Декабрь 2020 10-қисм Тошкент O‘QUVCHILARNING OG‘ZAKI VA YOZMA NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Barotova Dilorom Amriyevna Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 15-maktab ona tili va adabiyot fani oily toifali o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada maktab o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini rivojlan-
tirishning dolzarbligi va bu yo‘lda foydalanish mumkin bo‘lgan texnologiyalar haqida fikr yu-
ritilgan.
Kalit so‘zlar:Zamonaviy pedogagik texnologiyalar,innovatsion yondashuv,topshiriqli dik-
tant. Til millat ma’naviyati va madaniyatining ko‘zgusidir.Yosh avlodga ona tilining bepoyon
sarhadlarini zabt etish sirlarini o‘rgatish barcha pedagog kadrlarning mas’uliyatli burchidir.
Yoshlarga ta’lim-tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o‘qituvchilarning
kasbiy mahorati,iste’dodi,tajribasi va madaniyati hozirgi zamon pedagogik texnologiyalarini
qo‘llashi,o‘quvchilarni o‘zaro faollikka olib kelishiga bogliqdir.Har bir pedagog dars o‘quv-
tarbiya jarayoning asosiy shakli ekanligini yaxshi biladi. Dars jarayonida har tomonlamarivo-
jlangan shaxsni tarbiyalashga e’tibor qaratiladi.
Hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan davr biz pedagoglarning oldigabirqancha mas’uliyatli
vazifalarni qo‘ydi.Zamon bilan hamnafas pedagogik texnologiyalar,AKT,interfaol metodlardan
foydalanish kundalik hayotiy ehtiyojimizga aylandi.pedagogik texnologiyalar asosida o‘tkazilgan
mashgulotlar o‘quvchilarni fikrlashga,o‘z nuqtai nazarini asoslashga imkoniyat yaratadi.Interfaol
usul har bir o‘quvchining faolligiga,erkin mustaqil fikr yuritishiga asoslanadi hamda o‘quvchilar
o‘qituvchi yordami va hamkorligida mustaqil ishlash ko‘nikma va malakasiga ega bo‘lishadi.
Ona tili darslarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini shakllantirish asosiy masala
hisoblanadi.Men o‘z ish tajribamda o‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish,
ularning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish maqsadida quyidagi interfaol usullardan foyda-
lanib kelmoqdaman.
“Charogon quyosh”. Bu usulda sinfdagi o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linadi.Doskaga
quyoshning dumaloq shakli chizilgan ikkita plakat osib qoyiladi.Quyosh nurlari aks etgan
tarqatmalarga savollaryozib stol ustiga terib qo‘yiladi.Savollarga to‘gri javob bergan har bir
guruh a’zosining tarqatmalari o‘zlarining quyoshiga yopishtirib qo‘yiladi va guruh quyoshining
charog‘on nur sochishiga yordam beradilar. Bu usulni qo‘llash orqali:
O‘quvchilar erkin va mustaqil fikrlashga o‘rganadi;
O‘g‘zaki nutq ko‘nikmalari rivojlanadi;
Guruh ichida hamkorlikda ishlashga o‘rganishadi;
O‘tilgan mavzular bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalari mustahkamlanadi.
“Topshiriqli diktant”usuli o‘quvchilarning yozma nutqini rivojlantirish bilan birga o‘tilgan
mavzuni qay darajada o‘zlashtirganliklarini o‘rganishga ham qaratilgan.Bu usul o‘quvchilarni
individual ishlashga,o‘tilgan mavzular yuzasidan mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.Masalan,”Gap
bo‘laklari mavzusi bo‘yicha topshiriqli diktant.
Gap bo‘laklariga _______________kiradi.
Bitta shakllangan kesimga ega bo‘lgan gap _________deyiladi.
Sodda gaplarda to‘liq shakllangan kesim ____________bo‘ladi.
Ega bilan hol ____________bog‘lanadi.
Aniqlovchilar ___________, to‘ldiruvchi esa ____________ bog‘lanadi.
8-sinflarda Matn ustida ishlash darslarida o‘quvchilarni zeriktirmaslik va mavzuni to‘la qonli
egallashlari uchun “Zakovat barabani” metodidan foydalanish mumkin.Tahlil uchun berilgan matn
electron doskada ko‘rsatiladi.Baraban ustida raqamlar yozilgan bo‘ladi.1-guruh o‘quvchisi chiqib
barabanni aylantiradi,shu raqamdagi gapni 2-guruh oquvchisi tahlil qiladi. 2-guruh oquvchisi
aylantirganda bu gapni 3-guruh oquvchisi tahlil qiladi.Shu tariqa golib guruh aniqlanadi.
“So‘zlar xazinasi”. Bu usulni ko‘proq 5-6-sinflarda so‘z turkumlarini mustahkamlash darslarida
qo‘llash maqsadga muvofiq.Bunda savatchaga har xil so‘z turkumiga oid so‘zlar yozilgan qog‘oz
parchalari joylanadi.Har bir guruhdan o‘quvchilar navbat bilan chiqib qogoz parchasiga yozilgan