xo‘jaligi – birga xo‘jalik yurituvchi, birga yashovchi kishilarni biriktiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy
yacheykadir. Uy xo‘jaligi tushunchasi oiladan farq, qilib, unga faqat qarindoshlik munosabatlari
asosida birikkan kishilargina emas, balki iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar asosida birga yashovchi
begona kishilar hamda alohida, mustaqil xo‘jalik yurituvchi yolg‘iz kishilar ham kirigiladi. Uy
xo‘jaligi tushunchasi hamma davlatlarda ham bir xil emas. U har bir davlatning ijtimoiy - iqtisodiy
sharoitiga, unda istiqomat etuvchi xalqning turmush tarziga, urf-odatlariga bog‘liqdir. Ba‘zi
davlatlarda uy xo‘jaligi uchun kishilarning birga yashashi, boshqa bir davlatda esa ularning birga ovqat
tayyorlashi, birga ovqatlanishi asos qilib olingan.
Aholishunoslikning rivojlanishida oilaparning rivojlanishi katta ahamiyatga ega. CHunki
yuqorida aytib o‘tganimizdek, aholi oilalarda yashaydi. Oilalar mikdoriniig ko‘payib borishi bevosita
aholishunoslikning rivojlanishiga asos bo‘la oladi. Oilalar mikdori respublika buyicha o‘sib
borayotganligi xarakterlansada, bu jarayon shahar va kishloqdarda o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Masalan, shahardagi oilalar hajmi qishlok oilalari hajmiga nisbatan ancha kamni tashkil qiladi.
Respublikadagi jami oilalarning 34,6 foizi shahar joylarida, 65,4 foizi qishloq joylarida istiqomat
qilishadi. Bu hol o‘zbek oilalarining kadimdan qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanib kelishi hamda
respublikada sanoat tarmoqlari yaqindan boshlab rivojlanganligi bilan bog‘liqdir. Respublikada
istiqomat kilayotgan oilalar, oila a‘zolarining milliy tarkibi asosan ikki guruhga bo‘linadi:
1.
A‘zolari bir xil millatga mansub oilalar.
2.
A‘zolari turli millatga mansub baynalmilal oilalar.
O‘zbekistondagi oilalarning asosiy qismi a‘zolari bir xil millatga mansub bo‘lgan oilalardir.
Ularning salmog‘i 1989 yilgi aholi ruyxati ma‘lumotiga asosan jami oilalarning 87,3 foizini tashkil
etadi. Respublikada baynalmilal oilalar sonining ko‘payishi 1970-1989 yillarga to‘g‘ri keladi. Bu
yillarda bu ko‘rsatkich 10,9 foizdan 12,7 foizga yetdi. Baynalmilal oilalarning shaxar joylarida ko‘proq
uchrashining sababi, shahar aholisining qishlok aholisiga nisbatan ko‘p millatli ekanligidir.
O‘zbekistondagi eng ko‘p millatli shaharlar Toshkent, Andijon, Samarkand, Sirdaryo viloyatlarida
bo‘lib, ularda O‘zbekistondagi jami millat vakillari istiqomat qilishadi. Umuman, O‘zbekistonning
bironta viloyatini bir millatli deb bulmaydi. Ularning hammasida ham o‘lkamizning asosiy millati
bo‘lmish o‘zbeklar bilan birga turli millat vakillari istiqomat qilishadi. Oilalarning ijtimoiy-demografik
tarkibi demografik tarkibining asosini tashkil etadi. Oilaning ijtimoiy-demografik tarkibi deganda,
oilaning unda yashab kelayotgan kishilarning nikoh, qarindoshlik munosabatlari, ijtimoiy guruhlari va
mikdori asosida turlarga bo‘linishi tushuniladi.
Oila unda istiqomat qilayotgan kishilar tarkibiga qarab xilma-xildir: oddiy oilalar va murakkab
oilalar. Oddiy oilalar er-xotin bolalari bilan, er-xotin bolasiz, ona va bolalar yashaydigan oilalar, ota va
bolalar bilan yashaydigan oilalar bo‘lishi mumkin. Murakkab oilalar deb ikki yoki undan ortiq oila
bolalari bilan yoki bolasiz, ota-onalari va boshqa qarindoshlari bilan yashaydigan oilalarga aytiladi.
Murakkab oilalarning kamayishiga asosiy sabab kuyidagilardir:
• Respublikamiz mustaqillikka erishganidan boshlab Prezidentimiz farmoniga ko‘ra, har bir
oilani alohida yer uchastkasi bilan ta‘minlash amalga oshirilmokda.
• Oila a‘zolarining ma‘lumotlilik darajasi ortganligi sababli alohida yashash ko‘paydi.
• Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat oddiy oilalar ko‘payishini takror etmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: