Denov filiali pedagogika fakulteti


M a v z u: Belgini bildirgan so‘zlar



Download 7,27 Mb.
bet239/551
Sana23.01.2022
Hajmi7,27 Mb.
#404392
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   551
Bog'liq
Она тили ўқитиш методикаси фанидан ЎУМ 3-курс 2019-2020

M a v z u: Belgini bildirgan so‘zlar

Darsning maqsadi: belgini bildirgan so‘zlar haqida tushuncha berish, belgini bildirgan so‘zlarga beriladigan savollar, belgini bildirgan so’zlarni shaxs va narsani bildirgan so‘zlar bilan bog’lanishi haqida tushuntirish, shaxs va narsani bildirgan so’zlarning o’ziga xos belgilari haqidagi tushunchalarini kengaytirish. Dars davomida keltirilgan misollar orqali ekologik tarbiya berish.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi.

Darsning uslubi: ko’rgazmali suhbat, analiz uslubi.

Darsning jihozi: turli xil narsalarning belgisi aks etgan rasmlar, kesma harflar, sxema.

Darsning borishi.

Tashkiliy qism.

Mavzu o’quvchilarni narsalarning belgisini anglatadigan so’zlar haqidagi dastlabki mashg’ulot hisoblanib, kelajakda o’rganiladigan sifat so’z turkumlari haqidagi bilimga asos bo’ladi. Bu darsda narsalarning o’quvchilarga yaqqol tanish, aniq belgilarini misol qilib, rasmlar asosida ko’rsatish kerak.

1.137-mashq. Topishmoq o’qitiladi. Topishmoqda nima haqida so’z yuritilgani so’raladi, topishmoq javobi topiladi. Topishmoq javobi bo’lgan sabzini qaysi belgisiga ko’ra aniqlangani so’raladi. Ajratilgan so’zlar o’qitiladi. Ana shu so’zlarga so’roq beriladi. Belgini bildirgan so’zlarni narsa bildirgan so’zlar bilan birgalikda ko’chiradilar. Mashqni xattaxtada o’quvchilar tomonidan o’qituvchi namunasi asosida bajarilishi tavsiya etiladi: Qizil yuzli pari, mayda o‘rim sochlari, ochiq maydonda, yalang maydonda.



2. 138-mashq. Mashq yuzasidan avval og‘zaki topshiriq, ya’ni qanday? so‘rog‘iga javob berish bajariladi. Belgini bildirgan so‘zlar aniqlangandan so‘ng savollarga yozma ravishda javob yoziladi.

Qanday? bog‘ — Mevali bog'.

Qanday? gullar — Oq, pushti gullar.

Qanday? mevalar — Shirin va mazali mevalar.

3. Ijodiy diktant.

...asal, ...olma,

...paxta, ...daraxt.

O’quvchilar nom bildirgan so‘zlar yoniga mos belgi bildirgan so‘zlami yozib qo‘yishlari shart.

4.139-mashq. Eslatma, chiroyli yozuvga e’tibor berish. Belgi bildirgan so‘zlarning tagiga chizishni o‘rgatish. O’qituvchi o‘quvchilarga ma’lum narsa o‘ziga xos belgi xususiyatiga ega bo‘lishi haqida aytib o‘tadi.

Masalan: shirin qovun, qiziq ertak.

O’qituvchi o‘yin tarzida quyidagicha ish olib borishi mumkin: Qanday dala?Keng dala. Qanday suv?Tiniq suv. Toza tog‘mi yoki havo?Toza havo.

Qanday tog‘? — Baland tog‘ va hokazo.

So‘ng 139-mashqni o‘quvchilar mustaqil bajaradilar.

5.140-mashq. Berilgan belgini bildirgan so‘zlarga mos shaxs yoki narsani bildirgan so‘zlarni yozish. O’qituvchi mashqni mustaqil uyda bajarishga o‘quvchilarni tayyorlaydi. O’quvchilarga yozishda qiynaladigan so‘zlarini tushuntirib, amaliy yordam beradi. Lekin o‘qituvchi bel­gini bildirgan so‘z yoniga mana bu shaxs yoki narsani bildirgan so‘zni yoz, deb mashqda berilgan so‘zlarni o‘qib bermasligi kerak. Chunki, bunday ish qilinsa, o‘quvchida faqat o‘qituvchi fikri bilan chegaralanish, mustaqil fikr yuritish, izlanishdan cho‘chish to’sig‘i paydo bo'ladi. Namunani tushuntirib bergandan so‘ng yana bir so‘zni boshqa ikki-uch nom bildirgan so‘z bilan qodlab tushuntirish va bolalarga birikmalar qo‘llashda tanlash imkoniyatiga ega ekanligini tushuntirish kerak.

6. Darsni yakunlash: Shaxs yoki narsani bildirgan so‘zlarga qanday so‘roq beriladi? Belgini bildirgan so‘zlarga-chi? Belgini bildirgan so‘zlar qaysi so‘zlar bilan bog‘lanadi? Belgini bildirgan so‘zlarni qanday belgilaymiz?




Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish