Demografiy a


Demografik o’tish nazariyasi. Demografik o’tish bosqichlari



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/114
Sana01.02.2022
Hajmi1,37 Mb.
#423608
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114
Bog'liq
demigrafiya.

Demografik o’tish nazariyasi. Demografik o’tish bosqichlari. 
Demografik o‘tish, deb aholi 
takror barpo bo‘lishini, bir turdan ikkinchi turga (kengaygan aholi takror barpo bo‘lishidan, qisqargan 
aholi takror barpo bo‘lishiga) o‘tishiga aytiladi. Demografik o‘tish kontseptsiyasi fanda birinchi marta 
frantsuz demografi L.Landri tomonidan 1903-1934 yillarda yaratilgan va uni demografik revolyutsiya 
deb atalgan. 1945 yilda amerikalik demograf F.Noutstayn «Demografik o‘tish» iborasini taklif etdi. 
 
X1X asrning oxirida aholi tug‘ilishi va o‘lim xollari biologik qonuniyatlargagina emas, balki 
sotsial shart-sharoitlar bilan bog‘liq holda sodir etilishi qayd etilgan. Jamiyat tarixiy rivojlanishi 
jarayonida aholi takror barpo bo‘lishida chuqur o‘zgarishlar yuz berdi.1950 yillarga kelib, jamiyatda 
demografik jarayonlar (nikoq, tug‘ilish va o‘limni) boshqarish jarayoni keng tarqaldi. Jamiyat 
taraqqiyotida ro‘y bergan yirik ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlar, Aholining demografik mayliga bevosita 
ta‘sir etdi. Ayniqsa, qator davlatlarda Aholining farzandlar soniga bo‘lgan munosabati o‘zgardi. 
Ko‘pbolalik o‘rnini o‘rtacha bolalik, kam bolalik egallay boshladi. Oilani ko‘p farzandga bo‘lgan 
talabi asta-sekin urbanizatsiya jarayoni, sanoatni rivojlanishi, ayollar bilim darajasini oshib borishi, 
ijtimoiy qayotdagi o‘rnini o‘zgarib borishi bilan bog‘liq holda kamaya bordi. SHuningdek jamiyatda 
ilm-fanning, ayniqsa tibbiyotning rivojlanishi, aholiga tibbiy xizmatning keng tarqalishi aholi o‘rtasida 
o‘limni keskin kamayishiga, o‘rtacha umr ko‘rish davrini esa uzayishiga sabab bo‘ldi. Xomiladorlikni 
oldini oluvchi vositalar xaqidagi bilimlar muntazam shakllanib bordi. Bu vositalarldan foydalanish, esa 
keng tarqala boshladi. Qator davlatlarlda tug‘ilishni nisbati yuqori darajada saqlanib turishi, o‘limning 
esa keskin kamayishi, aholi sonini birdan o‘sib borishiga sabab bo‘ldi. Bu jarayon dunyodagi 
rivojlanayotgan davlatlarda, ayniqsa 1960-1970 yillarda keskin tus oldi. Aholi sonini tez sur‘atlar bilan 
ko‘payib borishini aholishunos olimlar «Demografik revolyutsiya» yoki «Demografik portlash» deb 
atadilar. Aholining bunday tez sur‘at bilan ko‘payib borishi qar bir davlat uchun ijtimoiy iqtisodiy 
muammolarni yuzaga keltirdi. Natijada ko‘pgina davlatlar o‘sib borayotgan aholi sonini cheklashga 
qarakat qildilar, «Tug‘ilishni nazorat etish» dasturi qabul qilindi va tug‘ilish jarayoni ekzogen (tashqi) 
omillar ta‘sirida boshqarila boshlandi. Aholi takror barpo bo‘lishini tashkil etgan ikki asosiy jarayon 
tug‘ilish va o‘limni boshqarilishi aholi takror barpo bo‘lish sur‘atini, o‘zgarishiga olib keldi. Aholi 
takror barpo bo‘lishi bir turdan ikkinchi turga o‘ta boshladi. Ushbu xolni yuqorida qayd etilganidek-
«demografik o‘tish», deb belgilandi. Demografik o‘tish jarayoni bosqichma-bosqich sodir bo‘ldi. 
Muttaxassislar tomonidan demografik o‘tish to‘rt bosqichga ajratildi. 
Birinchi bosqich. Bu bosqich rivojlangan mamlakatlarda XX asr o‘rtalarida kuzatildi. Unda 
aholi o‘rtasida tug‘ilish va o‘lim xollari kamaya boshladi. Lekin o‘lim tug‘ilishga qaraganda juda tez 
sur‘at bilan kamayadi. Ba‘zi davlatlarda esa tug‘ilish deyarli kamaymaydi. Natijada Aholining tabiiy 
o‘sishi juda yuqori darajada bo‘ladi.
Ikkinchi bosqich. O‘limning kamayishi jarayoni davom etadi va kamayishi eng kulminatsion 
nuqtaga yetadi. Tug‘ilishning kamayish sur‘ati esa jadallashadi. Natijada, aholi tabiiy o‘sishi 
sekinlasha boradi. 
Uchinchi bosqich. Ushbu bosqichda yuqori bosqichlarda ro‘y bergan tug‘ilishni va o‘limni 
kamayishi, aholi o‘rtacha umr ko‘rishi muddatini uzayishi natijasida aholi tarkibida qariyalar salmog‘i 
ko‘payib boradi. Bu xol o‘lim xolatini ko‘payib borishiga olib keladi. Tug‘ilish yana ham kamayib 
boradi va oddiy aholi takror barpo bo‘lishi sodir bo‘ladi. Ya‘ni netto koeffitsient 1 ga tenglashadi. 
Boshqacha qilib aytganda. Qar bir ona o‘z o‘rniga faqat bittadan qizni-bo‘lajak onani qoldiradi xolos. 
Bu bosqichda aholi yosh tarkibida stabillashuv to‘liq kuzatilmaydi. Aholi tarkibida o‘lim xollari kam 
bo‘lgan guruq-yoshlar sallmog‘i nisbatan baland bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqichda o‘lim hollari yuqori darajada bo‘ladi. O‘lim va tug‘ilish koeffitsientlari 
tenglashadi. Demografik stabillashuv jarayoni tugallanadi.
Dunyodagi qator rivojlangan davlatlar XX asrning 80 yillarida uchinchi bosqichning 
tugallanish davriga o‘tganligi kuzatiladi. SHu davrda, ko‘pgina rivojlangan davlatlar esa demografik 
o‘tish birinchi bosqichning oxirigi va ikkinchi bosqichning boshlanish davridadirlar. 
Demografik o‘tish davri dastavval Evropada 18 asrda boshlanadi. Shunda tabiiy o‘sish 20-30% 
ga teng bo‘ldi, buni xaqiqatdan ham demografik inqilob deb atash mumkin. Chunki 10-20 yil oldin 
atiga 5-10% ga teng bo‘lgan tabiiy o‘sish qisqa vaqt ichida 2-3 martaga oshdi.
Ushbu jarayon Evropada 100-150 yil davom etdi. Undan keyingi davrda Evropa mamlakatlari 


demografik o‘tishning ikkinchi fazasiga o‘tdi. Hozir ushbu mamlakatlarning ko‘pchiligi demografik 
o‘tishning uchinchi fazasidadirlar. Binobarin, Germaniya, Avstriya, Belgiya, Italiya, Daniya, Vengriya, 
Niderlandiya aholini oddiy takror barpo etilishi ham ayrim yillarda ta‘minlanmaganligi kuzatilmoqda, 
ya‘ni o‘lganlarning soni tug‘ilgan bolalar sonidan ko‘p bo‘lmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning 
ko‘pchilligi demografik o‘tish jarayonining 1-fazasini o‘tamoqda.
AQSh, Yaponiya, Kanada, Avstraliya mamlakatlari 2-fazani boshidan kechirmoqdalar. Xitoy 
va boshqa bir qator mamlakatlar 2-fazaga o‘tish arafasida turibdi.
O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarida 1-fazadan 2-fazaga o‘tish uchun zamin 
tayyorlandi, bu jarayon yaqin 10-15 yil mobaynida boshlansa, ajab emas. Dunyo aholisi ana shu davr 
ichida 2,4 marta o‘sdi. Bundan ham yuqori ko‘rsatkich Osiyo (2,6) va Afrikaga (3,6) xos bo‘ldi. 
Mazkur ko‘rsatkich Evropada, 1,4 martaga teng bo‘ldi. Aholi sonining yuqori sur‘atlar bilan o‘sishi 
Afrikada, Markaziy va Janubiy Osiyoda, Markaziy Amerikada kuzatilmoqda. Shu vaqtning o‘zida 
Evropaning ayrim mintaqalarida aholi soni juda past sur‘atlar bilan o‘smoqda yoki deyarli 
o‘zgarmayapti. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish