Декабрь 2020 10-қисм
Тошкент
O‘QUVCHILARNI CHIROYLI YOZUV TEXNIKASIGA O‘RGATISH
Kenjayeva Rizqiniso Komilovna
Navoiy viloyat Karmana tuman
32 – umumta’lim maktab
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Husnixat va uni o‘qitish metodikasi pedagogik fan. Inson o‘z fikrini boshqa kishilarga
og‘zaki va yozma shaklda yetkazishi mumkin. Nutqning bu shaklining o‘xshash va farqlash
tomonlari mavjud bo‘lib ular o‘z o‘rnida afzalliklarga ega. Og‘zaki nutq tovush chiqarib aytiladi
va eshitilish uchun mo‘ljallanadi. U kishilarning nutq jarayoni vaqtidagi aloqa vositasi bo‘lib
xizmat qiladi. Yozma nutq esa tosh, yog‘och, teri, metall, qog‘oz kabilarga ko‘rish asosida idrok
qilinadigan doimiy belgilar orqali yozib qo‘yiladi. Yozuv kishilarning o‘zaro fikr almashishi va
bilimlarni egallashning qudratli vositasi hisoblanadi. Yozma nutq avlodlarni bir-biriga bog‘laydi,
uzoq saqlanadi. Yozuv tufayli kishi fikri, insoniyat qo‘lga kiritgan bilimlar avloddan-avlodga
yetib boradi, abadiy yashaydi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni husnixatga o‘rgatish extiyoji yuqoridagi talablar
asosida yuzaga keladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni husnixat bilan yozishga o‘rgatish
metodikasi ularda aniq, chiroyli va tez yozish imkonini hosil qilishi lozim. Bu kabi vazifalarni
amalga oshirish uchun dastur mazmunini va uning talablarini o‘qitish usullarini yozuviga
o‘rgatishning gigeyenik shartlarini, o‘quvchilarning yozuvidagi individual kamchiliklarini tahlil
qilish sabablarini aniqlash va tuzatish usullarini ishlab chiqish zarur.
Demak yozuv kishi hayotida pedagogik va ijtimoiy ahamiyatga ega.
Yuqoridagi talab asosida yozishga o‘rganishi boshlang‘ich sinflardan boshlanadi. 1-4-sinf
o‘quvchilarini chiroyli yozishga o‘rgatish uchun o‘qtuvchining o‘zi husnixat bilan yozishi, shu
bilan birga o‘quvchilarni chiroyli yozishga o‘rgata olishi kerak.
Husnixat va uni o‘rgatish fani amaliy fan bo‘lib u chiroyli yozishga o‘rgatish bilan bir qatorda
o‘qitish tarbiyalash, vazifalarini bajaradi. Bunday vazifalardan biri o‘quvchilar husnixatining talab
darajasida bo‘lishidir. psixologiyada shunday yo‘nalish borkii, kishilarning qo‘ygan imzosiga,
yozuviga qarab uning qanday kishi ekanligi haqida ma`lumot bera oladi. Biz o‘qituvchilar ham
o‘quvchining yozgan yozuviga qarab u haqida yaxshi fazilatlar: tartibli,mehnatsevar, didli,
farosatli ekanligini yoki aksincha erinchoq, shoshqaloq yoki e`tiborsiz kabi yomon illatlar egasi
ekanligi haqida ham ayta olamiz. Hayotda shunday o‘quvchilar borki, barcha fanlardan yaxshi
bilsa ham yozuvda husnixat qoidalariga amal qilmaydilar. Ularga erinchoqlik, shoshqaloqlik yoki
e`tiborsizlik ustunlik qiladi. Bunday o‘quvchilarning husnixatini yaxshilash uchun avvalambor
ularni bu yomon illatdan xolos qilish kerak. Buning uchun ayniqsa, biz boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari har kuni qolaversa, har soat o‘quvchiga eslatma berib, kezi kelganda o‘quvchini
maqtab, qolgan o‘quvchilarga namuna qilib ko‘rsatib o‘ziga ishonch paydo qilishimiz zarur.
Shundagina o‘quvchi husnixatiga o‘zgartirish kirita olamiz.
Chiroyli va to‘g‘ri yozish san`atdir. Bunga erishish uchun yozuv qoidasiga rioya qilish kerak.
Yozganda to‘g‘ri o‘tirish kerak. Engashib yoki gerdayib yozish yaramaydi. Engashganda ko‘z
toliqib qoladi. Gerdayib yozganda ham ko‘zning chamalashi susayadi. Ruchkani uchta barmoq
bilan to‘g‘ri ushlash lozim. Daftar chizig‘iga rioya qilib, harflarni dona-dona qilib yozish zarur.
Shunda xat chiroyli chiqadi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarni chiroyli yozishga o‘rgatish uchun ularni maktabga kelgan
kunlaridan boshlab quyidagi vazifalarni bajarishga o‘rgatish zarur.
1. Yozuv vaqtida partada to‘g‘ri o‘tirish.
2. Yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish.
3. Daftardan to‘g‘ri foydalanish.
4. Yozma shakldagi harf va uning unsurlari bilan tanishtirish.
5. Yozma shakldagi harflar yordamida bo‘g‘in so‘z va gaplar yozish.
Husnixat malakasini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning shaklini to‘g‘ri
tasavvur qilishga, bir xil qulaylik (75 gradus) da yozishga harf unsurlarini bir biriga to‘g‘ri
bog‘lab yozishga, so‘zlarda harflarni to‘g‘ri bog‘lashga so‘zlarni qatorlarga to‘g‘ri joylashtirishga
o‘rgatish zarur.
Harflarning qiyaligini va ular orasidagi masofani to‘g‘ri saqlash, kichik va bosh harflarning
nisbatini to‘g‘ri chamalab yozishga o‘rgatish lozim.
Bu sinfda umumiy didaktik qoidalar, takroriylik, ko‘rgazmalilik, onglilik husnixat qoidalarini
202
Do'stlaringiz bilan baham: |