Декабрь 2020 22-қисм



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/60
Sana23.02.2022
Hajmi2,15 Mb.
#136630
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
22.Biologiya yonalishi 2 qism

Декабрь 2020 22-қисм
Тошкент
BOTANIKA fANINI O‘QITIShDA INNOvATSION MeTODLARDAN SAMARALI 
fOYDALANISh
Sanoyeva Madina Xudoyberdiyevna 
Navoiy viloyat Qiziltepa tumani 
15-umumta’lim maktabi 
biologiya fani o‘qituvchisi 
Maqolada: botanika fanini o‘qitishda qo‘llash tavsiya etiladigan texnologiyalar va ulardan 
foylanishning samaradorligi metodik tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar: audio-video, telekommunikatsiya, informatsion texnika, ekologik daqiqa
“avokado”, “mango”, Klaster metodi, “oltinchisi ortiqcha” . 
mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar kadrlar tayyorlash tizimining mukammal 
bo‘lishiga, zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalar asosida rivojlanishga 
qaratilgan. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi orqali har 
tomonlama rivojlangan shaxs - fuqaroni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Bu o‘z navbatida fan
texnika, ilg‘or integrativ texnologiyalar asosida shaxsni tarbiyalash, o‘qitish, rivojlantirish 
masalasini hal etish uchun xizmat qiladi.
Bugungi kunda ta’lim sohasida fan va texnikaning so‘nggi yutuqlari asosida ishlab chiqilgan 
audio-video, telekommunikatsiya va informatsion texnika va texnologiyalarning qo‘llanilishi 
katta ahamiyat kasb etmoqda. shuning uchun ularning didaktik imkoniyatlari bilan tanishib 
chiqish va mashg‘ulotlarda ularni qo‘llashni o‘rganish bo‘lajak o‘qituvchilar uchun, ularning 
kelajak faoliyatida katta yordam beradi.
Botanika o‘qitishda foydalaniladigan innovatsion metodlar biologik ta’lim- tarbiya jarayonining 
maqsadi va vazifalari, o‘rganiladigan mavzu mazmuniga muvofiq, o‘qituvchi tomonidan mazkur 
jarayonning samaradorligini orttirish maqsadida qo‘llaniladi. Botanika darslarida innovatsion 
metodlar va shu asosda darsda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etadigan nostandart 
testlar, mantiqan va tahliliy fikr yurituvchi topshiriq turlaridan samarali foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. dars jarayonini sifat va samaradorligini oshirishda innovatsion ta’lim muhitining 
yaratilishi va axborot texnologiyalaridan foydalanish kutilgan natijani beradi.mazkur jarayonda 
o‘qituvchi darsning bosqichlarini ketma-ketligini mukammal ishlab chiqishi, o‘qituvchining 
innovatsion faoliyati hamda o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini aniqlashni metod va 
vositalaridan unumli foydalanish talab etiladi.
Buning uchun biologiya o‘qituvchisi:
— biologiya faniga qo‘yiladigan dTs talablari, dasturlar, darslik va qo‘shimcha adabiyotlar 
tanlashi va saralashi;
— mavzu mazmuniga mos ravishda innovatsion ta’lim texnologiyasidan unumli foydalanishi;
— dars sifat va samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalardan va vosita turlaridan 
unumli foydalanishi, o‘quvchilarni nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash hamda ularni 
fanga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini kuchaytirishga oid o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishi 
talab etiladi. yuqori sinflarda botanikadan “meva” mavzusini o‘qitishda innovatsion ta’lim 
texnologiyalaridan quyidagicha foydalanish mumkin.
o‘quvchiar bilan salomlashiladi, dars boshlanib tashkiliy qism o‘tkaziladi. Bu bosqichda 
odatdagidek “ekologik daqiqa” o‘tkaziladi. o‘quvchilar o‘zlari tayyorlab kelgan ma’lumotlarni 
havola qilishadi.
o‘tgan mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilimini test savol-topshiriqlari yordamida aniqlash va 
baholash.
o‘quvchilarni hamkorlikda ta’lim texnologiyasi kichik guruhlarda ishlash metodi orqali dars 
jarayoniga tayyorlash. o‘qituvchi darsga tayyorgarlik davrida ushbu mavzu mazmunini mantiqiy 
tugallangan fikrli quyidagi qismlarga ajratadi:
1. mevalarning tuzilishi
2. mevalarning hilma-xilligi
3. mevalarning tarqalishi
har bir qism bo‘yicha o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlab o‘quv materialini o‘zlashtirish 
uchun tegishli topshiriqlarni tayyorlaydi. Topshiriqlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:


60

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish