Декабрь 2020 10-қисм
Тошкент
TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI VA AHAMIYATI
Eshova Sanobar Raxmonovna,
Navoiy viloyat Navbahor tuman
5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Xojiyeva Dilshoda Furqatovna,
Navoiy viloyat Navbahor tuman
5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quv jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan,
ta’limda audiomateriallardan foydalanishning ahamiyati va samaradorligi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: slaydlar, videolavhalar, audiovositalar, multimediya, elektron doska
O‘quv jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘qituvchi-
pedagoglarning tafakkur ko‘nikmalarini va murakkab vazifalarni hal qilish malakalarini
rivojlantirishning yangi yo‘llarini ochib beradi va ta’limni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni
keltirib chiqaradi. Texnika shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kunda respublikamizda o‘quv
jarayoniga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, elaktron darsliklar, multimediya
hamda elektron doskalarni keng joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Axborot texnologiyalari,
elektron darsliklar, multimediya, elektron doska orqali mashg‘ulotlarni tashkil etish darsni yanada
qiziqarli, o‘rganilayotgan materialning oson o‘zlashtirilishiga olib keladi.
O‘quvchilarga fanni o‘rgatishda axborot texnologiyalardan foydalanish darsni an’anaviy
tarzda emas, balki jahon andozalari darajasida zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish
darsda o‘quvchilarni faollashtirishga, fanga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirishga, mustaqil ishlash
ko‘nikmalarini hosil qilishga yordam beradi. Bu esa yuqori samaradorlikka ega yangiliklarni
tatbiq etish, insonning yangi yoki avvalgilaridan sifatliroq bo‘lgan ko‘rinishdagi intellektual
faoliyati, fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotining yakuniy natijasi hisoblanib, ta’lim, fan va
ishlab chiqarishning integratsiyasiga qaratilgan bo‘ladi. Ta’lim jarayonini axborot texnologiyalari
asosida rivojlantirish o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. U umumta’lim maktablarida yuzaga kelgan
ilg‘or pedagogik tajribalar, ilmiy izlanishlar, ta’limdagi vaziyatlarni o‘zgartirishga bo‘lgan davlat
ehtiyoji, ijodkor rahbar va pedagogning ta’lim xizmatlari, fan yutuqlari va yangiliklari, pedagogik
jamoaning yangicha ishlashga bo‘lgan ehtiyoji natijasi hisoblanadi.
Bundan tashqari ta’limda audiomateriallardan foydalanish ham ta’lim samaradorlini oshirishda
nihoyatda katta ahamiyatga ega. Dars jarayonida va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda slaydlar,
videolavhalar, multimediya, elektron darsliklar va qo‘llanmalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish
davr talabiga aylandi. Videolavhalar va audiomateriallar, multimediya o‘quvchiga matnni bir
yo‘la harakatlarni ko‘rish va ovozli so‘zlar, gaplar, kuy va qo‘shiqlarni eshitish orqali qabul
qilish imkonini beradi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq
etiksh, mashg‘ulotlarni tashkil etishda, darsdan tashqari mashg‘ulotlar, tadbirlarni o‘tkazishda
ko‘rsatmalilik: slaydlar, videolavhalar, audiovositalar, multimediya, elektron doskalardan
foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga harakat qiladi.
Ta’limda o‘quvchilarga o‘rgatilishi kerak bo‘lgan nutqiy mavzular asosida darslik materiallaridan
tashqari videofilmlar, audivositalar, multimediya, qolaversa, axborot kommunikatsiya
texnologiyalardan unumli foydalanishdan ko‘zlangan asosiy maqsad quyidagilar:
- ta’lim sifati va samaradorligini yuqori bosqichga ko‘tarish;
- o‘quvchilarning savodxonligini oshirish;
- o‘quvchilarda erkin fikrlash va tanqidiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish;
- o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash;
- o‘quvchilarda ma’lumotlarni mustaqil qabul qilish va tahlil qilish, mustaqil ravishda
yangi ma’lumotlar bilan boyitish ko‘nikmalarini shakllantirish;
- videolavhalar yordamida matn mazmunini his qilish voqea-hodisalar, asar qahramonlariga
munosabat bildirish, o‘zaro bahs-munozaraga kirishish;
- darslik bilan chegaralanib qolmaslik;
227
Do'stlaringiz bilan baham: |