Декабрь 2020 10-қисм Тошкент amalga oshirishda juda muhimdir.
Ayniqsa, ko‘rgazmalilik chiroyli yozuv malakasini singdirishda kata ahamiyatga ega. Endigina
maktabga kelgan o‘quvchiga biror bir harfning shaklini tushuntirishda u yoki bu harfning
yozilishini, ularning bir –biriga bog‘lanishini, kichik va bosh harflarning bir –biriga nisbatini,
balandligini, qiyaligini, ruchkani ushlash va to‘g‘ri o‘tirish qoidalarini yaxshi tushuntirish lozim.
Bu davrda olingan bilim va malakalar o‘quvchilar uchun doimiy qoida bo‘lib qolishi kerak.
Chiroyli yozuv malakalarini shakllantirishda birinchi navbatda gigiyena talablariga rioya
qilish muhim. O‘quvchilarda chiroyli yozuv malakalarini hosil qilish uchun diqqat, sezgi, idrok
etish, xotira kabi psixofiziologik funksiyalar ishtirok etishini ko‘ramiz. Bu bog‘lanishlar miyada
mustahkamlanadi va saqlanib qoladi. Bu hol o‘quvchiga idrok etgan va sezgan narsalarini
xotiraga muhrlash imkonini beradi.
Bolalar maktabga qadam qo‘ymasdan oldin qo‘liga qalam olib turli shakllarni chiza boshlaydi,
ammo bu chiziqlar chiroyli yozuv talablariga to‘g‘ri kelmasa-da ulardagi ayrim malakalarning
(ruchka, qalam ushlash) shakllanishiga yordam beradi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarning barmoq mushaklari yaxshi rivozlanmaganligi uchun
ularga surunkali yozdirish, mashq qildirish yozuvning sifatiga salbiy tasir qiladi. Yozuv jarayoni
turli yozuv qurollari (ruchka, qalam, bo‘r) orqali amalga oshiriladi va qaysi yozuv qurolidan
foydalanishga qarab qo‘l harakatlari shunga moslashtiriladi. O‘quvchini chiroyli yozuvga
o‘rgatish uchun birinchi navbatda quyidagi malakalarni singdirib borish talab etiladi:
1. Yozuv qurolidan to‘g‘ri foydalanish.
2. parta ustida daftarni to‘g‘ri qo‘yish.
3. Yozayotganda gavdani to‘g‘ri tutish va tirsaklarni to‘g‘ri harakat qildirish.
4. O‘z yozuvini berilgan namuna bilan taqqoslashga o‘rgatish.
5. Bosma harflarni yozma shaklga aylantirishga o‘rgatish.
6. Harflarni bir- biriga bog‘lab yozishga o‘rgatish.
7. Harflarni bir xil balandlikda va tekis yozishga o‘rgatish.
8. Harflar qiyaligini to‘g‘ri saqlash.
Yozuv malakasi 6-7 yoshli bolalar uchun o‘qituvchi tomonidan bevosita kuzatib borilish zarur
bo‘lgan qiyin jarayondir. xuddi shu davrda o‘quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlar kelgusi
uchun muhim ahamiyatga ega deb o‘ylayman.
O‘quvchining dastlabki yozgan harf yoki usurlarini yuqori baholab uni rag‘batlantirib borish
yaxshi natija beradi. O‘quvchi ruhlanadi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi va qiyinroq harflarni
yozishdan cho‘chimaydi. Ko‘proq ularning irodasini mustahkamlashga harakat qilishimiz zarur.
Buning uchun o‘quvchilarga bemalol mustaqil bajara oladigan topshiriqlardan tez –tez berib
turish kata rol o‘ynaydi. Bu davrda bolalardagi psixologik xususiyatlarni tarbiyalash hamda
ularning fiziologik o‘sishlarini hisobga olish biz boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining muhim
vazifamizdir. Dastur talablari bo‘yicha 1-sinf o‘quvchilari “Alifbe” kitobiga ilova tariqasida
chiqarilgan “Yozuv daftari” dan foydalanishlari lozim.
“Yozuv daftari” sifatli qog‘ozdan ishlangan, silliq va chiziqlari aniq ko‘rinib turadigan bo‘lishi
lozim. Daftardagi qiya chiziqlar oralig‘i 25 mm, qiyaligi 75 gradus, kichik harflar yoziladigan
satr chizig‘i oralig‘i 5 mmga teng bo‘lishi lozim.
O‘quvchilar uchun tavsiya etiladigan ruchkaning yog‘onligi ularning qo‘l barmog‘iga mos
bo‘lib, uzunligi 130 mmdan oshmasligi lozim. O‘quvchilar yozuvining sifati ko‘p jihatdan
yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yozuv qurollariga ham bog‘liq. O‘quvchilar husnixatini yaxshilash
uchun ulardan tez -tez diktant olib turish zarur. Negaki, o‘quvchi diktant yozish jarayonida
bor diqqatini ana shu yozuvga qaratadi. Bu jarayonni savod o‘rhatish davridan (2 ta harf
o‘rgangandan keyin) boshlash yaxshi samara beradi. Diktant yozish jarayonida o‘quvchini
doimiy nazorat qilish, husnixat qoidalariga amal qilgan o‘quvchilar yozuvini maqtab, ularni
rag‘batlantirib borish, qolganlarga namuna qilib ko‘rsatich o‘quvchini ruhlantiradi va chiroyli
yozishga undaydi. Qolgan o‘quvchilar ham ularga o‘xshashga harakat qiladi.
O‘quvchilar husnixatdan tashqari imloviy xatolarga ham yo‘l qo‘yadilar. O‘quvchilar tomonidan
yozilgan diktantlarni tekshirish va baholash to‘liq oqilonalikka, obektivlikka asoslanishi kerak.
Diktant yozishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygan o‘quvchilar bilan alohida ishlash talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. “Husnixat o‘qitish metodikasi” TOSHKENT – 2006
2. “Savod o‘rgatish darslari” o‘qituvchi kitobi TOSHKENT–2012yil “Tafakkur” nashriyoti