Og‘zaki va yozma insho:
1. Material manbaiga ko‘ra 3 xil:
a) o‘quvchilarning ko‘rgan-bilganlari, eshitganlari, mehnat kuzatishlari, ekskursiya, o‘yinlari asosidagi insho;
b) kitob materiali, rasmlar, filmlar, spektakillar, o‘qituvchi hikoyasi asosidagi insho;
v) turli manba materiallari asosidagi insho;
2. Mustaqillik darajasiga ko‘ra 2 xil:
a) Umumiy mavzu asosida umumiy tayyorgarlikdan so‘ng yoziladigan kollektiv insho;
b) alohida mavzu asosida yoziladigan individual insho.
3. Janrga ko‘ra uch xil:
a)hikoya tarzidagi insho;
b) tasvir insho;
v) muhokama elementli insho
Boshlang‘ich sinfda shaxsiy hayotiy tarjiba asosidagi insho ko‘p o‘tkaziladi. Rasm asosidagi insho tez-tez o‘tkaziladi.
Rasm asosdagi insho 3 xil:
1. rasmlar seriyasi yoki rasmli reja asosidagi insho;
2. mazmunli (bir syujet) rasm asosida insho;
3. rasmni tasvirlash- tasviriy insho.
Bularni o‘tkazish ham shu berilgan tartibda o‘tkaziladi.
2-sinfda seriyali rasmlar bolalar mehnati, o‘yiniga asoslanadi.3-4-sinfda seriyali, syujet, rasmni tasvirlash xarakteridagi insho o‘tkaziladi.1-sinf Gafforova darsligida insho yozish hisobiga olinmagan. Boshlang‘ich sinfda insho ta’limiy xarakterda bo‘ladi. 3-sinfda teukshiruv insho o‘tkaziladi. Ta’limiy insho baholanadi, lekin salbiy baho qo‘yilmaydi.
Insho bola shaxsini shakllantirish vositasi. Bolalar voqea –hodisalarni sinchiklab kuzatishni o‘rganadi, fikrini izchil yoritishga o‘rganadi. Adabiy tilni egallaydi.
Insho mavzusi: qahramonlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, maktab, ilm-xosiyati, ota-onalarga munosabat, kattalarga hurmat, tabiat, bayramlar, hayvonot dunyosi, yaxshilik, yomonlik, odob-ahloq mavzularida bo‘lishi o‘quvchilarning shunday ahloqiy xulqqa ega bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun:
1. Osondan qiyinga tamoyiliga amal qilish. Inshoni muntazam o‘tkazib borilsa, o‘quvchilarda mustaqillikni tarbiyalaydi.
2. Inshoni hayot bilan bog‘lash. Kuzatishlar, kundalik yuritish, qilingan ishlar yuzasidan hisobot, xat, maqola, taqriz shaklida yozishning ahamiyati katta.
3. Insho uchun maktab va o‘qituvchining tarbiyaviy vazifalariga mos mavzu tanlash. Mehnat, vatan, ahloqiy muammolar haqidagi mavzular kiradi.
4. Insho ustida ishlashda ishning emotsional darajasini oshirish. Tabiatni qiziqarli, obrazli, ta’sirli qilib tasvirlash.
Mavzular:”Bizning qishloq”,”Jamoamiz dalasida”,”Paxta boyligimiz”,”Daraxt o‘tqazish”,”Polizda”,”Bizning gulzor”,”Varrak”,”Kim bo‘lsam ekan?”,”Onam o‘qituvchi”,”Bu mening bobom”.
Eng yaxshi insho sinfda o‘qib beriladi. Konkurs e’lon qilinadi. Mavzu inshoning predmeti, uning mazmunini tashkil etadi. Mavzuga qarab material to‘planadi, faktlar yig‘iladi. Insho mavzusini to‘liq yoritish uchun uni tushunishga bog‘liq.. Eng asosiy narsa insho uchun mavzu tanlash. Mavzu tartiblangan, chegaralangan bo‘lishi lozim. Mavzular: “Karam uzish”, “Uzumzorda”, “Paxta terimi”, “Kuz kunlarining birida”, “Kech kuzda kolxoz bog‘i”, “Qorbo‘ron o‘ynadik”, “Yozgi ta’tilning bir kunida”...
Mavzuni yoritish uchun o‘quvchilarga topshiriqlar beriladi. M: “Uzumzorda” mavzusida insho yozish uchun: Uzumzor qishloqning qayerida joylashgan? Uerda kim bog‘bon bo‘lib ishlaydi?Qanday uzum turlari bor? Siz u yerga borganda nima qildingiz?
Uzumzorni tasvirlovchi so‘z, birikmalar to‘plang. Gaplar tuzing. Boqqa o‘zingizning munosabatingizni bildiring. Topshiriqlar yozdiriladi, material to‘planadi. To‘plangan materiallar og‘zkai savol-javob yo‘li bilan aniqlanadi, kamchiliklar tuzatiladi, reja tuziladi, so‘zlatiladi, so‘ng yozishga ruxsat beriladi. Reja-bu loyiha. Har bir og‘zaki va yozma hikoya qilishning zaruriy pog‘onasi – reja.
1-sinfda reja so‘roq gap shaklida, o‘qituvchi tomonidan tuzib beriladi. 2-sinfda o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar bilan jamoa bo‘lib tuziladi. Unda ham asosan so‘roq gap shaklida bo‘ladi. 3-sinfda jamoa bo‘lib tuziladi, darak gap shaklida bo‘ladi. 4- sinfda mustaqil tuziladi, darak gap, atov gap (ba’zi qismi ) shaklida bo‘ladi.
Reja 2,3,5 qismli bo‘ladi. O‘quvchilar o‘qigan hikoyasiga reja tuzib, qayta hikoyalaydilar. So‘ng insho rejasini tuzadilar. So‘ng seriyali rasm asosida reja tuzadilar, inshoga sarlavha topadilar. So‘ng syujetli rasm va kuzatishlar asosia reja tuzishga o‘tadilar.
Reja tuzishga o‘rganishdan oldin nima to‘xtatilinadi; keyin qanday davom ettiriladi, so‘ng nima haqida gapiriladi, nima bilan tugatiladi deb yo‘l-yo‘riq beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |