Demekologiya Eydekologiya



Download 30,45 Kb.
bet1/5
Sana05.06.2022
Hajmi30,45 Kb.
#637711
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Autekologiya



 
1.2.Autekologiya tushunchasi 
O‗z vaqtida E.Gekkel qayd qilib o‗tganidek, ekologiya faqat o‗simlik va xayvonarni
emas, balki bubun tirik organizmlarni, ularning o‗lib ketgan ajdodlarini bir xil darajada
o‗rganadi.
Ekologiya bo‗limlarning umumiy vazifalari va yo‗nalishlari birlashgan. Lekin
o‗simliklar, sanoat yoki insonlar ekologiyasi kabi yo‗nalishlarning xar birini o‗ziga xos
tadqiqot usullari bor. Masalan, o‗simlikning ekologiyasi abiotik omillarning ayrim o‗simlik

turlariga yoki tur vakillariga ta‘sirini aniqlaydi. O‗simlikning va ular birikmalarining bir-


birlari bilan munosabatlarini fitotsenologiya o‗rgansa, xayvonlar va o‗simliklar guruxlari
ichidagi aloqalarini biotsenologiya o‗rganadi.
O‗simliklar tabiiy muxit va xar xil turlarning birligi darajasida o‗rganiladi. Sun‘iy
senozlarni (bug‗doyzor, sholipoya, paxtazor, jo‗xorizor va xokazo) muxitda, aslosan bir tur
vakillari xosil qiladi. Ularning populyasiyalari bir, ko‗p va xar xil guruxlarni xosil qiluvchi
o‗simliklar asosida chuqur o‗rganiladi.
Xayvonlar ekologiyasi - tashqi muxit omillarining ayrim individiumlariga va
ularning populyasiyalariga ta‘sirini o‗rganadi. SHuning uchun ham populyasiya xavonlar
misolida yaxshi ishlab chiqilgan.
O‗simlik va xayvonlar xaqidagi ma‘lumotlar shuni ko‗rsatadiki, tirik
organizmlarning bir-birlari va muxit bilan aloqalari, murakkab xar xil va o‗ziga xosligini
ekologiyaning o‗simliklar va xayvonlar ekologiyasiga bo‗linishiga sabab bo‗ladi, ya‘ni
tabiatning xar bir ob‘ekti mustaqil fanlar tomonidan o‗rganilsa-da, ular o‗rtasidagi aloqa juda
kuchlidir.
Ayrim xollarda ekologiyaning bu ikki mustaqil bo‗limini birlashtirmoqchi xam
bo‗lganlar (YU.Odum, L.G.Ramenskiy, B.G.Ioganze, G.A.Novinkov, S.S.SHvars).
V.N.Sukachev tomonidan ishlab chiqilgan biogeotsenoz, keyinchalik biogeotsenologiya
ta‘limoti - o‗simliklar va xavonlar birikmalarini to‗plam xolida o‗rganish nazariyasi katta
axamiyatga ega bo‗ladi. YU.Odum ekologiyani turlar populyasiya ekologiyasi, senozlar
ekologiyasi, ekosistema ekologiyasi kab qisimlarga bo‗ladi.
Xozirda ekologiyaning bo‗limlari, ularning ma‘nosi, vazifalari va o‗rganish
ob‘ektlari quyidagicha:
1. Auekologiya (yunoncha autos - o‗zim, logiya - ta‘lim) - tur vakillarining yashash
sharoiti, bir-birlari xamda ularni o‗rab turgan atorf-muxit balan munosabatlarini o‗rganadi,
shuningdek turning turg‗unligini, uning turli ekologik ommillar ta‘sirida moslashnshini,
muxitning organizmning morfologik, fiziologik va xulqiy o‗zgarishlariga sabab bulishini
aniqlaydi.
Autekologiya o‗zining rivojlanishida ekologik taqqoslash, ekologo-morfologik,
fiziologik usullardan keng foydalaniladi. Organizmning atrof-muxit ta‘siriga reaksiyasi va
o‗zgarishiga oid ilmiy materiallarni solishtiradi. Natijada organizmlarning fasllar, yil va kup
yillar davomida bo‗lib o‗tadigan o‗zgarish qonuniyatlarini aniqlaydi, organizmga ta‘sir
qiladigan tabiiy va sun‘iy (antropogen) omillarning salbiy va ijobiy moxiyatini o‗rgatadigan
ilmiy materiallarni tasnif kilish natijasida qator ekologik qonunlarni ochadi (Libixning
minimum qonuni, SHelfordning ekologik tolerantlik qonuni, Lundogard-Poletaev qonunlari).
2. Demekologiya (yunoncha demos - xalk,) - tur vakillari xosil qiladigan
tabiiy populyasiyalarning xosil bo‗lish shartlarini, ularning guruxlari ichki tuzilishini, son va
sifatini, bir-birlari va muxit o‗rtasidagi munosabatlarni o‗rganadi. Fransuz ekologi R. Dajo
demekologiyani populyasiya dinamikasi nomi bilan ishlatadi.
3. Eydekologiya - turlar ekologiyasi - turni ekologik jixatdan chuqur o‗rganadi, uni
jonli tabiatning tashkil bo‗lishidagi yuqori rivojlanish darajasi va biologik mikrosistemalarni
tashkil kiluvchi deb qaraydi.
Ekologiyaning rivojlanish jarayonida ilm tadqiqotchilari tur vakillari - populyasiyani
o‗rganish asosida biosferani o‗rganishga o‗tdilar. Ekologiyaning bu bo‗limida tur
ekologiyasini o‗rganish shartdir.

Tirik organizmlarning tabiiy integratsion birlashuvi asosida: tur vakillari — vakillar


guruxi — populyasiya — populyasiyalar guruxi — tur — turlar guruxi — senozlar —
biotsenozlar — byogeonozlar (ekosistemalar) biosferalar yotadi.
Tirik tabiatning ob‘ektiv integratsion tuzilishi ikki tizimda ya‘ni 1) turlar xosil
qiluvchi tizim va 2) biogeotsenotik tizim asosida bo‗lishi kerak. CHunki, xar qanday tur vakili
(organizm) va uning populyasiyasi ob‘ektiv turning aniq vakili bo‗lib, u yoki bu biotsenozalar
tarkibiga kiradi va ularning xosil bo‗lishida qatnashadi.
4. Sinekologiya (grekcha syn - birlikda) - turli organizmlar xosil qiladigan birlik
ekologiyasi, turli organizmlar, turli mikroorganizmlar, o‗simliklar, xayvonlar assotsiatsiyalari,
biotsenozlar, ularning xosil bo‗lishi, rivojlanishi, tuzilishi, o‗zgarashi va maxsuldorligini
o‗rganadi.
K.SHryoterning fikricha, sinekologiya xar xil guruxlar xosil qiluvchi xilma xil tur
vakillarining bir-birlari va muxit o‗rtasidagi munosabatlarini o‗rganadi. Agar aut-dem - va
eydekologiyalar asosida tur vakillarini va ma‘lum tirik organizmlar guruxiga kiruvchi turlar
o‗rganilsa, sinekologiya, o‗z navbatida aut -, dem - va eydekologiyaga asoslangan xolda  
murakkab kup turlardan tashkil topgan tabiiy komplekslarni, ularning ichki tuzilishlarini,
rivojlanishini, son va sifat o‗zgarishlarini to‗la xolda, ichidagi katta va kichik birliklarini
bir-birlari xamda muxit o‗rtasidagi munosabatlarini o‗rganish bilan bu bo‗lim ekologiyaning
umumiy biologik xarakteriga ega bo‗lib koladi.
Sinekologiya statistik yullar bilan ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradi. Sinekologiya
dinamik jixatdan (doimiy xarakatda, o‗zgarishda) -turli katta va kichik biologik guruxlarni
o‗zgarib, almashib turishini, ular ichidagi farkni, ekosistemalar ichidagi ozuqaviy
bog‗liqliklarni, sonlar piramidasini, organizmlar xosil qiladigan biomassa, maxsuldorlik va
energiya oqimlarini o‗rganadi.
Ayrim xollarda xususiy ekologiya yunalishi xam yuzaga chiqib qoladi. Xususiy
ekologiya - umumiy ekologik qonunlarni ayrim taksonomik birliklar darajasida, ekosistema
ichidagi kenja sistemalarning yashash joylarini, doimiy xarakati va o‗zgarishini, yashash
sharoitlarining xillarini (suv, xavo, er) - biotoplarni, ekosistemadagi ularning komponentlari
moxiyatini o‗rganadi.
SHunday qilib ekologiya - tabiatda xosil bo‗lgan bir butun biologik birliklarni
o‗rganadi, shu birliklarning guruxlariga, a‘zolariga o‗ziga xos maxsus usullar bilan
yondoshadi. CHunki tabiatdagi xar xil tabiiy voqelik, xolat maxsus yondoshishlarni, yangi
ekologik usullarni talab kiladi. Tabiatning ekologik xolati ustida tajriba o‗tkazib bo‗lmaydi,
chunki bunday xol juda xam kuzatilmagan va boshqarib bulmaydigan sanoqsiz ofatlarga olib
kelishi mumkin (masalan: atom bombalarining Semipalatinskdagi sinovlari, atom bombasini
Xirosima, Nagasakida qo‗llash, CHernobil AES ining portlashi).
Ekologiya va uning yaqin bo‗limlaridan turli biologik va boshqa fanlarning
yutuqlaridan, materiallaridan extiyotkorlik bilan foydalanish kerak, aks xolda xaqiqiy
ekologik voqeliklar, xolatlar buzilib, ekologiyada ―begona‖ fikrlar chalkashib yurishi
mumkin.
Ekologiyaning maqsadi - ma‘lum vaqtda va ma‘lum joyda qancha organizm
yashaydi, ularni qachon va qaysi erda va nima uchun uchratish, topish mumkin degan savolga
javob berishdan iborat. Bu esa insonning biologik tayanchi bo‗lib, u yashab turgan muhitni
saqlash chora tadbirlarini ishlab chiqishga asos bo‗ladi. SHuning uchun ham ekologik
ta‘limsiz va mustahkam ekologik bilimga ega bo‗lmasdan turib, atrof-muhit muhofazasi
muammolarini hal qilib bo‗lmaydi.


Download 30,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish