Demekologiya Eydekologiya



Download 30,45 Kb.
bet4/5
Sana05.06.2022
Hajmi30,45 Kb.
#637711
1   2   3   4   5
Bog'liq
Autekologiya

Ekologik omillar va ularning tasnifi 
Muxit organizmning fizik qobig‗i xisoblanib, xar qanday muxit fizik, kimyoviy va
boshqa omillarning majmui bilan namoyon bo‗ladi. Omil tirik organizmlarga to‗g‗ridan-
to‗g‗ri ta‘sir etuvchi muxitning ayrim bir tarkibiy qismidir. SHunday qilib, ekologik omilni
tirik organizmlar moslashish reaksiyalari orqali javob beradigan xar qanday muxitning shart-
sharoiti deb qarash kerak.
Ekologik omillar juda xilma-xil. SHuning uchun ularni tasniflash zarur buladi.
Ekologiyaning tarixidan ma‘lumki, omillarning tasnifi ancha murakkab masalalardan biri
xisoblanadi. Tabiatda omillar tirik organizmlarga bir butun yoki birgalikda ta‘sir etadi. Ular
ekologik, fiziologik, genetik va xokazolar tarzida ta‘sir etadi. Omillarni tasniflashda ularning
xilma-xil ta‘sir etishi emas, balki kelib chiqish manbaiga qarab ajratish lozim. Omilni
aniqlashda uni tirik organizmlarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri va o‗ziga xos ta‘siri muxim axamiyatga
ega.
Ekologik omillarni tasniflashda uning tabiati, xarorat, nurlanish, bosim muxitning
reakyiyasi va boshqalar doimo o‗ziga xos xususiyatga ega bo‗ladi. D.N. Kashkarov (1933)
omillarni uch guruxga ajratadi: iqlim, edafik va biotik. V.V.Alexin (1950) iqlim, edafik,
orografik, biotik, antropogen va tarixiy omillarga ajratadi.
Ta‘rifga binoan omil muxitning ayrim elementi xisoblanib, organizmga to‗g‗ridan-
to‗g‗ri ta‘sir ko‗rsatadi. Ammo tarixiy, orografik kabi omillar tirik organizmlarga xech qanday
to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir etmaydi. SHubxasiz, ma‘lum bir joyning dengiz satxidan absolyut
balandligi, tog‗liklarning qiyalik burchagi darajasi yoki suv xavzasining chuqurligi kabilar
xam ana shunday xususiyatga ega. Ular tirik organizmlarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir etmay,
balki bevosita ta‘sir etgan xolda boshqa omillar, ya‘ni xarorat, bosim va xokazolarni ta‘rif
etish xususiyatini o‗zgartiradi.
Muxit keng ma‘noda qaralib, uning tarkibida faollik ko‗rsatuvchi omillar mavjud.
Omillarni ta‘sir etuvchi va xayot sharoiti uchun zarur guruxlarga ajratish mumkin. Ta‘sir
etuvchi omillar tirik organizmlar xayotiga kuchli ta‘sir etib, ularning xatto irsiy xususiyatlari
yoki boiqa ko‗rinishlardagi o‗zgarishlarini keltirib chiqaradi. Bularga xar xil mutagen
omillarni (nurlanish va boshqalar) ko‗rsatish mumkin.
Xayot sharoiti uchun zarur bo‗lgan omillar o‗z navbatida tirik organizmlarning
yashashi uchun zarur bo‗lgan xayoti va o‗sishini ta‘minlovchi omillar va rivojlanish sharoiti
(ontogenszni ta‘minlovchi) omillariga bo‗linadi.
YAshil o‗simliklarning xayoti uchun zarur bo‗lgan omillar kosmik (yorug‗lik,
xarorat) va Erdagi suv va ozuqa omillarga ajratiladi. Ushbu omillar mavqei jixatdan bir-biri
bilan barobar, shuningdek, boshqa omil bilan almashtirib bo‗lmaydi. Ilmiy-texnik taraksiet
tufayli inson yashil o‗simliklar uchun, zarur bo‗lgan kosmik omillarni boshqara olish
imkoniyatiga ega bo‗ldi.

SHunday qilib, xozirgi vaqtda ekologik omillar kelib chiqishiga vaqt bo‗yicha,


muxitga, xarakteriga, ob‘ektga ta‘sir etishiga va boshqa tomonlarini xisobga olib tasniflanadi.
Ekologik omillarni abiotik (o‗lik tabiatning ta‘siri), biotik (tirik organizmlar bilan
bog‗liq bo‗lgan ta‘sir) va antropogen (insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan ta‘sir)
omillarga bo‗lib o‗rganiladi.
Abiotik omillarga kuyidagilar kiradi:
1. Iqlim, yorug‗lik, xarorat, xavo, namlik (xar xil shakllardagi yog‗ingarchiliklar,
tuproq va xavoning namligi,

qor qoplami);


2. Edafik (yoki tuprok. gurunt) — tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, uning
fizik xossalari va boshkalar.  
3. Topografik (yoki orografik) - relef sharoiti.
Biotik omillarga quyidagilar kiradi: 1. Fitogen - birgalikda yashayotgap
o‗simliklarning to‗g‗ridan-to‗g‗ri (mexanik ta‘sirlar, simbioz, parazitlik, epifitlarnnng
yashashi) va bilvosita (tirik organizmlar yashayotgan muxitni o‗zgartirishi) kabi ta‘sirlari; 2.
Zoogen - xayvonlarning (oziqlanishi, payxon qilishi va boshqa mexanik ta‘sirlar, changlatish,
meva va urug‗larni tarqatishi, muxitga ta‘sir etishi kabi ta‘sirlar; 3. Mikrobiogen va mikogen-
mikroorganizmlar va zamburug‗larning (parazitlilik, taщqi muxitni o‗zgartirish) ta‘siri.
Antropogen omillar insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan omillardir.
Antropogen ta‘sir natijasida tirik organizmlar yashash muxitining o‗zgarishi o‗z navbatida
ekotizimlarning tarkibiy qismlari o‗rtasidagi bog‗lanishlarning buzilishiga, inqirozga yuz
tutishiga (cho‗llarni o‗zlashtirish, o‗rmonlarni kesib yuborish, pichan o‗rish va mol boqish,
suv, tuproq va xavoni sanoat chiqindilari, zararli kimyoviy moddalar, maishiy chiqindilar
bilan ifloslantirish va zaxarlashga olib keladi. Ba‘zi xollarda biotsenozlarning butunlay yuq
bo‗lib ketishiga sababchi bo‗ladi (1-jadval) .

Download 30,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish