O`zbekiston Respublikasi doimiy aholisining jinsi bo’yicha taqsimlanishi
(foizda)
O`zbekiston Respublikasi doimiy aholisining yosh tarkibi piramidasi
(ming kishi)
Respublika bo`yicha 1991 yilda aholining o`rtacha yoshi 23,3 yoshni tashkil etgan bo`lsa, 2017
yilga kelib bu ko`rsatkich 28,5 yoshni tashkil etmoqda, ya`ni respublika aholisining o`rtacha yoshi 5,2
yoshga keksayganligini kuzatish mumkin.
Yosh klassifikatsiyasi. Aholining oilaviy tarkibi.
Demografik tadqiqotlarda asosan aholi
takror barpo bo‘lishiga bevosita ta‘sir ko‘rsatuvchi aholi tarkibi ahamiyatlidir. Ularga aholining
demografik tarkibi yoki aholining jins, yosh, nikohda turishi, oilaviy statusi, demografik hodisalar
bo‘yicha tarkibi kiradi.
Aholining demografik tarkibini o‘rganishda asosiy ko‘rsatkichlar – aholining jins va yosh
tarkibi ko‘rsatkichlaridir.
Yosh – inson tug‘ilganidan hayotining ma‘lum nuqtasigacha bo‘lgan davr.
Biologik va kalendar yoshlar mavjud. Hozirgi davrda aholining yosh strukturasi bo‘yicha
quyidagi klassifikatsiyasi berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |