Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
1. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o’qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b.
2. G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o'qitish metodikasi. -T.: TDPU, 2009. - 70 b.
3. X.G’ulomova, T.G’afforova.1-sinfda Ona tili darslari -T.: Sharq, 2003.- 103-105 b.
4. R.Ikromova. –Ona tili 4-sinf. T.-2015: O’qituvchi, 126-128 b.
21-amaliy mashg’ulot: 6.2. 1-sinfda sanoqni bildirgan so’zlar (2 soat)
M a v z u : Sanoqni bildirgan so‘zlar
Darsning maqsadi: nechta?, qancha?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarni so’roqlar yordamida aniqlash, ularni so’roqlar yordamida boshqa so’zlardan farqlashga o’rgatish, miqdor bildirgan so’zlarni imloviy to’g’ri yozish ko’nikmalarini hosil qilish, o’quvchilar lug’atini sanoq bildirgan so’zlar bilan boyitish va so’zlarni o’rnida qo’llashga, tabiatni asrash, ardoqlashga, undan oqilona foydalanishga o’rgatish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: suhbat, induktiv uslub.
Darsning jihozi: har xil rasmlar, raqamlar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga tayyorlash.
1. O'quvchilarga rasm ko’rsatilib: — Rasmda nechta kapalak bor? — deb so’raladi. — Rasmda bitta kapalak bor.
Xattaxtaga quyidagicha yoziladi: Nechta? - bitta kapalak.
Keyin uchta kapalakli rasm ko‘rsatiladi.
Endi rasmda nechta kapalak bor?
Uchta kapalak bor (nechta ? — uchta kapalak)
Xattaxtada quyidagicha ko‘rinish paydo bo‘ladi:
nechta? — bitta kapalak
nechta? — uchta kapalak
O’quvchilarga birikma tarkibidan so‘roq yordamida bitta, uchta so‘zlari aniqlatilib, tagiga to‘lqinli chiziq chiziladi. Shu bitta, uchta so‘zlari nimani bildiryapti? Nimaning miqdorini bildiryapti? so‘roqlari beriladi. Bolalar: kapalakning miqdorini bildiryapti, deb javob beradilar.
Bilasizmi, bitta, uchta so‘zlari nima deyiladi? — O’quvchilar o‘ylaydilar. Ular ayta olmasa, o‘qituvchi sanoq bildiradi, deb aytadi.
O’quvchilarga 1 dan 10 gacha sanatiladi. Shu so‘zlar doskaga yozib boriladi. So‘roq berdiriladi. O’quvchilar diqqati ikki, yetti, sakkiz, to‘qqiz so‘zlarining imlosiga qaratiladi. Matematikada sanoq bildirgan so‘z nimalar yordamida, ona tilida nima yordamida yozilishi so‘raladi.
Suhbat orqali xulosa chiqariladi: So‘zlar harakat, belgi bildirishdan tashqari sanoqni ham bildiradi. Narsalarning nechta ekanini sanoq so‘zlar bildiradi. Ularning tagiga to‘lqinli chiziq chiziladi.
2.150-mashq shartiga ko‘ra bajariladi. Ishlash namunasi ko‘rsatiladi, o‘quvchilar davomini mustaqil bajaradilar. O’quvchilar bu mashq orqali mantiqiy fikrlashga o‘rganadilar.
3. Yangi mavzuni mustahkamlash. 151-mashqdagi she’r ifodali o‘qitiladi. Qisqa suhbat o‘tkaziladi:
Shoir nima uchun daraxtlar haqida so’zladi?
Daraxtlar nima uchun kerak?
Qushlar qayerlarga uy quradi?
She’rni qaysi shoir yozibdi?
Topshiriq: She’r matnini husnixat bilan ko’chiring. Nechta? so‘rog‘iga javob bo‘lgan soVlarni so'mql.ii voi damida aniqlab, tagiga todqinli chiziq chiqing
So‘ng suhbat orqali bir, uch, ikki, so’zlari nimaning sanog’ini bildirishi (chinor, baqaterak, laylak), bu so‘zlarning so‘rog‘i (nima?), ma’nosi (narsani bildiradi) o‘quvchilarga aniqlatiladi.
4.Lug‘at ishi. Qo‘sh olmurut: qo‘sh — ikkita;
olmurut — nok.
Bir juft chinor: bir juft — ikkita.
Ark qildi — saroy, qasr qurdi.
Ark qildi jumlasining ma’nosini izohlash jarayonida Vatan mavzusida, unga munosabat haqida qisqa suhbat uyushtiriladi.
5.152-mashq uyga vazifa qilib beriladi. O’quvchilarga raqamlarni harfiy ifodalar bilan yozish, ularga so‘roq berishni bilib kelishi, topishmoqlarning javobini topib yozishi aytiladi.
6.Darsda o‘rganilganlarni umumlashtirib yakunlash: O’ylang: Harakat bildirgan so‘zlar nimaning harakatini bildiradi? Belgi bildirgan so‘zlar-chi? Sanoq bildirgan so‘zlar-chi? Sanoq bildirgan so‘zlarni qanday aniqlaysiz? Ularni ona tilida nimalar bilan ifodalaysiz?
7. Darsda qatnashganlarning reyting ballari qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |