respublikada munosib oʻrin tutadi. Sanoat korxonalari, asosan, viloyatda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. „Denovsut“, „Surxonoziqovqat“ aksanerlik jamyati korxonalari, paxta tozalash, mexanika, araq-vino, konserva zavodlari, paxta tozalash fabrikasi bor.
Denovda ishbilarmonlik va tadbirkorlikka keng yoʻl ochilgan. Kichik korxona, firma, shirkatlar faoliyat koʻrsatmoqda. Ularda 20 dan ortiq yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Mustaqillik yillarida shaharda hunarmandchilikning ravnaqiga katta eʼtibor berilgan. Beshiksozlik, sandiqsozlik, temirchilik, duradgorlik va shunga oʻxshash sohalar keng rivojlandi. Hunarmandlar ayniqsa sandiqsozlikni sanʼat darajasiga koʻtarganlar. 8 ta umumiy taʼlim maktablari, gimnaziya maktabi, xorijiy tillar, kimyo, fizika-matematika litseylari, tibbiyot bilim yurti, shahar biznes maktabi, bolalar sanʼat maktabi, poliklinikalar, 13 ta kutubxona (200 ming nusxa kitob), madaniyat va istirohat bogʻlari, yirik stadion, dehqon bozori mavjud. Denovdan Oʻzbekiston poytaxti Toshkentga va yana bir qancha viloyat markazlari va shaharlarga muntazam avtotransport vositalari qatnaydi. Shahar hududida meʼmoriy yodgorliklardan Said Otaliq madrasasi (XVI-asr) saqlangan (hozirda madrasani asl holiga qaytarish ishlari olib borilmoqda). Uning old qismidagi hudud obodonlashtirilgan. 1992-yilda Denov televideniyesi ish boshladi.
Саид оталиқ мадрасаси — Сурхондарё вилояти Денов шаҳридаги меъморий ёдгорлик (16-а.).
Хожа Алоуддин Атторга атаб қурилган. Айтишларича, бу зот Баҳоуддин Нақшбанднинг куёвлари бўлиб, у кишининг икки халифаларидан бири. Бу киши дафн қилинган қабрлари ҳозир "Шайх Аттори Валий" ёки "Остона бува" дейилади. Мадраса у кишининг ўғиллари ва неваралари томонидан 26 йил давомида қурилган. Қурилишда уста Аҳмад Мамат Бухорий бошқош бўлган. Пойдеворининг чуқурлиги 5,5 м. Мадраса шимолий жанубга томон чўзилган тўгри тўртбурчак тарҳли (46х64 м), бурчакларига гулдасталар ишланган. Пештоғининг 2 ён томонида 2 қаватли 3 равоқли пешайвони бор.
Пештоқ орқали кираверишда миёнсарой (бир неча бўлимдан иборат), унинг 2 ёнида чортоқ тархли масжид ва дарсхона бор. Миёнсарой гумбази қалқонсимон қаносларга, масжид ва дарсхона гумбазлари тоқиларга таянган. Ҳовли (40х29,5 м) атрофида олди чуқур равоқли, 2 қаватли ҳужралар жойлашган. Пастки қаватдаги ҳужралар ҳажми 4,75х2,75 м ва юқорисидаги ҳужралар ҳажми 2,75х2,25 м, томи балхи гумбазли. Пештоғи ва ички хоналарида миёнсарой равоқларида ганчкори безаклар ва ички бўртма қобирғасимон, муқарнас нақшлар сақланган. Ҳужра деразаларига ганчдан панжаралар ишланган. 1956—60 ва 1972—73 йилларда илмий ўрганилиб, лойиҳа асосида таъмирланмоқда.
Tuman va mahalladagi urush qatnashchilari: Yangiboyev Ashur . 1918 yil denov shahar yangiobod mahallasida tuģilgan. Malumoti oliy. Maktabda òqituvchilik qilgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi . Hozirda nafaqada Denov tumanida istiqomat qilmoqda.
Meredov Dosbek . 1925 yil 10 martda Turkmanistonda tavvallud topgan. Millati turkman. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Hozirda Denov shahar Sh. Rashidov 19- A uyda istiqomat qilmoqda.
Toshboyev Xushboq. 1951 yil 29 dekabrda tavallud topgan . Millati òzbek. Turkiy barlos uruģidan. Afģon urushi qatnashchisi . Hozirda Denov Tumani Qiziljar mahallasida istiqomat qilmoqda.
Eronqulov Xolmat . 1954 yil 2 iyulda tavallud topgan. Millati òzbek. Afģon urushi qatnashchisi. Hozirda Denov Tumani Qiziljar Mahallasida istiqomat qilmoqda.
Sharipov Ubaydullo. 1953 yil 20 aprelda tavallud topgan . Millati òzbek. 1979 yilda Afģon urushida qatnashgan. Medal bn taqdirlangan.
Tòxtamishov Doniyor. 1936 yil 6 mayda tavallud topgan. Millati uzbek . Afģon urushi qatnashchisi. 1980 yilda Mehnat faxriysi kòkrak nishoni bilan taqdirlangan. Hozirda Denov Tumani Qiziljar Mahallasida istiqomat qilmoqdaMusulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Al Hakim at-Termiziy maqbarasi meʼmoriy yodgorlik bo‘lib, qadimgi Termiz shahrining chekkasida joylashgan. Maqbarada buyuk islom arbobi, turli falsafiy va diniy asarlar muallifi, darveshlar jamoasining yaratuvchisi Abu Abdulloh ibn Hasan ibn Bashir al-Hakimiy at-Termiziy maqbarada dafn etilgan. U xalq orasida Termiz-ota deb ham nomlanadi. Afsonaga ko‘ra, o‘n yoshida unga vahiy kelib, bir qariya unga bilim bergan. Vaqt o‘tishi bilan u shuhrat qozondi, lekin ota-onasining uyida kamtarona yashashni davom ettirdi. Hakim at-Termiziy shahid sifatida vafot etdi – qarilik chog‘ida shaharga bostirib kirgan dushmanlar uni boshidan judo qildilar (IX asr oxiri).
Afsonaga ko‘ra, Chingizxon ushbu noyob durdonadan hayratda qolgan, o‘z qo‘shiniga yodgorlikka zarar bermaslikni buyurgan, chunki u bu binoni odamlar emas, balki xudolar yaratgan deb ishongan.
Maqbara ustida gumbaz ko‘tarilgan, bino ichida esa juda hashamatli bezaklar bor. Marmardan yasalgan va noyob naqshlar va arab yozuvlari bilan bezatilgan avliyoning qabr toshli diqqatni o‘ziga tortadi. Ansamblning yonida sal keyinroq qurilgan jome masjidi joylashgan.
at-Termiziy majmuasi hududida yana bir nechta qiziqarli diqqatga sazovor joylar mavjud.
Surxondaryo viloyati Denov Tumani Qiziljar mahallasi
Qiziljar mahallasi 1980 yilda tashkil topgan. Hozirda Denov tumani hududida . Eski Kuybeshev nomli kolxoz òrnida barpo etilgan. Mahalla nomi toponomikasiga tuxtalsak mahalla hududida jarliklar kòpligi va tuproq tarkibi qizil rangda ekanligiga nisbat berilib shu bilan atalgan. Mahalla shimol tarafdan Buyuk Ipak yòli, shimoli sharq tomondan Chòntosh , ģarbdan Karvontepa va Namuna janubdan Qizil Farģona MFY bilan chegaralangan. Mahalla hududi jihatdan joylashuviga qarab 3 ta kuchadan iborat: 1.Bunyodkor, 2. Istiqlol, 3. Qiziljar kòchalaridir. Mahalla hududi katta. Mahallada 2 yarim mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Mahalla raisi Shaymordonov Valijon. Mahalla hududida ta' lim muassasasi 2 ta maktab 53- sonli umumiy òrta talim maktabi va 11 - son DIUMMahallada 1 ta mini stadion va bolalar maydonchalari 1 ta xususiy, 1 ta davlat MTT lari faoliyat kursatmoqda. joylashgan. Bir nechta tijorat dukonlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |