Demografik jarayonlami o'rganishda aholiga doir nashr etilgan raqamli ma’lumotlar, ilmiy manbalar, maxsus tadqiqot natijalaridan, ya’ni demografik ma’lumotlardan foydalaniladi



Download 56,53 Kb.
bet2/4
Sana11.01.2022
Hajmi56,53 Kb.
#340336
1   2   3   4
Bog'liq
demografiya yakuniy

Monogam oila – bola manfaatiga yo’nalgan oila (detotsentrik) XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida paydo bo’lgan hodisadir. U xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi rolining ortishi hamda bola huquqlarining oshib borishi bilan izohlanadi. Bunday holatlarda gap ko’proq oilada farzandlar soni haqida emas, balki oilada umuman bola borligining qadrlanishi to’g’risida boradi. Ambivalent detotsentrik oiladagi bola ko’proq ota-onaning hissiy-emotsional g’amxo’rligi ta’sirida bo’ladi. Masalan, bu agar qiz bo’lsa, u faqat otasi yoki onasi, yoki ikkisining doimiy erkalashlari og’ushida katta bo’lib, oxir-oqibat shunday holatga ko’nikib ketadi. Kvaziavtonom detotsentrik oilada bola huquqlari kattalarniki bilan deyarli tenglashtiriladi, ularga kattalar bilan bir qatorda oilaviy yumushlarni bajarish erki, o’z holicha qarorlar qabul qilish huquqlari berilgan bo’ladi. Er-xotin oilasi XX asrning 60-chi yillarida paydo bo’lib, u ham ayollar, ham bolalar emansipatsiya jarayonlarining oqibati sifatida qaraladi. Bunday oiladagi o’zaro munosabatlar asosan erkak va xotin o’rtasidagi muomalaga, uning qanchalik samimiy, iliqligiga bog’liq bo’ladi. Monogam bo’lmagan oila toifasi chin ma’noda nikoh munosabatlariga tayanmaydi. Bundan oilaning uch xil ko’rinishi mavjud: Ajrimlar tufayli paydo bo’lgan noto’liq oila – XX asrning oxirlarida ko’payib ketgan noto’liq oila turi. Beva bo’lib qolish, yoki turmush o’rtog’ining vafoti munosabati bilan noto’liq bo’lgan oila ham ko’proq onaning farzandi bilan yolg’iz qolishidir. Nikohdan tashqari oila 90-chi yillarda ko’paygan oila turi, unda asosan yolg’iz qolgan ayol-ona oilani tebratadi. Alternativ oila turlari – kam uchraydigan oila turlari bo’lib, ular ayrim jihatlari bilan boshqalardan farqlanib turadi va o’z navbatida toifalarga bo’linadi. Masalan, ulardan biri – fuqarolik nikohi deb atalib, unda erkak va ayol o’z ixtiyorlari bilan rasmiy nikohni qayd emay, yashayveradi. Alternativ nikohning yana bir ko’rinishi qayta nikohlardir. Aralash oilalar yoki begona ota-onalar bilan yashaydiganlar oilasi. Godvin – nikohlar, uning asoschisi bo’lgan ingliz sotsial-monarxi U.Godvin (1756-1836) nomi bilan bog’liq. U bunday oilani ideal deb hisoblagan, chunki bunday oilalar, asosan, ota-onaning xohish-irodasiga ko’ra paydo bo’ladi, yoshlarning istaklari bunda inobatga olinmaydi. Qo’shxotinlilik ham alternativ nikoh turlaridan biri bo’lib, bunda bir erkak ko’pincha hufyona o’z qonuniy nikohidagi ayoldan tashqari yana boshqasi bilan shar’iy nikohda yashaydi.

18. «Tabiiy tug'ilish» tushunchasi fanga qachon va kim tomonidan kiritilgan?

«Tabiiy tug‘ilish» tushunchasi ilmiy iste’molga ilk bor 1961 yilda frantsuz demografi L.Anri tomonidan kiritilgan. Olim bu tushunchani tug'ilishni nazorat qilish yo'llaridan biri sifatida kiritgan bo'lib, hozirgi kunda u oiladagi farzandlar soni va tug'ilish davrlarini rejalashtiruvchi oilali jamiyatga xosdir. Shu bois, tug'ilish holatini va darajalarini tahlil qilish amaliyotida tabiiy tug'ilish konsepsiyasi oila muhitida tug'ilishni cheklash darajasining taxminiy baholanishida qo'llaniladi

19. Nikoh» tushunchasiga ta'rif bering.

Nikoh demografiya, sotsiologiya, huquq, tarix va psixologiya kabi fanlar tomonidan tadqiq etiladi. Ilmiy adabiyotlarda nikohga quyidagicha ta’rif berilgan: nikoh — ayol va erkak o ‘rtasidagi munosabatlaming ijtimoiy qo‘llab-quwatlangan va jamiyat tomonidan tartibga solinuvchi shaklidir. Nikohning huquqiy asoslari — nikoh tuzish va uni bekor qilish shartlari va tartiblari, er-xotinning huquq va majburiyatlari oila kodeksida batafsil yoritilgan. Demografiya boshqa fanlardan farqli o'laroq nikohning makroijtimoiy darajadagi asosiy parametrlarini tavsiflovchi insonlar va demografik hodisalar majmuini o'rganadi. Nikoh — insonlar populyatsiyasida er-xotin juftligining shakllanish jarayonidir. Nikoh demografik tahlilda real yoki gipotetik avlodga nisbatan qaraladi va u qonun yoki an’anaga binoan nikoh yoshiga yetgan, lekin hali nikohdan o'tmagan insonlar (erkak va ayol) o'rtasida tuziladi.

20. Tug'ilishga oid ma'lumotlarni tahlil qilishda qanday usullardan foydalaniladi?

Tug'ilishga oid m a’lumotlarni ishlab chiqish va tahlil qilishda bo'ylam a va ko'ndalang tahlil, ya’ni real va shartli avlodlar usullaridan foydalaniladi. Real avlodlar usuli. Real avlodlar deganda, bir yilda (bir necha yil orasida) tug'ilgan, ya’ni tengdosh ayollar yoki aynan bir vaqtda nikohga kirgan ayollar tushuniladi. Shartli avlodlar usuli statistik axborot yetarli bo'lganligi sababli tug'ilish tahlilidagi eng asosiy usul hisoblanadi. Mazkur usul joriy statistik qayd etishning standart ma’lumotlariga, ya’ni ma’lum vaqt mobaynida tug'ilganlar va ayollar soniga asoslanadi.

21.72. 76. Aholi qaysi fanlarning tadqiqot obyekti hisoblanadi?

Aholining ko‘p qirrali ekanligini insonlarning turli jihatlardan o'rganuvchi ko'pgina fanlar ham tasdiqlab beradi. Masalan, demografiya, aholi geografiyasi, etnografiya, aholishunoslik iqtisodiyoti, sotsiologiya, mehnat iqtisodiyoti, ijtimoiy psixologiya va h.k. kabi fanlar uchun aholining umumiy yoki uning qandaydir bir qismining tadqiqot ob’yekti bo'lib yuzaga chiqadi.

22.73.87. O'zbekiston Respublikasida demografik jarayonlami joriy qayd etish qaysi organ orqali amalga oshiriladi?

O 'zbekiston Respublikasida demografik jarayonlami (tug'ilish, o'lim, nikoh va ajralish) joriy qayd etish fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari orqali amalga oshiriladi. Fuqarolik holati hujjatlari — qonunda belgilangan davlat organlarida qayd etilishi zarur boʻlgan huquqiy dalolatnomalar; ular inson hayotidagi asosiy voqealar bilan bogʻliq boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 38moddasiga koʻra, quyidagi Fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerak: tugʻilish; oʻlim; nikoh tuzilganligi; nikoxdan ajralish. Shuningdek, farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish, jinsning oʻzgartirilishi kabi fukarolik holatlari yuqoridagi holatlarni belgilovchi hujjatlarga tegishli yozuvlarni kiritish orqali amalga oshiriladi. Fuqarolik holati hujjatlarini shahar va tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) boʻlimi yoki mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari roʻyxatga olib boradi. Fuqarolik holatlarini qayd etish yozuvlarini bekor qilish va qayta tiklash FHDYO idoralari tomonidan sud qarorlariga asosan amalga oshiriladi

23. Oilalarning iqtisodiy barqarorligini ta'minlashning qanday yo'nalishlarini bilasiz?

Oilaning iqtisodiy funktsiyasi uning asosiy funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Oila iqtisodiy, budjeti, daromadini rejali sarflash, kundalik xarajatga, zarur buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so’ng olinadigan narsalarga mablag’ yig’ish, tejamli ro’zgor yuritish er-xotinning katta tajriba, malakaga ega bo’lishiga bog’liq. SHuningdek, oilada o’sayotgan farzand xam mana shu malaka va ko’nikmalarga ega bo’lib borishi zarurligini unutmagan xolda o’g’il-qizga iqtisodiy masalalarni xal etishni o’rgata borish lozim. Keyingi yillarda ro’zgorda yuzaga kelayotgan iqtisodiy muammolar oiladagi shaxslararo munosabatlarga salbiy ta’sir etishi bilan birgalikda farzandlar bilim saviyasining pasayishiga xam olib kelmoqda. Bunday noxush xolatlarning oldini olish maqsadida moddiy kiyinchiliklar tufayli xosil bo’ladigan muammolarni bartaraf etishda odamlarga psixologik yordam ko’rsatish lozim.

Oila o’zining shu funktsiyasi tufayli jamiyatga, davlatga katta iqtisodiy foyda keltiradi. Masalan, bola tarbiyasi, bolani iqtisodiy ta’minlash borasidayok uning jamiyatga keltirgan foydasi katta miqdorini tashkil etadi. Buni davlat tomonidan, davlat muassasalarida (bolalar uylarida) bir bolani 16-18 yil tarbiyalab, ishchi kuchi sifatida etishtirish uchun (uni bokish, kiyintirish, o’qitish, moddiy ta’minlash va sh.k ) davlat tomonidan har bir bolaga sarflanadigan mablag’ va aynan shunday ishchi kuchini oilada tarbiyalash uchun beriladigan nafaqa pullari miqdorini solishtiradigan bo’lsak, o’rtadagi farq birinchilar foydasiga bir necha yuz ming so’mni tashkil qiladi.

24.78. Dunyo mamlakatlarida aholi takror barpo bo`lishi.

Jamiyatning tarixiy rivojlanishi jarayonida aholining takror barpo bo'lishida chuqur o'zgarishlar yuz bergan. Masalan, ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda jamiyatda demografik jarayonlar — tug'ilish, o'lim va nikohni boshqarish jarayoni keng tarqalgan. Natijada taraqqiy etgan mamlakatlarda yuz bergan ijtimoiyiqtisodiy o'zgarishlar aholining demografik mayliga bevosita ta ’sir etib, aholining farzandlar soniga bo'lgan munosabati o'zgardi, ya’ni ko'p bolalik o'm ini o'rtacha bolalik, kam bolalik egallay boshladi. Shu bilan birga, urbanizatsiya jarayoni va sanoat tarmoqlarining rivojlanishi, omma o'rtasida homiladorlikdan saqlovchi tibbiy vositalarning keng tarqalishi, ayollaming ijtimoiy ishlab chiqarishda bandligining ortishi kabi ijtimoiy-iqtisodiy va demografik omillar oilalaming ko'p farzandga bo'lgan ehtiyojining asta-sekin kamayishiga olib keldi. Shuningdek, aholiga tibbiy yordam ko'rsatishning yaxshilanishi, sog'liqni saqlash tizimida zamonaviy texnologiyalarning joriy qilinishi, davolash maskanlarining zamonaviy uskunalar bilan jihozlanishi, bu sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda sohani 204 yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashga e’tiborning kattaligi aholi o'rtasida o'lim holatlarining kamayishiga, o ‘rtacha umr ko‘rish muddatining uzayishiga sabab bo'ldi.

25.79. Demografiya faninimg nazariy asoslari

Aholi barcha unsurlari va funksiyalari doim iy harakatda bo'lgan dinamik tizimdir. Aholi harakatining uchta turi farqlanadi: ijtimoiy, tabiiy va migratsion. Ijtimoiy harakat tor va keng m a’nolarda talqin qilinishi mumkin. Keng ma’nodagi ijtimoiy harakatga barcha ijtimoiy munosabatlar, shu jumladan, demografik munosabatlar ham kiritiladi; tor ma’nodagi ijtimoiy harakat deganda, odatda faqatgina o'ziga xos doiradagi munosabatlar tushuniladi. Bunga misol qilib aholining ijtimoiy sohadagi harakatlarining barcha turlarini kiritish mumkin, faqatgina tabiiy va migratsion harakatlar bundan mustasno. Aholi harakatini uchta qismga ajratib ko'rsatish ularning har biri bo'yicha aniq tasawurga ega bo'lish imkonini beradi. Qadimdan ma’lumki, dunyodagi barcha jarayonlar bir-biri bilan o'zaro bog'liq bo'lgan. Mos ravishda aholi harakatlarining barcha turlari ham uzluksiz ravishda, organik birlikda insonlar jamlanmasining u yoki bu xususiyatini o'zgartirgani holda amalga oshadi.

.

26.80. Dunyo aholisining jinsiy va milliy tarkibi.



Aholining jins tarkibi — aholining erkaklar va ayollarga taqsimlanishidir. Demografiyada jinsiy tarkibni tasawur qilishning quyidagi ikkita yondashuvidan foydalaniladi: • birinchisi, jami aholi yoki ayrim yosh guruhlaridagi erkaklar va ayollar mutlaq soni va ulushining oddiy hisobi; • ikkinchisi, jami aholi yoki ayrim yosh guruhlaridagi erkaklar sonining ayollar soniga nisbati (yoki aksincha). Odatda, jinslar nisbati erkaklar sonining har 100 yoki 1000 ayolga to‘g‘ri keladigan nisbati orqali hisoblab chiqilishi bilan aniqlanadi (yoki kam hollarda ayollar sonining har 10 0 yoki 10 0 0 erkakka to‘g‘ri keladigan nisbati ham olinadi). Aholining jins tarkibi uchta omilning birgalikdagi ta’siriga bog‘liq bo'ladi: tirik tug'ilganlar orasidagi o‘g‘il bolalar sonining qiz bolalar soniga nisbati; differentsial o ‘lim darajasi, ya’ni turli yosh guruhlaridagi erkaklar va ayollar o'rtasidagi o ‘lim darajasining farqi; migratsiya jadalligidagi jinslar farqi. Birinchi om il (jinslarning ikkilam chi nisbati) barcha aholi uchun amaliyotda bir xil va o‘zgarmasdir, shuning uchun bu yerda asosiy rollar differentsial o‘lim darajasi va migratsiya jadalligidagi jinslar farqiga tegishli bo‘lib, ular mavjud ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog‘liqdir


Download 56,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish