Savol va topshiriqlar
Bog'lanishli nutq va uni o'stirish vazifalari?
Bog’lanishli nutqga oid asosiy ko’nikmalar qaysilar?
Savol asosida qanday gap tuziladi?
“So’z turkumlarini o’rganish tizimi haqida darsliklarni tahlil qiling
Ijodiy mashqlarga misollar keltiring.
Glossariy
Muhokama -bog‘lanishli matnning anchagina qiyin shakli hisoblanadi, shuning uchun boshlang‘ich sinflar dasturida muhokama tarzida insho yozdirish tavsiya etilmaydi.
Tasvirda syujet- qatnashuvi shaxslar bo‘lmaydi; unda tabiat, ayrim predmet va hodisalar tasvirlanadi.
Hikoya -boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos janr hisoblanadi.
Bayon va insho janrlari- Matnli mashqlar, metodik traditsiyaga ko‘ra, tasvirlash, hikoya qilish va muhokamaga bo‘linadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
1. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o’qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b.
2. G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o'qitish metodikasi. -T.: TDPU, 2009. - 70 b.
3. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standard. -T.: Yangi yo‘l poligraf service, 2010.- 42-46 b.
4. Uzviylashtirilgan o’quv dasturi. -T.: Yangi yo‘l poligraf service, 2010. - 46-68 b.
21-Mavzu: Bog’lanishli nutq va uni o’stirish vazifalari. Bog’lanishli nutq haqida umumiy tushuncha. Bog’lanishli nutqdan mashq turlari. Bog’lanishli nutqqa oid aniq ko’nikmalar. Matn turlari. (2 soat)
Reja:
1. Bog‘lanishli nutq va uni maktabda egallash.
2. Bog‘lanishli nuqtga oid asosiy ko‘nikmalar.
3. Bog‘lanishli nuqt o’stirish janrlari.
Bog‘lanishli nutq va uni maktabda egallash. Fikrni bayon etish ehtiyojini amalga oshirishga qaratilgan, tugallangan mavzuni ifodalaydigan logik va grammatik qoidalar asosida tuzilgan, mustaqil, tushgallangan va o‘zaro bog‘langan ma’noli qismlarga bo‘linadigan nutq bog‘lanishli nutq deyiladi.
Bog‘lanishli nutq birligi deb hikoya, maqola, roman, monografiya, doklad, hisobot kabilarni, maktab sharoitida esa o‘qituvchi bergan savolga o‘quvchilarning keng, mukammal og‘zaki javobini, yozma bayon va inshoni hisoblash mumkin.
Boshlang‘ich sinflar metodikasida bog‘lanishli nutqdan mashq turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1)berilgan savolga keng, mukammal javob;
2)o‘qilgan asarni tahlil qilish, grammatik materialni o‘rganish; o‘quvchilar lug‘atini aktivqlashtirish bilan bog‘liq holda har xil matnli mashqlar;
3)muntazam o‘tkazilgan kuzatishlarni yozish, ob-havo kundaligini yuritish;
4)o‘qilgan matnni turli variantda og‘zaki hikoyalash;
5)berilgan mavzu, rasm, kuzatishga oid boshlab berilgan yoki oxiri berilgan hikoya, reja yoki syujet asosiad o‘quvchilarning og‘zaki hikoyasi;
6)badiiy matnni hikoya qilish, yod olish, o‘quvchilar saviyamsiga mos matnlarni yoddan yozish;
7)ertakni tayyorlanmasdan aytish, kichik she’r, hikoya tuzish;
8)namunasi berilgan badiiy, ilmiy-ommabop matn asosida bayon yozish;
9)o‘qituvchi bergan matnni og‘zaki va yozma qayta tuzish (tanlab qayta hikoya qilish va bayon, ijodiy qayta hikoyalash va bayon, hikoyasini sahnalashtirish kabilar);
10)har xil turdagi yozma insho.
Do'stlaringiz bilan baham: |