Декабрь 2020 10-қисм
Тошкент
INGLIZ TILI DARSLARIDA AXBOROT KOMMUNIKATSION
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH VA UNING AHAMIYATI.
Tosheva Maftuna Nurullo qizi,
Buxoro viloyati Shofirkon tumani 42-maktab,
ingliz tili fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchilar bilimini oshirishda ingliz tili darslarida axborot
kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning o‘rni va manbalari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: Axborot texnologiyasi, multimediya,kompyuter,elektron darsliklar.
“Axborot texnologiyalari asri” deb atalgan xxI asr, yangi ming yillikda axborot-
kommunikatsiya tehnalogyalari hayotimizning barcha jabhalariga jadal kirib keldi. Ta’lim sohasi
ham bu jarayondan chetda qolmadi. O‘qitishning zamonaviy interaktiv vositalari, multimediyaviy
ta’lim mahsulotlari va multimediya ilovalarining chet tillarini o‘qitishda qo‘llanilishi o‘zining
samarasini bermoqda. Multimediyaning o‘zi nima? Multimediya–interaktiv tizimli, ovoz bilan
bir qatorda, animatsion kompyuter grfikasi, video, statik tasvirlar va matn namoyishi hisoblanadi.
Ilgari darslarda slayd va magnitafon tasmalaridan foydalanilsa bu dars multimediyalik hisoblangan
bo‘lsa, xozirgi kunda bu dars multimediyalik hisoblanishi uchun unga maxsus kompyuter dastur,
proektor, video va boshqa interaktiv vositalardan foydalanishni o‘z ichiga olish kerak bo‘ladi.
Multimediya talim oluvchilar uchun eng samarali usullardan hisoblanadi.
U ta’lim jarayonini boyitib uning samaradorligini oshiradi, til o‘rganuvchilarning faolyatini
oshiradi, yangi ma’lumot olishni bir necha bor tezlashtradi. Hozirgi kunga kelib, o‘qituvchi dars
jarayonini bu kabi vositalarsiz tasavvur qila olmaydi. Dars shakli ham bu texnalogya tasirida
o‘zgarib ketadi. Ilgari dars jarayonida o‘qituvchi faol rolni o‘ynagan bo‘lsa, hozirgi kunda
o‘quvchi o‘qituvchi bilan bir qatorda hatto bazi holatlarda o‘qituvchi passiv rolni o‘ynovchi shaxs
bo‘lib hisoblanmoqda. O‘qituvchi faqat bilim beruvchi bo‘lib hisoblangan bo‘lsa, hozirda u yo‘l
ko‘rsatuvchi, yo‘nalish beruvchi kishi sifatida faolyat yurutmoqda. Multimediya darsining asosiy
vazifalariga barcha o‘quvchilarni dars jarayoniga jalb qilish, ularning tilga bo‘lgan qiziqishini
oshirish, berilgan yangi darsni o‘quvchilarga turli hil vositalar orqali chuqur singdrish va ularda
tilga bo‘lgan ko‘nikmalarini shakllantrish sanaladi. xozirgi kunda ta’lim muassasalarida xorijiy
tillar o‘quv xonalari zamonaviy axborot kommunikatsiya va o‘qitishning texnik vositalari va
anjomlari bilan jihozlanganganligi dars sifatini oshirishda, o‘quvchilarni chet tiliga bo‘lgan
qiziqishini yanada kuchaytirishda, shuning bilan birga pedogoglar ham yaratib berilgan shart
sharoitlardan unumli foydalangan holda o‘zlarining bor pedagogik kasb mahoratini ishga
solib, yangi pedagogik texnologyalarni qo‘llagan holda sifatli dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish
imkonyatiga egalar. Chet tilini o‘qitishda texnika vositalaridan foydalanishning asosiy maqsad:
* Ko‘rgazmalilikni kuchaytrish;
* Muammoli ta’limni amalga oshirish;
* O‘quvchilarni so‘zlovchining nutqini eshitishga va tushunishga o‘rgatish;
* Og‘zaki nutq tezligini o‘strish;
* O‘rganilayotgan til materyallarini hayotga bog‘lash;
* O‘quvchilarni g‘oyaviy syosiy va ahloqiy tarbyalash;
* O‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatishdan iborat.
Bugungi kunda ta’lim muassasalarimizda yangi elektron darsliklar, o‘quv va o‘quv–
uslubiy qo‘llanmalar yetarlicha. Ular o‘quvchilar savodxonligini oshirish, nutqini o‘stirish
aqliy qobiliyatini o‘stirish va rivojlantirish, mantiqiy fikrni takomillashtrish, ijodiy fikrlay
olish hamda ta’lim tizimlari orasidagi uzviylikni taminlashga qaratilmoqda. Ma’lumki ta’lim
jarayonini Kompyuterlashtirish nafaqat ta’limiy axborotlarni yaxshilash balki, yangi axborot
texnologiyalari elementlarini ham o‘zlashtirishga yordam beradi. Ayniqsa chet tillarini o‘rganishda
kompyuterlar o‘qituvchining mehnatini onsonlashtrib, dars jarayoni samaradorligini oshirishini
alohida takidlash zarur. Yaxshi multimediyali dasturlarni to‘g‘ri maqsadga yo‘nalgan bo‘lishi
kerak, chunki o‘quv materiali aniq bir mavzuni yorita olishi, dastur o‘quv jarayonining barcha
komponentlarini qamrab olishi shart. Zamonaviy texnik vositalarning ta’lim jarayoniga kirib
kelishi ta’lim jarayonini zamonaviylashtirishda katta ahamyat kasb etmoqda. O‘quvchilarni chet
tillarni zamonaviy texnik vositalar
208
Do'stlaringiz bilan baham: |