Delphi dasturlash muhiti va Delphi interfeysini o`qitishda “Klaster” metodidan foydalanish Mavzunig dolzarbligi


Delphi dasturlash muhitining ishchi interfeysi



Download 0,72 Mb.
bet3/3
Sana04.08.2021
Hajmi0,72 Mb.
#138262
1   2   3
Bog'liq
MALAKA ish

Delphi dasturlash muhitining ishchi interfeysi.
Delphi dasturlash muhitining tashqi ko’rinishi Windowsda ko’rish mumkin bo’lgan boshqa dasturlash muhitlari ko’rinishidan farq qiladi. Masalan, Borland Pascal for Windows 7.0, Borland C++ 4.0, Word for Windows, Program Manager – bularning barchasi MDI dasturlari hisoblanadi va Delphiga o’xshamaydi.

Delphi dasturlash muhiti oddiy usul bilan ishga tushiriladi, ya’ni, Windows da Пуск menyusidan Программы bo’limidagi Borland Delphi7 satridan Delphi 7 buyrug’i tanlanadi.



1-rasm. Delphi ni ishga tushirish.

Delphining ishchi muhiti beshta oynadan iborat:

Bosh oyna — Delphi 7;

Formalar dizayneri (Form Designer);

Dastur matni muharriri (Editor Window);

Komponentlar to’plami (Component Palette);

Ob’ektlar inspektori (Object Inspector);

Ob’ektlar ro’yxatini ko’rish oynas (Object TreeView);

Yordam tizimi (On-line help).



Delphining bulardan tashqari sizga dasturlash muhiti va dasturni sozlash uchun xizmat qiluvchi tizim menyusi, uskunalar chizgichi kabi boshqa vositalari ham bor. Delphida dasturchilar ko’p vaqtlarini Formalar dizayneri va Dastur matni muharriri orasida o’tish bilan o’tkazadilar. Siz dasturlashni boshlashdan oldin shu ikki muhim elementni ajrata olishingizga ishonch hosil qiling.




2-rasm. Formalar dizayneri



3-rasm. Dastur matni muharriri

Delphidagi Formalar dizaynerining tuzilishi shu qadar oddiyki, dasturning tashqi ko’rinishini yaratish bolalar o’yiniga o’xshab ketadi. Formalar dizayneri dastlab oddiy bo’sh oynadan iborat bo’ladi va siz uni keyinchalik komponetlar to’plamidan olingan ob’ektlar bilan to’ldirishingiz mumkin.

Formalar dizaynerining muhimligiga qaramasdan, dasturchiliarning ko’p vaqtlari Dastur matni muharririda kechadi. CHunki bu yerda dasturning asosiy kodi (ish bajaruvchi qismi) yoziladi.



4-rasm. Delphi ishchi muhiti.

Bosh oynada buyruqlar menyusi, uskunalar paneli va komponentlar palitrasi joylashgan. Bosh ishchi forma yaratiluvchi ilovaning bosh oynasi hisoblanadi. Dasturiy ta’minotning dasturlash texnologiyasining uslubiy ta’minoti qisqacha ilova deb ataladi.

5-rasm. Bosh oyna

Object Inspector oynasi - ob’yektlarning xususiyatlarining qiymatlarini taxrirlash uchun mo’ljallangan. Vizual loyihalash atamalarida ob’yektlar - bu muloqot oynalari va boshqaruv elementlaridir (kiritish va chiqarish maydonlari, buyruq tugmalari va boshqalar). 14 Ob’yekt xususiyati - ob’yektning ko’rinishi va joylashishini aniqlovchi tavsiflardir. Masalan, Width va Height xususiyatlari formaning o’lchamlari (balandligi va kengligi)ni, Top va Left xususiyatlari formaning ekranda joylashgan o’rnini, caption esa sarlavha matnini beradi.

6-rasm. Object Inspector oynasi



7-rasm. Kodlarni taxrirlash oynasi


Delphi interfeysi quyidagi bo'limiardan iborat:

    1. Sarlavha satri.

    2. Asosiy menyu.

    3. Uskunalar pancli.

    4. Boshqarish obyektlari (komponentalar) paneli.

    5. Boshqarish obyektlari brauzeri.

    6. Boshqarish obyektlari (elementlari) inspektori.

7. Yaratilayotgan ilova oynasi (forma).

8.Yaratilayotgan ilova kodi oynasi.





      1. Delphining asosiy menyusi 11 ta bo'limdan iborat bo'lib, ular quyidagilardir:

        1. File (Fayl). 7. Component (Boshqarish obyektlari).

        2. Edit (Tahrirlash). 8. Database (Ma'lumotlar ombori).

        3. Search (Qidiruv). 9. Tools (Uskunalar).

4.View (Ko'rinish). 10. Window (Oynalar) 11. Help (Yordam).

5.Project (Loyiha).

6.Run (Ishga tushirish).



Delphi uskunalar paneli va obyekt (komponenta)lar paneli. Uskunalar panelida ko'p ishlatiladigan buyruqlarning tugmalari joylashgan bo'lib, bu ularni asosiy menyuga kirmasdan ishlatish imkonini beradi. Uskunalar panelida o'ndan ortiq tugmalar bo'lib, ularga yangilarini qo'shish, ba'zilarini olib tashlash mumkin.

Komponenta deb yaratilayotgan ilovaga joylash uchun mo'ljallangan turli boshqarish elementlari (obyektlari)ga aytiladi. Vizual dasturlash shu boshqarish elementlarini ilova oynasiga joylash va uning xossalarini o'zgartirish orqali amalga oshiriladi. Delphi da yuzlab boshqarish elementlari bo'lib, ular komponentalar panelining yigirmadan ortiq jildlariga joylab chiqilgan.

Delphi oynalari. Delphi ning bosh oynasidan tashqari yana bir qator oynalari bo'lib, ularning bosh oyna ichida joylashishini o'zgartirish, ularni yashirish, ekranga chiqarish, o'lchamlarini o'zgartirish mumkin. Bu oynalardan birinchisi forma oynasi deb ataladi va unda yaratilayotgan ilovaning asosiy oynasining ko'rinishi aks etadi. Bu oynaning o'lchamlarini o'zgartirish bilan yaratilayotgan ilova oynasining o'lchamlarini o'zgartirish mumkin. Unga komponentalar panelidan kerakli komponentalarni sichqoncha yordamida sudrab o'tkaziladi va ularning o'zaro joylashishi rejalashtiriladi. Bu oynani yangi ilova oynasi yoki sodda qilib ilova oynasi deb ataymiz. U bilan ishlash uning o'lchamlarini o'zgartirish, unga yangi boshqarish elementlarini joylash va bu elementlarning joylashishini o'zgartirishdan iborat bo'ladi.

Ikkinchi muhim oyna bu dastur kodi (aslida dastur matni) oynasi bo'lib, ilova oynasidagi o'zgarishlar unda avtomatik tarzda aks etadi. Masalan, biz ilova oynasining o'lchamlarini o'zgartirsak, dasturning buni amalga oshiradigan operatori uning matniga qo'shiladi. Ilova oynasiga yangi boshqarish elementlari joylansa, bu elementlami tavsiflovchi operatorlar avtomatik ravishda dastur matniga qo'shiladi

Dastur kodi oynasida dasturchi qiladigan asosiy ish boshqarish elementlarini hodisalarga bog'langanida elemenming bu hodisa ro'y berganida dastur unga qanday javob berishi kerakligini ko'rsatib berishdir. Bunda har bir hodisa uchun bitta protsedura yaratiladi va bu protsedura mamini yozish dasturchi zimmasiga yuklanadi.

Vizual dasturlashda dasturchining asosiy vazifasi dasturda foydalaniladigan boshqarish elementlarining, ya'ni obyektlaming kerakli xossalari va usullari dan foydalanishdir. Bunda yuzdan ortiq obyektlaming o'nlab xossalari va usullaridan keraklisini tezda topa olish juda muhimdir. Bu ishda Obyekt inspektorining o'mi juda muhim.

Ilova oynasida biror obyekt tanlanganda bu obyektning barcha xossalari obyekt inspektorida aks etadi. Natijada kerakli xossaning nomi va qiymatiarini eslashga va qidirishga hojat qolmaydi.


Xulosa

Hozirgi zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari behad rivojlangan davrga kelib, umumta’lim maktablarda ham informatika va axborot taxnologiyalari fanidan Delphi dasturlash tilini o’quvchilarga o’rgatish bilan birgalikda dasturlash tillariga qiziqtirish va kasbga ynalirish maqsad qilib quyilgan.

Ushbu bitiruv malakaviy ishida berilgan nazariy va amaliy topshiriqlar bilan ishlash natijasida Delphi dasturlash tilidan foydalanilganda Delphi interfeysini o`qitishda “Klaster” metodidan foydalanish taxlil etildi. Natijada esa Delphi dasturlash muhiti ishga tushiriladning uch xil uslini, Delphining ishchi muhiti beshta oynadan, Delphi interfeysi 8 ta bo'limiardan va Delphining asosiy menyusi 11 ta bo'limdan iborat ekanligini “Klaster” metodi yordamida tushuntrish qulayligi isbotlandi.

- “Klaster” metodidan foydalanish orqali o‘quvchilarda tasavvurni rivojlantirish, mantiqiy fikrlash, dasturni o’rganish imkoniyatlari;

- “Klaster” metodidan foydalanish orqali o‘quvchilari guruhlarga biriktirish;

- “Klaster” metodidan foydalanish orqali o‘quvchilar tomonidan qayd etilgan tushunchalar loyihalash;


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




        1. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV. Toshkent sh 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarori

  1. Karimov I. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T., «O`zbekiston», 1997. – 328 b.

  2. Sh.Nazirov. Delphi tilida dastrurlash asoslari T.2008 y

4. http://www.ziyonet.uz

5. http://darturchi.uz
Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish