Декабрь 2020 10-қисм Тошкент MAKTABDA TARIX DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHDA MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI Raxmonova Farida Umataliyevna Namangan viloyati Kosonsoy tumani Xalq ta’limi bo‘limi ijtimoiy fanlar metodisti Raxmonova_XTB@gmail.com Annotatsiya: ushbu tezisda tarix darslarida o‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish
uchun qo‘llaniladigan metodlar haqida so‘z yuritamiz.
Kalit so‘zlar: zamonaviy pedagogik tehnologiya, interfaol metodlar, mozaika uslubi, eyler
ven diagrammalari..
Bugungi kunda tarix fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogic tehnologiyalardan foydalanish
ta’lim sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu metodlardan foydalanishda o‘qituvchilar quyidagi
jihatlarga e’tiborlarini qaratishlari lozim: O‘quvchining yoshi, o‘quvchilarning dunyoqarashi,
ularning fikrlash doiralari….. bu faktorlar e’tiborga olinmasa o‘quvchilarda qo‘llanilgan interfaol
metodlar yoki pedagogic tehnologiyalar aks natija berishi mumkun. Ba’zi metodlardan qanday
va qay vaqtda foydalanish hususida so‘z yuritib o‘taylik: “VENN DIAGRAMMASI” bu metod
o‘quvchilarni bilimlarini qiyoslash orqali oshirishga va fikrlashga yo‘naltiradi. Bu metodni bir-
biriga bog‘liq bo‘lgan birnechta mavzuni o‘tgandan so‘ng qo‘llash juda yahshi samara beradi.
Masalan Buxoro, xiva va Qo‘qon xonliklari mavzularini o‘tilgandan so‘ng ushbu metodni
qo‘llash o‘quvchilarda olingan bilimlarni yaxshi o‘zlashtirilishiga va oldin olingan bilimlarni
qayta eslashga majbur qiladi.
Diagramada topshiriqda o‘rta osiyoda uchta xonlikning davlat boshqaruvlari haqida yozish
kerak. Bunda o‘quvchilar, ushbu uchta xonlik haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishlari talab qilinadi.
Diagrammalar kesishgan nuqtalarda o‘quvchilar bu xonliklardagi boshqaruvdagi bir hilliklarni
yozib chiqishlari kerak bo‘ladi. Uchta aylana kesishgan nuqtada esa uchala xonlik uchun ham
umumiy bo‘lgan boshqaruv tizimi joylashadi. Bu metodning eng foydali jihati o‘quvchilarda
umumiy hulosa chiqarish hususiyatini shakllantiradi. Bu metodni turli hil mavzularga qo‘llash
mumkun. Etibor beriladigan jihati o‘quvchilarni yoshini hisobga olish. Bu metod o‘quvchilarni
bilimini oshiradi. Bundan ko‘rinib turibdi o‘quvchi tarix faniga qiziqadi. Agar o‘quvchilar tarix
faniga qiziqmasa ularni qiziqtirish uchun boshqa metodlarni qo‘llash kerak bo‘ladi. Ko‘plab
o‘qituvchilar tommonidan keng qo‘llaniladigan mozaika metodi o‘quvchilarni fikrini mavzuga
qaratishga yordam beradi va ularni mustaqil ravishda ishlashlariga yordam beradi. Bu metodning
asosi mavzuga doir rasmlar olinadi va bu rasmlar listga chiqarilgan holatda bo‘laklarga bo‘linadi.
O‘quvchilar bu bo‘laklardan yaxlit holdagi rasmni tiklashlari lozim. Bu metodni qo‘llash orqali
o‘quvchi o‘zi yig‘ib chiqqan rasm haqida ma’lumot izlashidir. Bu orqali mavzuga o‘quvchilarni
etiborini jalb qilib olish ancha osonroq bo‘ladi. Bu metoddan o‘rta yoshli o‘quvchilarni darsga
va mavzuga qiziqtirsh maqsadida foydalanish mumkun. Navbatdagi metod o‘quvchilardan
kerakli atamalarni qay darajada o‘zlashtirganliklarini va mantiqiy taxliliy fikrlashlarini tekshirish
imkonini beradi. Bu metod interfaol metod hisoblanib ortiqchasini top deb ataladi.bu metodda
bir nechta so‘zlar ro‘yhati beriladi. Bu metoddan ko‘zda tutilgan maqsad o‘quvchini bir nechta