Aholi ro‘yxati deganda nimani tushunasiz va uning o’ziga xos xususiyatlarinimalardaniborat?
Aholi roʻyxatlari – Mamlakat yoki muayyan hududda maʼlum vaqt yoki davrdayashayotgan aholining demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarining jarayonitoʻplami. Baʼzan aholi roʻyxati tushunchasiga, shuningdek ushbu maʼlumotlarniyigʻish, ishlash va nashr etishni ham qoʻshadilar. Aholi roʻyxatlari ilmiy talablargahamda amaliyot ehtiyojlariga javob berish, aholi soni, tarkibi va joylashishitoʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish maqsadida oʻtkaziladi. Aholi roʻyxatlarioʻtkazilgandauyma-uyyurib,harbiryashovchihaqidamaʼlumotyigʻiladi.
Aholi roʻyxatlarini oʻtkazish boʻyicha bir qancha ilmiy tamoyillar mavjud. Ularningichidajamivoqeavahodisalarniqamrabolishtamoyiliengmuhimi hisoblanib, roʻyxat oʻtkazilayotganda muayyan joydagi jami aholi qamrab olinishi shart. Faqatshundagina aholi roʻyxatlari oʻtkazilayotgan hududdagi demografik jarayonlartoʻgʻrisida toʻlaqonli maʼlumot olish mumkin. Aholi roʻyxatiga demografiya belgilari(jinsi, yoshi, oilaviy holati), iqtisodiy belgilari (mashgʻuloti, iqtisodiy faoliyat sohasiyoki turi), maʼlumoti (savodliligi, maktabga borishi), etnik alomatlari (millati, tili,baʼzan dini) va hokazo maʼlumotlar olinadi. Ayrim aholi guruxlari uchun nikohgakirgan oy-kuni, tugʻilgan bolalari soni ham olinadi. Ar.da koʻpincha oila (uysohibaligi), kim oila boshligʻi ekanligi hisobga olinadi. Ushbu maʼlumotlar vaqt vahudud doirasida taqqoslashga yarokli boʻlishligi uchun, jami aholiga bir xilmazmundagi savollar takdim qilinishi kerak, yaʼni mamlakat miqyosida aholiroʻyxatlari yagona dastur asosida oʻtkazilishi shart. Bunda BMT tomonidan berilgantavsiyalarga tayaniladi. Aholiga tegishli maʼlumotlar aniq boʻlishligi uchun ularni harbir kishidan shaxsan olinadi. Roʻyxat odamlarning oʻz joyida muqim yashab turgandavrida, yaʼni asosan qishda qisqa muddatda, bir necha kun yoki hafta mobaynidaoʻtkaziladi, lekin barcha maʼlumotlar kritik (jiddiy) lahzasi (odatda roʻyxatgaolishning birinchi kuni) da olinadi – shungacha oʻlganlar va tugʻilganlarkoʻrsatilmaydi.Javoblarroʻyxatvarakalariga yagonanusxadayoziladi.
Aholiniro‘yxatgaolishningtarixinitushuntiring.
Aholi roʻyxati aholi soni va tarkibi haqidagi maʼlumotlarni maʼlum bir sanaga moʻljallabberishi lozim. Shartni bajarish uchun roʻyxat oʻtkazish boʻyicha sana va hatto vaqti aniqkoʻrsatilishi kerak. Mazkur vaqt roʻyxatning kritik lahzasi deyiladi. Qadimdan aholini hisobgaolishning xilma-xil usullari mavjud boʻlgan. Yunoniston, Bobil (Mesopotamiya), Misr, Rim,Xitoy va Yaponiyada aholi hisobga olinganligi tarixiy manbalardan maʼlum. Ular asosan fiskal(soliq olish) va harbiy maqsadlarni koʻzlagan holda oʻtkazilib, odatda faqat erkaklarni, yaʼniharbiy harakatlarda ishtirok etish hamda soliq toʻlash imkoniyati bor shaxslarni qamrabolgan. Qadimgi Rimda oʻtkazilgan hamda podsho Serviy Tulliy (miloddan avvalgi 6-asr) nomibilan bogʻliq boʻlgan fuqarolar hisobi (senzi) maʼlum. Mil. av. 510 yildan 30 yilgacha boʻlgandavrda senzlar har 5 yilda oʻtkazilib turgan. Jami A. soni va tarkibi haqidagi roʻyxat birinchimarta 1790-yilda AQSh da oʻtkazilgan. 1801-yilda Buyuk Britaniya, Fransiya, Daniya vaNorvegiyadaoʻtkazilgan. 19-asrning oʻrtalariga kelib Yevropa mamlakatlarida maxsus statistik tashkilotlar barpoqilinganligiAholiroʻyxatlarinisifatlioʻtkazishningmuhimomiliboʻldi.Dunyomamlakatlarida 1870 –79 yillarda 48 ta, 1880 – 89 yillarda 54 ta, 1890–99 yillarda 57 ta, 20-asrning dastlabki oʻn yilligida 74 ta Ar. oʻtkazildi. Ar. 20-asrning boshida yer yuzi jamiaholisining 64 % ni qamrab oldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Aholi roʻyxatlari oʻtkazishyana ham keng tusc oldi. Aholi roʻyxatlari 1945–54 yillarda 168 mamlakatda, 1969 –74yillarda 179 mamlakatda oʻtkazildi. Hozirgi vaqtda aholi roʻyxatlari dunyoning deyarli barchamamlakatlaridaoʻtkazilmoqsa.