Декабрь 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINFDA DARS JARAYONINI TASHKIL QILISHNING SAMARALI
USULLARI
Ahrorova Nodira Qurbanovna
Samarqand viloyati Jomboy tumani
23-umumta’lim maktabi Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi
+998973907309
Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dars jarayonini tashkil qilishda
interfaol usullar va texnologiyalardan samarali foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritilgan.
Kalit soʻzlari: boshlangʻich ta’lim, innovatsion metodlar, pedagogik texnologiyalar
Bugungi kunda o‘quv tarbiya jarayonini zamonaviy o‘qitish usullaridan, pedagogika fanining
ilg‘or yutuqlaridan foydalanib, shaxsga yo‘naltirilgan hamda kompetensiyaviy yondashuvga
asoslangan boshlang‘ich ta’lim nazariyasini yaratish kabi vazifalar dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri – ijodiy va mantiqiy tafakkur qila olish
salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini va o‘z-o‘zini
anglash salohiyatini shakllantirishdan iborat. Jamiyat va davlatning kelajagi asosan yoshlarning
qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Sababi, yoshlar uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonida
jamiyatdagi turli ijtimoiy munosabatlarda faollashadi. Mazkur jarayonda uzluksiz ta’lim
tizimining o‘rni katta. Uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki poydevori sifatida esa boshlang‘ich
ta’lim muhim ahamiyatga ega.
Ta’lim jarayonidagi ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samaradorligini
oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir.
O‘quvchilarni fikr doirasini, dunyoqarashini o‘stirish, ularni erkin tinglovchidan, erkin
ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhim. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi, o‘quvchilar
esa ishtirokchiga aylanmog‘i lozim. Ana shu vaziyatni uddalashda innovatsiya faoliyati ko‘p
qirrali samara keltiradi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mas’uliyatlari cheksizdir. Bugungi
yangilanish, ma’naviy yuksalish davrida har tomonlama yetuk, bilimdon, ijodkor yoshlarni
tarbiyalash hozirgi kunning asosiy talablaridan biridir. Bunday mas’uliyatli va sharafli vazifalarni
hal etishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining o‘rni va xizmati kattadir.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi dars jarayonida o‘quvchilarning bir qolipga tushib qolmasligi
uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bilan
birga, multimediali ishlanmalardan samarali foydalangan holda o‘qitishning o‘yinli shakllari va
mediatexnologiyalarini qo‘llash imkonini egallagani bilan o‘zining kompetentligini namoyon
qila oladi.
Boshlang‘ich ta’lim tizimiga kirib kelayotgan yangilanishlar uning mazmunini, tuzilishini,
usullarini qayta ko‘rib chiqish, mukammallashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. Hozirgi kunda
boshlang‘ich ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan modul tizimi, reyting asosida baholash,
pedagogik texnologiyalar, test sinovlari shular jumlasidandir.
pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayonida joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun
tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi. Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib
kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchining mahorati, uning pedagogik texnologiyalarni
ta’lim jarayoniga mohirona tatbiq eta olishi, ta’limning yangi yo‘l va usullarini izlashi, ilg‘or
pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir.
Zamonaviy o‘qituvchi dars jarayonida o‘z o‘quvchilarini fanga ijodkorlik nuqtayi nazari bilan
qarashlarini tashkil qilishi, ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirishi va albatta yangi
pedagogik texnologiya usullaridan foydalangan holda darsni tashkil etishi kerak bo‘ladi. Buning
uchun esa u yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining barcha komponentlari; ta’lim
qonun-qoidalari, mazmuni, metodlari, vositalar va shakllarining o‘quvchi va o‘qituvchi aqliy
salohiyatini kuchaytirishga yo‘naltirilgan aniq maqsadlar qo‘yilishi hamda ularning to‘la
bajarilishiga kafolat beradigan, o‘ta mukammal ishlab chiqilgan texnologik tizimdir. Innovatsion
texnologiyalarning afzallik jihatlaridan biri interfaol metodlar hisoblanadi.
Hozirgi davr o‘quvchisi dunyoqarashi keng, erkin fikrlovchi voqelikka to‘g‘ri
baho bera oluvchi, o‘tkir zehnli, mustahkam irodali qisqa qilib aytganda, yuksak intellektual
15
Do'stlaringiz bilan baham: |