Uyga vazifa. 388-mashq. O’quvchilar mashqni shartiga ko‘ra mustaqil bajaradilar. Nuqtalar o‘rniga shaxs-son qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib, gaplarni yozishlari haqida yo‘llanma beriladi.
O’qituvchi ma’nosi qiyin so‘zlarni oldin o‘quvchilardan so‘raydi, so‘ng o‘zi so‘zlarni izohlab beradi.
Lug‘at ishi. nafim — foydam, yordamim; zimma — o‘z ustiga, o‘z bo‘yniga; foz.il — olim odam; komil — kamolotga yetgan, yetuk inson; zalolat — yo‘ldan ozish.
Darsda o‘tilganlarga yakun yasash.
Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar nimani bildiradi?
Harakatni bildirgan so‘zlar qaysi turkumga kiradi?
Fe’llargapda qanday bo‘lak vazifasida keladi?
Fe’lning bo‘lishsizlik shakli qanday hosil bo‘ladi?
Fe’lning shaxs-son qo'shimchalari bilan qo‘llanishi nima deyiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |