6.3. Ona tili darslarida lug’at ustida ishlash va nutq o’stirish. Ona tilidan bilim, ko`nikma va malakalarni tekshirish. Boshlang'ich sinflar o'quv dasturida „ona tili, o'qish bolalarning lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqni o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, nutq madaniyatini shakllantirish, nutq ta’sirchanligini ta’minlashning muhim omilidir", deyiladi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, bahs-munoza, aqliy hujum.
Adabiyotlar:A1; A2; Q14; Q15; Q17, 18.
6.4. Nutq o’stirish metodikasi. Kichik yoshdagi o`quvchilar nutqini o`stirish yo’llari va vazifalari. Nutq va uni o’stirish tushunchasi. O’quvchilar nutqiga qo’yilgan talabalar. Nutq o’quvchilar tafakkurini o’stirishda muhim vosita. Nutq va uni o‘stirish tushunchasi. Nutq-kishi faoliyatining turi, titl vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar funktsiyasini, o‘zaro fikrni his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta’sir etish vazifasini bajaradi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, bahs-munoza, aqliy hujum.
Adabiyotlar: A1; Q4; Q6; Q10.
6.5. Lug’at ustida ishlash. Maktabda lug’at ustida ishlashning asosiy yo’nalishlari. So’z ma’nosini tushuntirish metodikasi. So’z va so'z birikmasi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo’lgan barcha so’z va iboralarning yig’indisi lug’at tarkibi yoki leksika deyiladi. Leksikologiya o’zbek tilining lug’at tarkibini o’rganadigan bo’limdir. Leksikologiya lug’at tarkibidagi so’zlarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati, qo’llanish faolligi, boyib borishi, ba’zi so’zlarning eskirib, iste’moldan chiqib ketishi, ma’no ko’chish hodisasi kabilarni o’rganadi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, bahs-munoza, aqliy hujum.
Adabiyotlar:A1; A2; Q14; Q15; Q17, 18.
6.6. O’qish, badiiy asarni qayta hikoyalash, materialni o’rganish, bayon va inshoga tayyorlanish bilan bog’liq holda o’quvchilar lug’atini faollashtirish yo’llari. Bog'lanishli nutq, og‘zaki hikoya va yozma insho. Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli bo'lib, maktabda alohida o'rin tutadi; barcha nutqqa oid mashqlar ma’lum mazmunda inshoga bo'ysunadi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, bahs-munoza, aqliy hujum.
Adabiyotlar:A1; A2; Q14; Q15; Q17, 18.
6.7. O’quvchilar nutqini o’stirish tizimida sintaktik ishlar. O’quvchilar egallaydigan sintaktik ko’nikmaning darajasi. Boshlang’ich sinflarda so’z birikmasi va nutq ustida ishlash. Gap ustida ishlash. So‘z birikmasi ustida ishlash. Tilda leksik (so‘z), sintaktik (so‘z birikmasi va gap) va bog‘lanishli nutq saviyalari ajratiladi. Shu mazmunda so‘z birikmasiga leksiksaviyadan sintaktik saviyaga o‘tish halqasi sifatida qaraladi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, bahs-munoza, aqliy hujum.
Adabiyotlar:A1; A2; Q14; Q15; Q17, 18.
6.8. Bog’lanishli nutq va uni o’stirish vazifalari. Bog’lanishli nutq haqida umumiy tushuncha. Bog’lanishli nutqdan mashq turlari. Bog’lanishli nutqqa oid aniq ko’nikmalar. Matn turlari. Fikrni bayon etish ehtiyojini amalga oshirishga qaratilgan, tugallangan mavzuni ifodalaydigan logik va grammatik qoidalar asosida tuzilgan, mustaqil, tushgallangan va o‘zaro bog‘langan ma’noli qismlarga bo‘linadigan nutq bog‘lanishli nutq deyiladi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, bahs-munoza, aqliy hujum.
Adabiyotlar:A1; A2; Q14; Q15; Q17, 18.
Do'stlaringiz bilan baham: |