Oliy moliyaviy hisob-kitoblar va inflyatsiya.
Bozor iktisodiyoti sharoitida kampaniyalarning asosiy vazifalaridan biri bo’sh turgan pul mablag’larini tez va samarali qo’yilma qilishdir. Chunki pul mablag’lari vaqtli qiymatga ega. Ushbu parametrni ikki aspektda ko’rib chiqishimiz mumkin.
Aspekt: Vaqt bo’yicha pul mablag’larini qadrsizlanishi bilan bog’liq. Faraz qilaylik, sizning korxonangizda 30 mln.so’m bo’sh turgan pul mablag’i mavjud, inflyatsiya darajasi (yillik) 12%. Agarda mavjud pulni bir yil miqdorda saqlasak, uni xarid qobilyati pasayadi va joriy kun uchun u 26,78 mln.so’mga teng bo’ladi.
Aspekt: Kapitalni (pul mablag’larini) aylanishi bilan bog’liq. Pul aylanishi deganda : Oddiyroq qilib aytganda, uning daromad keltiradigan operatsiya va bitimlarda qatnashishiga tushuniladi. Masalan, 3 yilda 30 mln.so’m daromad keltiradigan va daromadni olish variantlari xar yil 10 mln.so’m, ikkinchi yilda – 20 mln.so’m va bir yo’lakay 30 mln.so’m taklif etilmoqda. Hozirgi paytda xatto iktisodiy ma’lumotga ega bo’lmagan kishi xam ikkinchi va uchinchi variantlardan bosh tortsa kerak. Bu juda to’g’ri qaror. Lekin shartlarni ozrok o’zgartirsakchi? Masalan, birinchi yilda 5mln.so’m. Ikkinchi yilda 10 mln.so’m va uchinchi yilda 15 mln.so’m bo’lsin. Inflyatsya darajasi birinchi variantda 9%, 10%, 8%ga teng. Ikkinchi variantda – 8%, 9%, 7%, 5%. Daromadni to’lash muddati ikki martaga (1,5 yilda) almashtirildi. Tushunarli, sharoit o’zgarishi bilan qabul qilinadigan qaror ham o’zgarishi kerak.
Davlat moliyasi statistikasi.
Davlat boshqaruv idoralari moliyasi statistikasi
Davlat boshqaruvi sektori idoralari bilan milliy iqtisodiyotning boshqa sektorlari, institutsional birliklari o’rtasidagi qilinadigan moliyaviy harakatlar (operatsiyalar)ni tushumlarga yoki to’lovlarga kiritish mumkin,
ular qaytariladigan yoki qaytarilmaydigan asosida bo’lishi mumkin. Keyinchalik, to’lovlar qilish majburiyatlari belgilangan operatsiyalar (muayyan muddati ko’rsatilgan) shunday majburiyatlarni oldindan ko’zda tutmaydigan operatsiyalardan farqlanadi. Aktivlar va majburiyatlarni bir yo’la paydo qiluvchi barcha operatsiyalar o’z navbatida majburiyatlarni tugatish (bajarish) operatsiyalarini ham taqozo etadi. Davlat tomonidan qarz olishlar (ssuda olish yoki qimmatli qog’ozlar chiqarish orqali) hamda davlat idoralari tomonidan mablag’larni kreditlash qaytariladigan operatsiyalar turkumiga kiradi. Naqd soliq to’lovlari va naqd pulga tovar va xizmatlar xaridi keyinchalik to’lov va majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi va shuning uchun ular qaytarilmaydigan operatsiyalar turkumiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |