3. Tranzitivlik munosabat.
Ta’rif: Agar A to’plamning ixtiyoriy a, b va c elementlari uchun ab va bc munosabatlarning o’rinli ekanligidan ac munosabatning o’rinli ekanligi kelib chiqsa (kelib chiqmasa), u holda ga A to’plamdagi tranzitiv (tranzitivmas) munosabati deyiladi.
Masalan, R haqiqiy sonlar to’plamidagi “kichik” (“katta”) munosabati tranzitiv munosabat bo’ladi.
Endi akslantirish (funktsiya) tushunchasini o’rganaylik.
Ta’rif: A va B to’plamlar berilganda, A to’plamning har bir x elementi uchun xfy munosabatni qanoatlantiruvchi yagona yB element mavjud bo’lsa, u holda f moslikka akslantirish (funktsiya) deyiladi va u f:AB yoki y=f(x) ko’rinishlarda belgilanib A to’plam f akslantirishning aniqlanish sohasi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |