FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Sh. A. Nazirov, M.M.Musayev va boshqalar. Delphi tilida dasturlash asoslari. Toshkent, 2007.
A.Sattorov. Ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemasi. Toshkent, 2006.
A. Faysman. Professionalnoye programmirovaniye na Turbo Paskale. 1992.
M.B.Kultin. Programmirovaniye v Turbo paskale i Delphi, Sank – Peterburge, 2002.
S.R.Kondzuba, V.I. Oromov. Delphi 6/7, Baza dannix i prilojeniya. M. – Sank – Peterburg – Kiyev, 2002.
www.Intuit.ru. Internet-Universitet informatsionnыx texnologiy. Moskva.
7. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiotining poydevori.-Toshkent. Sharq, 1997.-64b.
8. Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari.-Toshkent.: “O’zbekiston”, 1998.-528 b.
9. Aloyev R.D. Fan, texnika va ta’limda informatsion texnologiyalar. Buxoro. 2002y. 205 b.
10. Xolmatov T.X., Tayloqov N.I. Amaliy matematika va dasturlash, kompyutering dasturiy ta’minoti. Oliy o’quv yurtlari uchun o’quv qo’llanma. -T.; “Mehnat”, 2000 yil.
11. M.Aripov. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari. M.Ulug’bek nomli O’zMU.T.2001y.
12. www.edu.uz - O’liy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi portali.
13. Kasperski K. Texnika optimizatsii programm. Effektivnoye ispolzovaniye pamyati. – SPb.:BXV-Peterburg, 2003. – 464 s.
«Informatika va kommunikatsion texnologiyalar» yo‘nalishi 3 - «Sh» guruh talabasi ning “Delphi visual dasturlash muhiti va unda ishlash asoslari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
T a q r i z
Bizga informatika kursidan ma’lumki, kompyuter dasturlari asosan quyidagi 3 ta turga ajratiladi:
Tizimli dasturlar, ular kompyuterni yuklash, ishga tayyorlash, kompyuter va uning qurilmalari ishini boshqarib turuvchi dasturlardir (operatsion tizim dasturlari);
Amaliy dasturlar – foydalanuvchi bevosita o`z manfaati yo`lida foydalanadigan, ya’ni biror soha ishlarini bajaruvchi dasturlar (MS Word, MS Excel, Corel Draw, Winamp, FotoShop va h.k.);
Uskunaviy (instrumental) dasturlar, ya’ni dastur yaratadigan dasturlar, boshqacha qilib aytganda, dasturlash tillariga moslashtirilgan muhitlar.
Bularning ichida uskunaviy dasturlar alohida mavqega ega. Chunki bunday dasturlar yordamida biz xalq xo`jaligining turli sohalarida uchraydigan masalalarni yechishimiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda, o`zimizga moslab, turli amaliy dasturlar yaratish imkoniga ega bo`lamiz.
Bunday dasturlardan biri - bu Delphi visual dasturlash muhitidir. U yuqori imkoniyatga ega ekanligi, zamonaviy dasturlash muhitlariga qo`yiladigan talablarning barchasini bajara olishi bilan dasturchilar e’tiborini tortgan tizimdir. Ayniqsa bu tilning o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ba’zi yo`nalishlari o`quv rejasiga kiritilganligi bu fikrimizni yana bir bor tasdiqlaydi. Shunday ekan, bu dasturlash tilining imkoniyatlarini o`rganish, unda turli jarayonlarni (visual) dasturlash usullarini ishlab chiqish, talabalarga bunday bilimlarni berish, ularda kompyuter dasturlarini yaratish ko`nikmalarini hosil qilish, hozirgi kundagi dalzarb masalalardan biridir.
Shu maqsadda qo`yilgan Sh. Qilichovaning “Delphi visual dasturlash muhiti va unda ishlash asoslari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishida Delphi muhitida visual dasturlash yaratish texnologiyalari ochib berilgan. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, Delphi visual dasturlash muhiti va unda ishlash asoslari, Borland Delphi uskunaviy dasturi interfeysi, elementlari, oyna strukturasi, dastur loyihasi, sinflar va ob’ektlar, visual komponentalar, hodisa va uning xossalari, shuningdek, Delphi muhitida ishlash uchun zarur bo`lgan asosiy tushunchalar o`rganilgan. Muloqat oynalarini tashkil qilish va boshqa amallar mohiyati ochib berilgan. Aniq misollar olinib, ular Delphi dasturi sifatida shakllantirilgan. Ish tartib bilan va tushunarli bayon qilingan.
Ish O`zbekiston Respublikasi O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlariga qo`yilgan barcha talablariga javob beradi va Sh. Qilichovaning “Delphi visual dasturlash muhiti va unda ishlash asoslari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini himoyaga tavsiya qilish mumkin deb hisoblayman.
Taqrizchi:
Do'stlaringiz bilan baham: |