class function ClassNameIs(const Name: string): Boolean;
Bu usul true qiymat qaytaradi, agar Name parametri sinf nomini o’z ichiga olgan bo’lsa.
class function InberitsFrom(AClass: TClass): Boolean;
Bu usul AClass parametri sinf yoki ob’ektning oldingi nomini o’z ichiga olgan yoki olmaganligini tekshiradi.
class function InstanceSize: Longint;
Sinf yoki ob’ekt o’lchamini baytda aniqlaydi.
Sinf TPersistent. Bu sinf o’z o’zidan TObject sinfidan kelib chiqadi va u potokli ob’ektlarni (potokovqy ob’ekt) tuzish uchun kerakli usullarni o’z ichiga oladi. Potokli ob’ekt –bu obekt bo’lib, u potokda saqlanadi. O’z navbatida potok bu ham ob’ekt bo’lib ma’lumotlarni tashishga mo’ljallangan, masalan xotira yoki disk fayllari. Boshqacha aytganda sinf davomchisi Tpersistent operativ xotirada fayl formasida joylashgan bo’lib, u yerda yangilanib turiladi. Undagi usullardan to’g’ridan to’g’ri foydalanish uchun quyidagilar ishlatiladi.
procedure Assign(Source: TPersistent);
Bu usul ishlatilayotgan ob’ektga Source parametrida nomi ko’rsatilgan ma’lumotlarni jo’natishda ishlatiladi.
procedure AssignTo(Dest: TPersistent); virtual;
Bu usul xuddi yuqoridagi usul kabi bo’lib, farqi uning virtualligi va himoyalanganligidir.
procedure Define Properties(Filer: TFiler); virtual;
E’lon qilinmagan ob’ekt ma’lumotlarini fayl formada joylashda ishlatiladi. TFiler sinfi abstrakt asos sinf bo’lib o’qish va yozish operatsiyalarini bajarishda, hamda komponentalar va ular xossalarini saqlashda ishlatiladi.
function GetNamePath: String; dynamic;
Ob’ekt inspektoridagi ob’ekt nomini o’zida oluvchi qatorni qaytaradi.
function GetOwner: TPersistent; dynamic;
Ob’ekt ko’rsatgichini qaytaruvchi himoyalangan usul.
Sinf TComponent. TComponent sinfi komponentalar iyerarxiyasining eng yuqorisi bo’lib, undan barcha ilovalarda ishlatiladigan komponentalar tug’uladi. Uning davomchilari vizual bo’lmagan komponentalardir. Bu vizual bo’lmagan komponentalar dasturning ishlashi vaqtida ko’rinmaydi. TComponent sinfida quyidagi usullar va xossalar aniqlangan:
type TComponentName: String;
property Name: TcomponentName;
Komponentalar nomini aniqlaydi. Masalan, formaga Label1 yoki Edit2 larni joylashtirib ular nomini o’zgartirish mumkin.
property Tag: Longint;
Dasturchi uchun mo’ljallangan xossa. Bu xossada dastur tuzuvchi Longint turidagi biror sonni saqlashi mumkin.
property ComponentCount: Integer;
Komponentalar sonini aniqlaydi. Bu xossa faqat dastur ishlashi vaqtida va faqat o’qish uchun ruxsat etiladi.
property ComponentIndex: Integer;
Ro’yxatdan komponentalar holatini (o’rnini) aniqlaydi. Komponentalar numeri nuldan boshlanadi. Bu xossa ham faqat dastur ishlashi vaqtida va faqat o’qish uchun ruxsat etiladi.
property Components[Index: Integer]: TComponent;
Xossalar-massivi foydalanilgan komponentalar ro’yxatini aniqlaydi. Bu xossa ham faqat dastur ishlashi vaqtida va faqat o’qish uchun ruxsat etiladi.
procedure DestroyComponents;
Dinamik xotiradan komponentani o’chiradi.
procedure InsertComponent(AComponent: TComponent);
Komponentalar ro’yxati oxiriga ASomponent parametrida ko’rsatilgan komponentni qo’yadi.
procedure RemoveComponent(AComponent: TComponent);
Komponentalar ro’yxatidan ASomponent parametrida ko’rsatilgan komponentni o’chiradi.
Sinf TControl. Bu sinf o’ziga vizual bo’lgan komponentalarning ko’pgina xossalari, usullari va hodisalari (sobitiya) o’zida mujassamlashtirgan, bo’lib ular yordamida ma’lumotlarni ekranga chiqarish va klaviatura yordamida dasturga ma’lumotlarni kiritish mumkin.
Tsontrol sinfida bosh boshqarish elementi (parent controls) tushunchasi kiritilgan bo’lib, bu tushunchaning asl ma’nosi quyidagicha:
Har bir boshqarish elementi yoki qo’shimcha gruppa komponentlari formaga joylashtirilgan bo’lishi mumkin, masalan panelda (sinf TPanel). Birinchi holda bosh boshqarish elementi forma, ikkinchi holda esa gruppa elementi bo’ladi.
Tsontrol quyidagi metodlarni ishlatadi:
Function ClientToScreen(Const Point: TPoint): TPoint;
Point parametridagi berilgan lokal koordinatani nuqtaning global koordinatasi qilib qaytaradi.
Function ScreenToClient(Const Point: TPoint): TPoint;
Point parametridagi berilgan global koordinatani nuqtaning lokal koordinatasi qilib qaytaradi.
Tsontrol dastur bajarilishida boshqarish elementi tashqi ko’rinishini o’zgartish uchun yana bir necha usulllar va xossalarni ham ishlatadi.
Sinf TWinSontrol. TWinControl sinfi TControl sinfining davomchisi bo’lib, u oyna boshqarish elementlarini tashkil qilishda asos bo’lib ishlatiladi. TwinSontrol xossasini xarakterlovchilar namunasi sifatida Edit qatordan kiritish, Memo ko’pqatorli kiritish muxarriri, ListBox ro’yxat kiritish, Botton tugmasi va boshqalarni qarash mumkin. TwinSontrol ham bir qancha oyna boshqarish elementlarini tashkil qilishda ishlatiladigan xossa va usullarni o’zida mujassamlashtirgan.
1.7. Delphi forma komponentalari Forma komponentalari bu dasturni boshqarish uchun maxsus tugmachalar bo’lib uni formaga joylashtirishdan oldin bosh oynadan kerakli komponentalar palitrasi tanlanadi. Masalan, Standart (Standart) komponentalar palitrasida quyidagi piktogrammalar (tugmachalar) majmuasi mavjud:
MainMenu - dastur bosh menyusi. Komponenta murakkab iyerarxik strukturali menyu yaratish uchun xizmat qiladi.
PopupMenu - yordamchi yoki lokal menyusi. Bu menyu oynada sichqoncha o’ng tugmasini bosish bilan chiqadi.
Label - metka (belgi). Bu komponenta forma oynasiga uncha uzun bo’lmagan bir qatorli yozuvni chiqarishda ishlatiladi va uning piktogrammasi panelda “A” ko’rinishda berilgan.
Edit - kiritish qatori. Forma oynasida matnli qator kiritish va taxrirlashda ishlatiladi.
Memo - ko’pqatorli matn muxarriri. Kupqatorli matnlarni kiritish yoki chiqarishda ishlatiladi.
Button - buyruq tugmasi (Obrabotchik sobitiya OnClick). Bu komponenta dasturchi tamonidan berilgan bir necha buyruqlarni bajarishda ishlatiladi.
CheckBox - bog’liq bo’lmagan tanlash tugmasi (pereklyuchatel). Dasturda bu komponenta asosiy mantiqiy xossasi (Checked) o’zgartiriladi.
RadioButton - bog’liq bo’lgan tanlash tugmasi (pereklyuchatel). YAngi tutanlash tugmasi bosilganda, oldin tanlangan tugma avtomatik ravishda ozod etadi.
ListBox - ro’yxatdan tanlash. Ro’yxat variantlarini taqdim etadi va tanlash imkonini yaratadi.
ComboBox – kiritish qatoriga ega (kombinirovannыy) ro’yxatdan tanlash. Ro’yxatdan kombinatsiya qilib tanlash
ScrollBar - yo’lchali boshqarish. Windows oynasi chetlarida gorizontal yoki vertikal yo’lcha tashkil etadi.
GroupBox - elementlar guruhi. Ma’no bo’yicha bir necha bog’lik komponentalarni gruhlashda ishlatiladi.
RadioGroup - bog’liq guruhlangan tanlash tugmalari (o’chirib yoquvchi tugmalar). Bir necha bog’liq tanlash tugmalari xossalarini saqlaydi.
Panel - panel. Bu komponenta, xuddi GroupBoxga o’xshab bir necha komponentalarni birlashtirish uchun xizmat qiladi.
Actionlist - ta’sir qilish ro’yxatlari. Foydalanuvchi dasturga markazlashgan holda ta’sir qilishi uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |