Декабрь 2020 10-қисм
Тошкент
TARIX FANINI O‘QITISHDA CHET EL TAJRIBALARINI O‘RGANISH VA
FOYDALANISH
Муйдинова Шахнозахон Пайзуллаевна
Наманган вилояти Уйчи туманидаги
7-сонли умумий урта таьлим
мактабининг тарих фани укитувчиси
Annotatsiya; ushbu maqolada tarix fanini o‘qitishda chet el tajribalarini o‘rganish va
foydalanish usullari bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: tarix, tajriba, ta’lim, foyda, Germaniya, Fransiya, soha.
Shuni e’tirof etish kerakki, rivojlangan mamlakatlarda ta’lim sohasida ulkan o‘zgarishlar
sodir bo‘layotgan bir davrda bizda ta’lim mazmunini yangilash uni boshqarish yangi pedagogik
texnologiyani maktab hayotiga tatbiq etishda hamon kamchiliklar mavjud. Ta’lim-tarbiyada
samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda esa ilmiy-texnika taraqqiyoti
yangi texnalogik rivojlanishlar sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat
a’zolarini etishtirib berish yosh avlodni kasb-hunarga yo‘naltirishda davlat xizmatini hamda
o‘rta ta’limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini joriy etish ta’lim mazmunini yaxshilashda
pedagogik vositalarni qo‘llash ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo‘l ochish uni
muqim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir.
Rivojlanayotgan xorijiy davlatlarda ta’limning, mamlakat ichki siyosatiga faol ta’sir etadigan
ijtimoiy jarayon ekanligi, haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini
iqtisodiy taminlashga qaratilayotgan mablag‘ miqdori yildan yil oshib bormoqda .Yaponlarda,
masalan “maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli”gina bo‘lib qolmay, “u insonlarni yaxshilaydi”,
degan fikr ishonch timsoliga aylangan. Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tatqiqotlarni
amalga oshiradigan ko‘p sonli ilmiy muassasalar faoliyat olib boradi. Fransiya, Germanya, AQSh,
Yaponiyada ta’lim-tarbiya nazariyasi muommolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar,
universitetlar, pedagogik tatqiqot markazlari shug‘ullanmoqda. Ular faoliyatini esa xalqaro ta’lim
markazlari, masalan AQShda xalqaro ta’lim instituti muvoffiqlashtirib bormoqda. Asosiy o‘quv
dasturlariga ma’lum cheklanishlarni kiritish, alohida predmetlarni urganishni kuchaytirib, ularni
chuqur o‘zlashtiradi va o‘quvchilarni ortiqcha yukdan halos qiladi. Bu masalani ijobiy hal etishda
o‘quv kurslari integrasiyasini amalga oshirishga yordam beradi. Hozirgi paytda rivojlangan
mamlakatlar o‘quv dasturiga integrasiyalashtirilgan kurslarni kiritish to‘la amalga oshirildi.
Fransiya maktablarida ularga 6-10 foiz, Buyuk Britaniya maktablarida 15 foiz o‘quv soatlari
ajratildi. Chet el tajribalari shuni ko‘rsatdiki, ta’lim mazmunini qayta qurish ishida shoshma-
shosharlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Fikrimizcha, bu sohada samaraliroq yo‘l integrasiya va
ixtisoslashtirishga asoslangan o‘quv dasturini yaratishdir. Rivojlangan davlatlarda iqtidorli
bolalarga e’tibor tobora ortib bormoqda. Qobiliyatli bolalar bilan ishlash dasturlari AQShda
keng ko‘lamga ega keyingi davrlarda o‘z tengdoshlariga nisbatan qobiliyati bir necha barobar
ilgarilab ketgan bolalar bugun ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Bunday iqtidorli talabalar maktabi
g‘arbda 60-yillardayoq paydo bo‘lgan edi. Qobiliyatli bolalar bilan ishlash dasturi AQShda keng
rivojlangan. 70-yillarda AQShda kelajak maktabi umummilliy loyihasini amalga oshirishga
kirishildi. Bu ekspriment mazmunini o‘qituvchilarga mustaqil ishlash imkoniyatini berishdan
iborat. Fransiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida yetakchi o‘rinlardan birini
egallaydi. Uning ta’lim tizimi ham qadimiy va boy tarixga ega. Fransiya ta’limining asosiy
maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash,
bozor munosabatlarining kamoltopishini taminlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash bozor
munosabati sharoitida o‘quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o‘rgatish
va shunga xos kasbga yo‘naltirishdan iborat. Boshlang‘ich sinflardagi o‘qish ertalabki va
tushdan keyingi qismlarga bo‘linadi. Fransiyada boshlang‘ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan
11 yoshgacha bo‘lgan bolalar jalb etiladi. Fransuz maktablarida nafosat ta’limiga ham alohida
ahamiyat beriladi. Bunday ta’lim uch tartibdan iborat: musiqa, tasviriy sanat va sport. O‘quvchilar
11yoshda boshlang‘ich maktabni tugallab o‘rta maktabga o‘tadilar.
Takidlab o‘tish lozimki, Germaniyaning bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li bizning
Respublikamizdagiga o‘xshab ketadi. Jahonning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy rivojlanishiga katta
106
Do'stlaringiz bilan baham: |