Denov filiali pedagogika fakulteti



Download 7,27 Mb.
bet71/551
Sana23.01.2022
Hajmi7,27 Mb.
#404392
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   551
Bog'liq
Она тили ўқитиш методикаси фанидан ЎУМ 3-курс 2019-2020

Davlatdan — ot, chiqish kelishigi qo'shimchasini olgan, -dan qo'shimchasi otni qimmat so'ziga bog'lagan. O'quvchilar javobi umumlashtiriladi.

Shundan so'ng oldindan xattaxtaga yozib qo'yilgan darslikdagi mashq ustida ishlanadi:

—O'qing. Tagiga chizilgan so'z qaysi turkumga kiradi? Shu so'z qaysi shaxsni bildiradi? Bizni olmoshi qaysi qo'shimcha bilan qo'llangan? Bu qo'shimcha biz olmoshini qaysi so'zga bog'lagan? Ulami birlikda yozing: Bizni olib bordilar. Kelishik qo'shimchasini va bog'lanishini tegishlicha belgilang. Kelishik nomini qisqartirib tepasiga yozing.

Ikkinchi gapni o'qing. Olmoshning qaysi kelishik qo'shimchasini olganini ayting. Qaratqich kelishigi otni qaysi so'zga bog'lagan? Ularni birikma tarzida yozing: Bizning ko'z o'ngimizda. Qo'shimchani va so'zlarning bog'lanishini belgilang.

Qolgan gaplar ustida ham shu taxlitda ishlanadi. Xattaxtaning bir tomonida quyidagi birikmalar yuzaga keladi:

Bizni olib bordilar.

Bizning ko'z o'ngimizda.

Bizga gapirib berdi va boshq. O'quvchilar javobi yana suhbat yo'li bilan umumlashtiriladi:

—Kishilik olmoshlari qaysi qo'shimchalami oladi?

—Qaysi kelishik qo'shimchalari olmoshga qo'shilib keladi?



  • Bu qo'shimchalar olmoshlami qaysi so'zlarga bog'laydi? (boshqa so'zlarga)

—Kelishik qo'shimchasini olgan bizning, bizni, bizga, bizda, biz-dan kabilar qaysi so'roqlarga javob bo'lyapti? Ular gapda qaysi bo'lak bo'ladi? (2-darajali bo'lalc)

—Biz olmoshiga so'roq bering, u qaysi kelishikda? Gapda qaysi bo'lak bo'lib kelyapti? (Ega)

O'quvchilar javobi aniqlashtiriladi va umumlashtiriladi:


  • Kishilik olmoshlari ham kelishik qo'shimchalarini oladi. Kelishik qo'shimchalarini olganda olmoshlar turlanadi. Tushum, qaratqich, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishigidagi olmoshlar gapda 2-darajali bo’lak bo'lib keladi. Bosh kelishikda esa ega vazifasini bajaradi: Biz mehnatni sevamiz-

Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishi haqidagi tushuncha mashqlar yordamida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlarining qaysi kelishikda ekanligini aniqlash, ularni o'zi bog'langan so'z bilan birikma tarzida ko'chirish, shaxs-sonini topish, chiziqchalar o'rniga topshiriqqa mos olmoshlarni qo'yish, ot o'rnida qoilangan olmoshlarni aniqlash, ijodiy matnlar tuzish kabi topshiriqli mashqlar bajartiriladi.

Keyingi darslarda o'quvchilarning kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishi paytidagi imlosini o'zlashtirishlariga, ijodiy yozma ishlar uyushtirishga va ularda kishilik olmoshlaridan to'g'ri foydalanib, nutqda uslubiy jihatdan to'g'ri qo'llashlariga, shuningdek, nutqda kishilik olmoshlaridan o'rinsiz va tinimsiz fovdalanishlarini bartaraf etishga ahamiyat qaratiladi. Kishilik olmoshlarini o'rinsiz

ko'p ishlatishlarini bartaraf etish uchun o'quvchilarning ijodiy yozma ishlari: bayon va insholari o'qib berilib, tahlil qilinadi.

O'quvchilar nutqida kishilik olmoshlarini- man, san tarzida sheva ta'siriga berilib talaffuz qilish holatlari uchraydi. Kishilik olmoshlariga ajratilgan darslarning yana bir vazifasi shu kabi kamchiliklami ham yo'qotishdir.

O'quvchilarni kishilik olmoshlaridan nutqda to'g'ri foydalanishga o'rgatish nutqiy g'alizlikni, talaffuzdagi yoqimsizlikni bartaraf etadi.


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish