Ўзбекистон Республикаси Конституциявий тузумининг принциплари
Ҳокимият ва шахс муносабатларининг принциплари
Жамият турмуши асосларини ташкил қилиш принциплари
Халқ ҳокимиятчилиги
Қонуннинг устунлиги
Ҳокимият ваколатларининг бўлиниши
Давлат суверенитети
Жаҳон ҳамжамиятига унинг бир қисми сифатида кириш
Инсон ҳуқуқлари ва эркинлик-ларини олий қадрият сифатида тан олиш
Давлатнинг асосий вазифаси — инсон ва фуқаро ҳуқуқлари ва эркинликла рини ҳимоя қилиш ҳамда уларга риоя этиш
Мафкуравий ва сиёсий кўпфикрлилик (плюрализм)
Иқтисодий фаолият эркинлиги
Давлат ҳокимиятини ташкил қилиш асосларининг принциплари
Давлатнинг дунёвийлик хусусияти
Давлат ва фуқароларнинг ўзаро масъуллиги
Мулк шаклларининг хилма-хиллиги ва тенг ҳуқуқлилиги
Сиёсатнинг ижтимоий йўналганлиги
3-чизма. Ўзбекистон Республикаси Конституциявий
тузумининг принциплари
Конституциянинг 21-моддасига биноан, Ўзбекистон Республикаси- нинг бутун ҳудудида ягона фуқаролик ўрнатилган. Ўзбекистон Республикасининг millati, elatidan qat`iy nazar barcha fuqarolari O`zbekiston xalqini tashkil etadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Qoraqalpog`iston Respublikasining huquqiy maqomi, O`zbekiston bilan o`zaro munosabat- larning huquqiy asoslari belgilab berilgan.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo`ldi. U mamlakatimizda qonunchilikning rivojlanishi uchun, huquqiy islohotlar uchun asos bo`lib qoldi. Yuzlab qonunlar, kodekslar, milliy dasturlar ishlab chiqildi, umumxalq muhokamasidan o`tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha jabhalarida amal qilinmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning XI sessiyasi bo`lib o`tdi va “O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o`zgartirishlar hamda qo`shimchalar kiritish to`g`risida“gi Qonun loyihasi muhokama etilib, mazkur Qonun qabul qilindi.
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga jamiyatni yanada erkinlashtirish va demokratlashtirish, ikki palatali parlament tuzish zaruriyatidan kelib chiqqan holda o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritildi. Asosiy Qonunimiz mazmun va mohiyati, maqsad va vazifalariga daxl qilmagan holda, avvalo Oliy Majlisning roli va ahamiyatini kuchaytirish, uning palatalari maqomi va vakolatlariga doir 76-88-moddalarga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritildi. 89-moddaning O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari hamda vazifalariga doir 89, 90, 93, 95, 97-moddalarga ham o`zgartirishlar kiritildi. 89-moddaning “O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi” deyilgan ikkinchi qismi olib tashlandi.
Muxtasar qilib aytganda, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o`rtasidagi vakolatlar yanada demokratik ravishda qayta taqsimlanadi. Kiritilgan o`zgartirishlar O`zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining, hukumatning mas`uliyatini kuchaytirishga jamiyat siyosiy hayotini faollashtirishga xizmat qiladi.
O`zbekistonda huquqiy demokratik davlatni barpo etish quyidagi omillarni o`z ichiga oladi:
Xalqaro tan olingan huquqiy prinsiplar e`tiborga olinishi shart.
Rivojlangan demokratik davlatlar tajribalariga tayanish zarur.
O`zbek davlatchilik tarixi va qo`p yillik axloqiy-ma`naviy qadriyatlarga asoslanishi kerak.
Vakillik hokimiyatini vujudga keltirishning eng demokratik tizimlarini barpo etish.
Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi bilan prezidentlik boshqaruvi usulini tanlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |