Декабрь 2020 10-қисм
Тошкент
MAKTAB GRAMMATIKASI VA ILMIY GRAMMATIKA. GRAMMATIK TA‘RIF VA
TERMINOLOGIYA
Турсунова Гулбахор Дедашбоевна
Наманган вилояти Уйчи туманидаги
7-сонли умумий урта таьлим
мактабининг она тили ва адабиети фани укитувчиси
Annotatsiya: ushbu maqolada maktab grammatikasi va ilmiy grammatika taqqoslangan va
tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar: grammatika, grammtik ta’rif, terminologiya, dars, ot, sifat, son.
Maktabda grammatika o‘qitishning maqsadi o‘quvchilarga so‘z tuzilishi va gap qurilishi
haqidagi qonun-qoidalarni o‘rgatishdan iborat bo‘lib, u ona tili kursining bo‘limlarini (orfografiya,
punktuasiya, stilistika) o‘rgatishni ko‘zda tutadi. Bu esa fikrni to‘g‘ri, ravon, aniq ifodalash
imkonini beradi.
Grammatika o‘qitish o‘quvchining umumiy bilim doirasining kengayishiga yordam beradi.
Grammatika o‘qitish jarayonida o‘quvchining til sezgirligi oshadi. Bu holat ularda so‘z tanlash,
so‘zni o‘rnida ishlatish, gapni to‘g‘ri tuzish malakalarini hosil qiladi. Quyidagi gaplarni
taqqoslaylik: Temir yo‘lda yotibdi.
Temir yo‘lda yotibdi. (bir bosh bo‘lakli shaxsi aniq gap)
Uzoqdan uch gul ko‘targan qiz ko‘rindi.
Sharqqa Uzoq jo‘natildi.
Uzoq Sharqqa jo‘natildi.
Demak, grammatikani yaxshi bilish boshqalarning fikrini ham to‘g‘ri tushunishga, aniq
anglab olishga yordam beradi. To‘g‘ri so‘zlay olish, xatosiz yozish uchun grammatikadan olgan
bilimlarini amalda qo‘llay olmagan o‘quvchi to‘g‘ri yozish qoidalarini ham ongli o‘zlashtira
olmaydi. Hozirgi kungacha tilshunoslikning dolzarb mavzulariga doir o‘nlab yirik ishlar yuzaga
keldi. Bunga A. G‘ulomovning morfologiyaga oid, G. Abdurahmonov, M. Asqarovalarning
qo‘shma gap sintaksisiga oid va boshqa bir qator olimlarning so‘z turkumlariga oid ishlari o‘zbek
tilshunosligining katta yutuqlaridan sanaladi. Maktab dasturi va darsliklarida katta hajmdagi
hamda chuqur lingvistik xulosalarning hammasini berib bo‘lmaydi. Bu ilmiy xulosalardan
o‘quvchilar yoshiga, qabul qila olish darajasiga mos keladigan, shu bilan birga, juda katta
amaliy ahamiyat kasb etgan, hayotiy tomonlari bilan ajralib turadigan o‘rinlarini sinflar bo‘yicha
taqsimlab beriladi. Masalan: qaratkich kelishigi qo‘shimchasi orqali o‘nlab ma’nolar ifodalanadi.
Lekin maktabda uning qarashlilik yo xoslik bildirishigina o‘rgatiladi. Dastur va darsliklarida
o‘zbek tilshunosligi berayotgan ilmiy xulosalardan maktab uchun mos qoidalar, tushunchalar
kiritiladi va o‘qitiladi. Ilmiy va maktab grammatikasi orasidagi uzviy bog‘lanish va ularning
o‘ziga xos xususiyatlari mana shu o‘rinda namoyon bo‘ladi. Demak, maktabda ona tili fani
o‘zbek tilshunosligida qo‘lga kiritilgan yutuqlarga tayanadi. Ammo tilshunoslikdagi ayrim
noto‘g‘ri talqinlar darsliklarda ham o‘z ifodasini topgan.M. U kelgach, men ketdim. v- li va
v- siz to‘ldiruvchilar kabilar. Morfologiya va sintaksisni bog‘lab o‘rgatish yo‘llari. O‘zbek tili
nihoyatda so‘zga va ma’noga boy bo‘lib, so‘zlarning asl ma’nosi gap ichida ochiladi. Shuning
uchun ham ma’nodosh so‘zlar yoki qo‘shimchalarning anglangan ma’nosi hamda qaysi so‘z
turkumiga oidligi so‘z birikmasi va gap orasida tushuntirilsa, o‘quvchilar ongiga yetib boradi.
O‘zbek tilining morfologiya bo‘limida ot turkumi o‘rganiladi. Ot turkumiga oid so‘zlar
nutqimizda eng ko‘p qo‘llanadi. Bunda tovush jihatidan har xil bo‘lgan so‘zlar ot, yosh, ter,
ko‘k kabilarning bir necha ma’noda qo‘llanishi faqat gap ichidagina aniqlash mumkin. M:
Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,
Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot.
Nasixatim yod qilib ol, farzandim.
Yolg‘iz yursa, chang chiqarmas yaxshi ot.
Bu to‘rtlikdagi “ot” so‘zi “nom”, “uloqtir”, “hayvon” ma’nolarida ishlatilgan. (Bu so‘zlar
morfologik tomondan bir so‘z turkumiga oid emas.) Grammatikaning teng huquqli bo‘limlari
morfologiya bilan sintaksis doim bir-biri bilan bog‘liqdir. Mustaqil so‘z turkumlari-ot, sifat,
son, olmosh, fe’l, ravish kabilar gapda ma’lum bir sintaktik vazifani bajaradi, ular gapning
194
Do'stlaringiz bilan baham: |