Dehqonova mahliyo shuhrat qizining


Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati



Download 96,5 Kb.
bet9/9
Sana13.01.2022
Hajmi96,5 Kb.
#358370
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
xxxxx

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati taklif qilingan metodika, tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan dastur, metodik tavsiyalar oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish, o‘quv reja va dasturlarni takomillashtirishda foydalanilishi bilan izohlanadi.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati oliy ta’lim muassasasida Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tezkor hisoblash usullarini shakllantirish metodlarini takomillashtirishning tashkiliy-metodik yordamini tashkil etish asosida mazkur jarayonning pedagogik shart-sharoitlarini amalga oshirishdan iborat: oliy ta’lim tizimida foydalanilishi mumkin bo‘lgan, Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tezkor hisoblash usullarini shakllantirish metodlarini ta’minlovchi didaktik materiallar va tavsiyalar, “Tezkor hisoblash usullari” va “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tezkor hisoblash usullarini shakllantirish metodlarini takomillashtirish” maxsus kurslari dasturlari ishlab chiqilgan.



KIRISH

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘quv jarayonini qat’iy, aniq tashkil etish, ularni tirishqoqlik bilan dars tayyorlashga o‘rgatish orqali jalb qilish. O‘qituvchi bunda majburlash usulini qo‘llamaydi. Faol jalb etishda o‘quvchilarni tirishqoqlik bilan o‘qishga o‘rgatish kerak, bilimlarga qiziqish esa o‘zidan –o‘zi keladi, degan tamoyil asosan quriladi.

Ikkinchi konsepsiyaga ko‘ra, boshlang‘ich sinflarda ta’limni murakkablashtirilgan mashg‘ulotlar prinsip asosiga qurish joiz va buni bolalar bog‘chasidan boshlash zarur. Bunda darslar qiziqarli, yorqin ifoda etilishi, ko‘rgazmali qurollar va ilova materiallar, didaktik o‘yinlar bilan boyitishi lozim. Bu konsepsiya tarafdorlarining fikricha, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini dars doirasi bilan cheklanmasdan, aksincha, ularda ko‘proq yorqin tasavvurlar uyg‘otish, ochiq havoda mashg‘ulotlar o‘tqazish, har xil didaktik o‘yinlar yordami bilan darsni amalga oshirish darkor. Bu yo‘nalish vakillari o‘quvchilarda burch, majburiyat, mas’uliyat hislarini tarbiyalashni inkor etishmaydi. Biroq buni ta’limning keyingi bosqichlaridagi masala deb hisoblashadi. Bunday ta’lim natijasida ixtiyorsiz diqqat va beqaror qiziqish rivojlanadi. O‘quvchilar darslarda tashqi jihatdan faol, turli o‘yinlar, ko‘rgazmali qurollar bilan mashg‘ul bo‘lishadi. Biroq bu ularning irodasiga, intelektiga kuchli ta’sir etmaydi. U o‘quvchilarni sistemali, tashkiliy mehnatga o‘rgatmaydi, shu bois ularda burch va mas’uliyat hislarini kam rivojlantiradi. o‘quvchilarda ijodiy fikr rivojlanmaydi, ixtiyoriy diqqat va bilishga qiziqishni uyg‘onishga qulaylik yaratuvchi ichki rag‘bat yuzaga kelmaydi.

Shunday qilib, o‘quvchilar bilish faoliyatini shakllantiruvchi vositalar o‘quv jarayonidagi bilishning har bir bosqichi maqsadlarini hisobga olsagina, muayyan tizimga aylanadi va ular o‘zaro uyg‘onishganda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilish faoliyatining har bir tarkibiy qismlariga ta’sir etadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilish fa’liyatining didaktik asoslarga xos dastlabki pedagogik holatning mohiyati ana shundan iboratdir.

Ta’limning samaradorligini oshirishda o‘qituvchilar turli tuman usullardan, vositalardan foydalanadilar. Bunda o‘quvchilarni qiziqtira bilish katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar darsga qiziqish bilan qatnashsalar, turli nazariya va tushinchalar onglarida shuncha mustahkam o’rnashib qoladi, mushohada etish, ilmiy muammolarni hal etishga dadil kirishish, mustaqil izlanish qobiliyatlari shuncha kuchli rivojlanadi.

Masalaning mazmunini tushunib yetishda va masala yechimini izlash uchun asos yaratishda masala matnini qayta ifodalash vaziyatlarning berilgan ifodasini, barcha munosabatlarni, bog‘lanish va miqdoriy xarakteristikalarni saqlovchi, biroq ularni oshkor tasvirlovchi boshqa ifodasi bilan almashtirish katta yordam beradi. Bu vositadan matnni ma’noli qismlarga ajratish maqsadlarida foydalanish ayniqsa samaralidir.

Qayta ifodalanish muhim bo‘lmagan, ortiqcha ma’lumotlarni chiqarib tashlash, ayrim tushunchalar ifodasini mos atamalar bilan almashtirish va, aksincha ayrim atamalarni ularga mos tushunchalar ma’nosining ifodasi bilan almashtirish, masala matnini yechimini izlash uchun qulay bo’ladigan shaklda qayta tuzishdan iborat.

Arifmetik usullar bilan masalani yechish rejasini izlashning ancha ko‘p tarqalgan usullaridan biri, matn bo‘yicha masalani tahlil qilishdir.

Matn bo’yicha masalani tahlil qilish, masala shartidan ham, uning savollaridan ham boshlanishi mumkin bo‘lgan mulohazalar zanjiri ko’rinishida o’tkazilishi mumkin.

Masalaning shartidan savolga tamon tahlil qilishda berilganlar bo‘yicha qanday noma’lum va arifmetik amal yordamida topilishi mumkinligini aniqlash kerak. Bu noma’lumni berilgan ma’lumot deb hisoblab, yana o‘zaro bog‘langan ikkita ma’lumotni ajratish, uning yordamida topilishi mumkin bo‘lgan noma’lumni va, shuningdek, mos arifmetik amalni aniqlash kerak va hokazo. Bu jarayonning bajarilishi noma’lumni hosil qilishga olib keluvchi amalni aniqlaguncha davom ettiriladi. Matnli masalalarni arifmetik usulda yechish murakkab faoliyat bo‘lib, uning mazmuni berilgan masalaga ham, masala yechuvchining malakasiga ham bog‘liq. Shunday bo‘lsada, unda bir necha bosqichni ajratish mumkin.



  1. Masalaning mazmunini tushunib yetish va tahlil qilish.

  2. Masalaning yechish rejasini izlash va tuzish.

  3. Yechish rejasini bajarish. Masalaning talabini bajarish haqidagi xulosani ifodalash (masalaning savoliga javob berish).

  4. Yechimni tekshirish va agar xato bo‘lsa, uni tuzatish. Masalaning talabini bajarish yoki masalaning savoliga javob berish haqidagi uzil-kesil xulosani ifodalash.

Shuni ta’kidlash kerakki, masala yechish jarayonida aytib o‘tilgan bosqichlar qat’iy chegaraga ega emas va har doim ham birday to‘la bajarilmaydi. Masala yechishda birinchi bosqichning asosiy maqsadi – yechuvchining masalada ifodalanuvchi butun vaziyatini tushunishi, masalaning shartini, uning talabini yoki savolini matnda mavjud bo‘lgan barcha termin va belgilar mazmunini tushunishidan iborat.

O‘quvchilarga notanish masala topshirilsa, ba’zan ularda e’tiroz bo‘ladi. Buning sababi shuki, ular ko‘proq bir xil tipdagi masalalarni yechishga odatlanganlar. O‘quvchilar u yoki bu masalani nima maqsadda yechilganlini, undagi ma’lum va noma’lumlar orasida qanday bog‘lanish mavjudligini ongli ravishda tushunib olishlari kerak. Masalani o‘quvchilarning bilimi, mahorati va malakasining darajasiga moslashtirish lozim. Mustaqil ishlarni tekshira turib o‘qituvchi nafaqat baho qo‘yadi, balki ushbu holatda ular nimani o‘zlashtirganini, yaqin kelajakda nimani o‘zlashtirishi kerakligini hisobga oladi. Mustaqil ishni tekshirish u bajarilgandan keyin bevosita darsning o‘zida amalga oshirilishi mumkin. Bunda tekshirishni og‘zaki (yoki ayni paytda doskaga yozib) umumiy yoki tanlab bajarish ko‘zda tutiladi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, tekshirishni quyidagi tartibda amalga oshirish maqsadga muvofiq:

1) avval bilimi sayoz o‘quvchilarning ishi tekshiriladi. Bilimi kuchli va o‘rtalar masalani bajarish yechimini kuzatib boradilar.

2) so‘ngra bilimi o‘rta o‘quvchilarning masalani qanchalik to‘g‘ri bajargani tekshiriladi. A’lochilar uni nazorat qiladi, bilimi sayozlar esa o‘zlari uchun yangi bilimlarni o‘zlashtiradilar.

3) nihoyat, bilimi kuchli o‘quvchilarning ishi tekshiriladi. Uni o‘qituvchi nazorat qiladi. o‘rta va bo‘sh ko‘rsatkichlilar yangi bilimlarni o‘zlashtiradi. Mustaqil ishni darsdan keyin tekshirish va darhol uning natijasini ularga ma’lum qilish mumkin. Har bir o‘quvchining ishni bajarish xususiyatini darsning o‘zida hisobga olish imkoni yo‘q, xuddi shu bois uni darsdan keyingi tekshirish jarayonida amalga oshirish lozim. Tabaqalashtirilgan masalalarni uyga vazifa sifatida ham foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday yondashuv bilimi sayoz o‘quvchining qobiliyati rivojlanishiga imkon beradi, umumiy uquv va malakasini o‘zlashtirishga ko‘maklashadi. Tabaqalashtirilgan masala uni yanada yuqori rivojlanish darajasiga ko‘taradi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, uy toshiriqlariga tabaqalashtirilgan holda yondashuv darsdan so‘ng qo‘shimcha masala berishdan ko‘ra yaxshi natija beradi.

Uyga vazifa darsdan so‘ng qo‘shimcha masala berishdan ko‘ra yaxshi natija beradi.

Modomiki, o‘quvchi shaxsini kamol toptirish uning bilish faoliyatini shakllantirish jarayonida amalga oshirilar ekan, bu ikki, tomonni bir – biridan keskin ajratmaslik kerak, lekin bunday farqlash, bizningcha o‘quvchilarning bilish faoliyatini shakllantirish muammosini hal etishga, ancha yaqinlashishga imkon beradi.

Har bir faoliyat kabi o‘quvchilarning bilish faoliyati ham, motivatsion va operatsion xususiyatlarga ega. Birinchisi, faoliyatning motivlari mavjudligini ko‘zda tutadi. Ular faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bir qator bilim, uquvlarni shakllanganlik darajasini aniqlash ifodasidir. Xuddi shu bois bu faoliyat ikki yo‘nalishda shakllanadi:

1) faoliyat motivatsiyasini rivojlantirish va takomillashtirish, bilimni chuqurlashtirish va kengaytirish ehtiyojini shakllantiradi.

2) o‘quvchilar bilish faoliyatining operatsion tomonlarini shakllantirish, uning oqilona usullarini rivojlantirish, o‘quv materiali bilan ishlash usullarini o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatilishi, tobora murakkablashib boruvchi bilish toshiriqlarini bajarish, bilimlarini mustaqil egallash qobiliyatini tarkib toptirish va boshqalar.



O‘quvchi shaxsini shakllantirishda ikki yo‘nalishni ajratib ko’rsatish mumkin. Bular : tafakkurni rivojlantirish, takomillashtirish hamda shaxsda muayyan sifatlarni tarkib toptirish. Rivojlantirishda fikrlash o‘quvchilar bilish faoliyatining bo‘g‘ini hisoblanadi va u bir necha vositalar guruhidan tashkil topadi. Shaxsning muayyan sifatlarini shakllantirishga kelganda esa, mustaqil ishlash, tadqiqot toshiriqlarini bajarish, ijodiy fikrlash shakllari singari vositalar qo’llaniladi. Ular mustaqillikni shakllantirishga, faollikka, ijodiy yondashuvga va boshqa shaxs sifatlariga mahsus yo‘naltirilgandir. Matematika o‘qitishda bu metodlardan shundaylarini qo‘llash kerakki, u o‘quvchilarning fikrlashini faollashtirish va bu fikrlarni rivojlantirishga yordam berishi lozim.
Farg‘ona davlat universiteti

Ilmiy Kengashiga
Download 96,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish