Auditoriya soatlari
|
Mustaqil ta’lim
|
Shu jumladan
|
Ma’ruza
|
Amaliy mashg’ulot
|
Seminar mashg’ulot
|
YaN
|
1.
|
V
|
114
|
54
|
30
|
60
|
24
|
Yozma
|
2.
|
VI
|
114
|
80
|
30
|
60
|
24
|
Yozma
|
|
J a m i :
|
228
|
134
|
60
|
120
|
48
|
|
Asosiy qism
Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Asosiy qismda (ma’ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo’yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar to’la qamrab olinishi kerak.
V-semestr
Ma’ruza mashg’ulotlari
5-MODUL. Fonetika, grammatika, so’z yasalishi va orfografiyani
o’rgatish metodikasi
5.1. Kichik yoshdagi o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishda ona tilini o’rgatishning ahamiyati. Ona tilini o’rgatishning lingvistik asoslari. Boshlang’ich ta'limda ona tilini o’rgatish mazmuniga tavsifnoma.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: blits-so’rov, bahs-munozara, o’z-o’zini nazorat, T-sxemasi.
Adabiyotlar:A1; A2; Q14; Q15; Q17, 18.
5.2. Fоnеtikа vа grаfikа аsоslаrini o‘rgаnish mеtоdikаsi. Fonеtika va grafika asoslarini o`rgatish usuliyati. Kichik yoshdagi o`quvchilarning ona tilini o`zlashtirishida fonеtika bilimining ahamiyati. O`quvchilarda so`zning tovush va harf tarkibi haqidagi boshlang`ich tasavvurini shakllantirish. Tovushlar va harflar, unli va undosh, jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, ularning yozuvda ifodalanishi. Bo`g`in, bo`g`in ko`chirish qoidalari bilan tanishtirish, ularni amaliy o`zlashtirish ustida ishlash.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: blits-so’rov, bahs-munozara, o’z-o’zini nazorat, T-sxemasi.
Adabiyotlar:A1; A2; Q14; Q15; Q17, 18.
5.3. O’quvchilarda grammatika va so’z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari. Grammatik va so’z yasalishiga oid ma’lumot. Grammatik tushunchalarni o’zlashtirish. Tushunchani o’zlashtirish ustida ishlash jarayoni. O'qituvchi tushunchalarni shakllantirish jarayonini boshqarish. O'quvchilar aqliy faoliyatini to'g'ri tashkil etish uchun tushuncha nimaligini, tushunchani bilib olish jarayonining xususiyatlarini, tushunchani o'zlashtirish qanday sharoitda natijaliroq bo'lishini ko‘z oldiga aniq keltirishi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: blits-so’rov, bahs-munozara, o’z-o’zini nazorat, T-sxemasi.
Adabiyotlar:A1; A2; Q14; Q15; Q17, 18.
5.4. Grammatik tushunchalarning mohiyati. Tushunchalarni o'zlashtirish ustida ishlash jarayoni. Uning bosqichlari. O’quvchilar aqliy faoliyati faollashtirish. O’quvchilarda so’z va gapga lingvistik munosabatni o’stirish ustida maqsadga qaratilgan ishlar. Yangi tushunchani ilgari o’rganilgan tushunchalar tizimiga kiritish. Ayrim til kategoriyalari bog’lanishining mohiyati yangi til kategoriyasini o’rganish jarayonida ochilishi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: blits-so’rov, bahs-munozara, o’z-o’zini nazorat, T-sxemasi.
Adabiyotlar:A1; A2; Q14; Q15; Q17, 18.
5.5. Boshlang`ich sinflarda so`zning morfemik tarkibini o`rganish usuliyati. So`zning morfemik tizimini o`rganish tizimi. O`zak va qo`shimcha ustida ishlashning mazmuni va metodikasi. So`z turkumlarini o`rganish bilan bog`liq holda so`zning tarkibi ustida ishlash. So`z turkumlarini o`qitish metodikasi.
So’zning leksik ma’nosini aniqlash maqsadida uni morfemalarga ajratish til haqidagi fanda o’zining nazariy asosiga ega. Morfema – so’zning eng kichik, bo’linmaydigan ma’noli qismi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, bahs-munoza, blits-so’rov,o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar:A1; A2; Q14; Q15; Q17, 18.
5.6. O’zak (asos) va qo’shimcha ustida ishlashning mazmuni va metodikasi. So’z turkumlarini o’rganish bilan bog’liq holda so’zning tarkibi ustida ishlash. Morfemalarning qo’shilishi bir-biriga ta’sir qiladi, bun¬dan tashqari, ko’pgina o’zak va so’z yasovchi qo’shimchalar ko’p ma’noli. a) dastur materialini o’rganish tizimida so’zning morfe¬mik tarkibini o’rganishning o’rni bilan; 2) “o’zak”, “o’zakdosh so’z”, “so’z yasovchi qo’shimcha”, “shakl yasovchi qo’shimcha” tushunchalari ustida ishlashdagi izchillik bilan; 3) so’zning morfemik tarkibi va so’z yasalishining o’zaro bir-biriga ta’sir qilishi bilan; 4) morfemalarni to’g’ri yozish malakasini shakllantirish.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, bahs-munoza, blits-so’rov,o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar:A1; A2; Q14; Q15; Q17, 18.
5.7. So’z turkumlarini o’qitish metodikasi. Otni o’rgatish tizimi. Otning leksik va grammatik ma’nosi ustida ishlash. Otlarda son haqida tushunchani o’rganish metodikasi. Otning leksik va grammatik ma'nosi ustida ishlash. Otlarda son haqida tushunchani o`rganish usuliyati. “Ot” mavzusini o’rganish tizimi maqsadga yo’naltirilgan jarayon bo’lib, bunda shu so’z turkumining umumlashtirilgan ma’nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog’liqlikda o’rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to’g’ri foydalanish va to’g’ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, bahs-munoza, blits-so’rov,o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar:A1; A2; Q14; Q15; Q17, 18.
5.8. Otlarning egalik qo’shimchalari bilan o’zgarishini o’rganish. Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan turlanishini o’rgatish. Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko’plikda qo’llanadi, egalik qo’shimchalari bilan o’zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko’proq ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hol va kesim.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, bahs-munoza, blits-so’rov,o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar:A1; A2; Q14; Q15; Q17, 18.
5.9. Boshlang`ich sinflarda sifatni o’rganish tizimi. Mavzuni o’rganishning vazifalari. Sifatni o`rganish jarayonida leksik-stilistik ishlar. Boshlang`ich sinflarda sifatni o`rganish tizimi. Mavzuni o`rganishning vazifalari. Sifatni o’rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat predmetning belgisi. Boshlang’ich sinflarda “Sifat” mavzusi quyidagi izchillikda o’rganiladi: 1) sifat bilan dastlabki tanishtirish (I, II sinf); 2) sifat haqida tushuncha berish (III sinf); 3) shu grammatik mavzu bilan bog’liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o’zlashtirish (IV sinf).
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, blits-so’rov, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar:A1; A2; Q14; Q15; Q17, 18.
5.10. Boshlang`ich sinflarda sonni o’rganish tizimi. Mavzuni o’rganishning vazifalari. O'quvchilarda son predmetning miqdorini bildirishini otga bog'lanib kelishi yordamida aniqlash ko'nikmasi o'stiriladi. Bularni o'rganishda sonning leksik xususiyatlariga asoslaniladi. Sonning leksik ma'nosi uni ot bilan bog'liq holda o'rganishni taqozo etadi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, blits-so’rov, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar:A1; A2; Q14; Q15; Q17, 18.
Do'stlaringiz bilan baham: |