Декабрь 2020 10-қисм



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/341
Sana31.12.2021
Hajmi3,02 Mb.
#227466
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   341
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Декабрь  2020  10-қисм
Тошкент
BOSHLANGʻICH TA’LIM KELAJAGIMIZ POYDEVORI
Sodiqova Shahnoza Yuldashaliyevna
Namangan viloyati XTB boshqarmasi 
Pop tuman XTB tasarrufidagi 52-umumta’lim maktabi
 Boshlangʻich sinf oʻqutuvchisi
Annotatsiya: maqolada mamalakatimizda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini 
oshirishda boshlang‘ich ta’limning ahamiyati to‘g‘risida fikr-mulohazalar berilgan.
Kalit so‘zlari: ta’lim tizimi, boshlan’ich ta’lim, ijodkorlik, zamonaviy ta’lim.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, 
bog‘cha  tarbiyalanuvchilari,  o‘quvchi  va  talaba  yoshlarda  zamonaviy  bilim  va  ko‘nikmalarni 
shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, 
ta’limning uzviyligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtboshimizning  “Yangi O‘zbekistonni maktab ostonasidan boshlaymiz”  degan  so‘zlariga 
mening ham fikrlarim go‘yoki, hamohangdek.
Boshlang‘ich ta’limda pedagogning asosiy vazifasi o‘quvchining ijodiy tasavvurini boyitish 
hisoblanadi. Bolalarning qobiliyati-idroki, bilish jarayoni natijasida paydo bo‘ladi. Bu esa ta’lim 
samaradorligini vujudga keltiruvchi ilg‘or uslublarga tayanishni taqazo etadi.
  Ta’lim  tarbiya  hamisha  rivojlanib,  taraqqiy  etib  boradigan  jarayondir.  Bu  jarayon  zamon 
talablari darajasidan kelib chiqib har bir pedagog oldiga katta ma’suliyat yuklashi tabiiy.
Inson  dunyoga  kelibdiki  dastlabki  yillarda  uning  hayoti  ota-onasi  qaramog‘ida  va  tarbiyasi 
ostida  kechadi,  oilada  u  yashash  uchun  zarur  bo‘lgan  ko‘nikmalarni  egallaydi.  Keyinchalik 
maktabgacha  muassasalari  va  umumta’lim  maktablarida  ta’lim  bilan  birgalikda  uzviy  xolda 
tarbiyani ham davom ettiradi. Ta’lim sifatini oshirish yosh avlod uchun juda muhim omildir.
pedagog faoliyati, avvalo ijodkorlikdir. Shunday ekan, muallim bolajonlarga sidqidildan ta’lim 
tarbiya berish, ularning kelgusida har tomonlama barkamol avlod bo‘lib yetishishlari uchun bor 
bilimi, kuch g‘ayratini safarbar etish, sohada hech kim qilmagan yangiliklarni amalga oshirish 
istagi bilan yashaydi.
Boshlang‘ich  sinf  hayotga  tayyorgarlik,  bilim  berish,  qolaversa  odob-ahloq  poydevori 
hisoblanadi va biz pedagoglar zimmasiga katta ma’suliyat yuklaydi. Maktabga ilk qadam qo‘ygan 
bolani maktab muhitiga moslashtirib olgach, uni o‘qishga, o‘qiganlarini qayta hikoya qilishga, 
hisoblash, she’rni ifodali aytish, mustaqil fikrlash va chiroyli yozishga o‘rgata boshlaymiz.
Birinchi sinfda yozuv malakalarini o‘zlashtirayotgan o‘quvchi to‘rtinchi sinfda ancha tez va 
xatosiz yozishga o‘rganadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari asosan ikkinchi va uchinchi sinflarda 
yozuvga qo‘llari ancha kelishib, imlo qoidalarini o‘zlashtirib oladi.
O‘quvchilarning  qobiliyat  va  istedodining  asosiy  sharti  ularning  faolligidir.  O‘qituvchi 
qay  darajada  mahoratli  bo‘lmasin  o‘quvchilarning  o‘zlari  faollik  ko‘rsatmasa  xech  qanday 
natijaga  erishib  bo‘lmaydi.  Chunki  o‘qituvchi  o‘qitish  jarayonida  bolalarni  boshqarib  boradi. 
O‘quvchilar esa o‘zlariga ahamiyatli va qiziqarli bo‘lgan, o‘ziga jalb eta oladigan faoliyat bilan 
shug‘ullanishni istaydi. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari, dars tartib 
intizomiga  rioya  qilish  bilan  chambarchas  bog‘liqdir.  Ayrim  hollarda  o‘quvchilarda  o‘qishni 
istamaslik,  mavzuni  eshitmay  o‘tirishlari,  darslarni  qoldirishlarini  kuzatishimiz  ham  mumkin. 
Odatda bunday o‘quvchilarni sinfdagi a’lochi o‘quvchilarga qiyoslab ularni turli chiroyli so‘zlar 
bilan maqtashimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi va dars jarayonini o‘qivchilar ongiga singdirishda 
ijobiy samara beradi. pedagoglar uchun eng yaxshi dars albatta o‘quvchilar tomonidan samarali 
o‘zlashtirilgan dars faoliyatidir. Bunday natijaga erishish o‘yinqaroqligi hali uzoqlashmagan, fikri 
tarqoq, bilim egallashni igna bilan quduq qazishdek mashaqqatlarga yelka tutgisi kelmaydigan, 
bolalarni  zeriktirmay,  dars  jarayonida  toliqtirmay  ilm  egallashlariga  ishtiyoqini  oshirish  biz 
pedagoglarning  mahoratimizga  bog‘liqdir.  Bugungi  darsni  kechagisidan  qiziqarli  va  maroqli 
qilib o‘tishga harakat qilish kerak. Ayniqsa o‘quvchilarni baholash mezonlariga alohida e’tibor 
qaratish,  o‘quvchilar  o‘rtasida  faollikka  intilish,  raqobat  muhitini  yuzaga  keltiradi.  Bu  albatta 
sinfda bilimlilar sonini oshishiga olib keladi. O‘qituvchi o‘quvchilarni dars davomida,,Barakall
a’’,,,Ofarin’’,,,Rahmat’’ so‘zlari bilan maqtab borishi o‘quvchilarning uy vazifalarini qoldirmay 
bajarishga, daftar-kitoblarini ozoda tutishga undab turuvchi kuch desak ham yanglishmaymiz.


58

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish