Denov filiali pedagogika fakulteti


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati



Download 7,27 Mb.
bet200/360
Sana11.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#544168
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   360
Bog'liq
Denov filiali pedagogika fakulteti (3)

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
1. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o’qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b.
2. U. Masharipova, M.Umarova.Ona tili 3-sinf. Metodik qo’llanma –Tosh.: Sharq,2016.–121-125 b.
3. X.G’ulomova, T.G’afforova.1-sinfda Ona tili darslari -T.: Sharq, 2003.- 103-105 b.
4. R.Ikromova. –Ona tili 4-sinf. T.-2015: O’qituvchi, 126-128 b.


29-amaliy mashg’ulot: Boshlang’ich sinflarda olmoshni o’rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish (2 soat)


1-topshiriq: Boshlang'ich sinflarda qanday so’z turkumlari o'rganiladi? Ularni o'rganishdagi izchillikni tushuntiring.
2-topshiriq: Kishilik olmoshlarini o'rgatishning eng qulay usuli haqida gapiring.
3-topshiriq: Olmoshlarning kelishiklar bilan turlanishi qay tarzda o'rgatiladi?

Boshlang'ich ta’limda faqat kishilik olmoshlari o'rganiladi. 4-sinfda kishilik olmoshlari haqidagi dastlabki umumiy tushuncha beriladi; ularning kelishik qo'shimchalari bilan turlanishi va imlosi o'rgatiladi.


Kishilik olmoshlari bilan o'quvchilarni tanishtirishda predmetni nomlamasligi, ular faqat ko'rsatish uchun xizmat qilishi bilan tanishtiriladi. Boshlang'ich sinfda kishilik olmoshlarining ot bilan almashinib qo'llanishiga alohida to'xtab o'tilmaydi. Chunki men, sen olmoshlari hech qachon ot bilan almashinib qo'llanmaydi: „Men o‘qiyapman, sen o‘qiyapsan“ deyish mumkin, lekin „Salima chiqyapman, Salima o'qiyapsan, qiz tikyapman“ tarzida qo'llanmaydi. Lekin III shaxs kishilik olmoshi ot bilan almashinib qo'llanadi: „Qiz tikyapti и tikyapti“. O‘qituvchi kishilik olmoshlari bilan tanishtirayotganda shunga diqqatni qaratish lozim. Kishilik olmoshi haqidagi dastlabki ma’lumot badiiy asardan keltirilgan og‘zaki nutqqa doir misollarni kuzatish va tahlil qilish orqali beriladi.
Kishilik olmoshlarini o'rgatish jarayonida o'quvchilarda quyidagi bilim va ko'nikmalar hosil qilinadi:
men, sen, u, biz, siz, ular kishilik olmoshlari, ular kim?so'rog'iga javob bo'ladi;
— kishilik olmoshlari so'z turkumi;
— kishilik olmoshlari 3 ta shaxsni birlik va ko'plikda ifodalaydi;
— ular kelishiklar bilan turlanadi; -ni, -ning qo'shimchalari men, sen olmoshlariga qo'shilganda o'zakdagi n tushib qoladi; и olmoshiga -ga, -da, -dan qo'shimchalari qo'shilsa, bir n tovushi orttiriladi kabi bilimlar beriladi;
— olmoshlami nutqda to'g'ri va o'rinli qo'llash, ularni kelishikli holatda to'g'ri yozish, so'roqlar yordamida aniqlash va farqlash ko'nikmalari hosil qilinadi.
Olmosh so'z turkumi suhbat, yarim izlanishli muammoli metod, induktiv metodlarda tushuntiriladi. Bu metodlarning qaysi birida tushuntirilsa, shunga mos usul va ish turlari tanlanadi.
O'quvchilar olmoshlaming kelishik bilan qo'llanishini o'rganmagani uchun dastlabki tanishtirishda bosh kelishikdagi olmoshlar qatnashgan gap tanlanadi.
Kishilik olmoshi quyidagi matn asosida tushuntirilishi ham mumkin:
— Men „Jimjiloq" hikoyasini o'qidim.
— Sen qaysi hikoyani o'qiding.
— U „Nihollaming nolasi“ hikoyasini o'qidi.
Suhbat o'tkaziladi:
— Birinchi gapdagi otni toping.
— „Jimjiloq" nimaning nomi?
— Hikoya oti-chi?
— Shu gapda kim? so'rog'iga javob bo'lgan so'zni toping.
Keyingi gaplar ham shu tarzda tahlil qilinadi.
Kim? so'rog'iga javob bo'lgan men, sen, и so'zlarini bir ustun qilib yozib qo'yiladi.
Biz, siz, ular so‘zlariustida ham shunday tahlil o'tkaziladi. Suhbat davom ettiriladi:
— Birinchi gapni kim gapiryapti? (so'zlovchi I shaxs)
— Ikkinchi gapni kim gapiryapti? (tinglovchi II shaxs)
— Uchinchi gapni kim gapiryapti? (o'zga III shaxs)...
Demak, men, sen, и shaxsni bildiradi va bu so'zlar kim?so'rog'iga javob bo'ladi.
Biz, siz, ular so'zlari ustida ishlanadi.
O'quvchilar javobiga aniqlik kiritiladi:
— Men, sen, u - so'z turkumi. Bu so'z turkumining nomi olmosh deb yuritiladi. Men, sen, u — kishilik olmoshlari. Men I shaxsni, sen II shaxsni, и III shaxcni ko'rsatadi. Shundan so'ng biz, siz, ular olmoshlari yuzasidan suhbat o'tkaziladi. Kishilik olmoshlarining birlik va ko'pligi taqqoslash orqali tushuntiriladi va qaysi paytda men, sen, u, qaysi paytda biz, siz, ular qo'llanilishi ustida ishlanadi. Egalik qo'shimchalari ifodalaydigan 3 ta shaxs: so'zlovchi (men), tinglovchi (sen), o'zga (и) eslatiladi va ular kishilik olmoshlari bilan bog'lanadi. Olmoshning gapda asosan ega vazifasida kelishi aytiladi.
Kishilik olmoshlarining ko'pligini tushuntirishda „Biz Vatan haqida ko'p maqollar bilamiz. Siz ham shunday maqollardan bilasizmi? tarzidagi gaplardan foydalanish mumkin. O'quvchilaming kishilik olmoshlari yuzasidan olgan tushunchalari bir necha dars davomida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlariga so'roq berish, qaysi so'roqlarga javob bo'layotganini aniqlash, matndan kishilik olmoshlarini topish, ularni o'zi bog'langan so'z bilan ko'chirish, kishilik olmoshlari ishtirokida gap tuzish, ularning gapda qanday bo'lak bo'lib kelayotganini aniqlash, kishilik olmoshlarining shaxs-sonini aytish, berilgan fe’llarga mos kishilik olmoshlarini tanlash va gap tuzish (Onamga yordam berdim. Onangga yordam berdingmi? Onasiga yordam berdimi?) kabi topshiriqli mashqlar bajariladi. Ayrim matnlar shaxsini o'zgartirib ijodiy qayta hikoya qildiriladi.



Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish