«Dehqonobod kaliy zavodi» aj da manfaatli uchrashuv bo‘lib o‘tdi"Dehqonobod kaliy zavodi" ajda "O‘zeltexsanoat" uyushmasi tarkibidagi korxonalar bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi



Download 29,15 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi29,15 Kb.
#418887
Bog'liq
aziz kurs jumisi


«Dehqonobod kaliy zavodi» AJ da manfaatli uchrashuv bo‘lib o‘tdi“Dehqonobod kaliy zavodi” AJda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda jamiyat tomonidan foydalanilayotgan va import qilinayotgan kuchlanish kabellari va elektrotexnika vositalarini kooperatsiya orqali mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi. Muhokamalarda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi vakillari va jamiyat rahbar xodimlari ishtirok etdi.Bugungi kunda “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ elektrotexnika jihozlari va butlovchi qismlarni Rossiya, Belarus, Xitoy kabi mamlakatlardan import qilib keladi. Mutaxassislar muzokaralardan so‘ng jamiyatning tog‘-kon va qayta ishlash majmualarini ko‘zdan kechirishdi hamda u yerda importdan olib kelinadigan 100 ga yaqin elektrotexnika jihozlari va butlovchi qismlar bilan tanishishdi.Kelgusida importdan yetqazib beriladigan elektrotexnika jihozlarini “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda mahalliylashtirishga kelishib olindi.Yaqin-yaqingacha Qashqadaryo viloyatining qoloq va chekka hududi sifatida qarab kelingan Dehqonobod tumani ijtimoiy-iqtisodiy hayotida keyingi paytlarda ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohalari, ayniqsa, sanoat tarmoqlari rivojlanib, u obod hamda go‘zal hududga aylanib bormoqda.“Tepaqo‘ton” kaliyli tuzlar koni negizida “Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi” unitar korxonasining ishga tushirilgani nafaqat ushbu tuman, balki mamlakatimiz sanoatida muhim voqelik bo‘ldi. Negaki, mazkur yirik sanoat ob’ekti foydalanishga topshirilgach, yurtimizda kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish mahalliylashtirildi.Ayni paytda qariyb 2 ming nafarga yaqin ishchi-xizmatchilar mehnat qilayotgan mazkur korxonada yiliga 300 ming tonnadan oshiq kaliy o‘g‘iti tayyorlanib, uning 95 foizi eksport qilinmoqda.
— 2010 yilda zavodimizda 50 ming tonna mahsulot tayyorlangan bo‘lsa, 2018 yilning dastlabki uch oyida undan 16 ming tonna ko‘p, ya’ni 66 ming tonna mahsulot tayyorlandi, — deydi korxonaning ishlab chiqarish bo‘yicha bosh muhandisi Muxtor Hasanov. — Yil oxiriga qadar ushbu ko‘rsatkichni 314 ming tonnaga yetkazish belgilangan. Vaholonki, o‘tgan yili 280 ming tonna kaliy xlorid mahsuloti ishlab chiqarilgan edi.Prezidentimizning qishloq xo‘jaligini mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlashga doir tegishli qaroriga asosan, “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga birja savdolari asosida mineral o‘g‘it yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilib, shu asosda ichki bozor kaliy xlorid mineral o‘g‘iti bilan ta’minlanmoqda.Lekin korxona faoliyatida asosiy yo‘nalish eksportga qaratilgan. U ish boshlaganidan buyon umumiy eksport miqdori 810 ming tonnaga yetkazilgani buning yaqqol dalilidir. “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i tushirilgan mahsulotlar Singapur, Turkmaniston, Malayziya, -Xitoy, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Iroq, Ukraina, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Gruziya, Yaponiya, Hindiston, Armaniston, Turkiya, Moldova, Vetnam kabi davlatlarga yetkazib berilmoqda.Saxovatpeshalik — xalqimizga xos fazilat. Ehtiyojmand oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi jamoasida ezgu an’anaga aylangan.Gap shundaki, hudud aholisi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtojlarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlashda zavod jamoasi tashabbuskor bo‘lmoqda. Masalan, 2017 yilda 32 nafar shu toifadagi fuqaro ishga joylashtirildi. Bundan tashqari, Dehqonobod agrosanoat hamda Dehqonobod sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejlari bitiruvchilaridan 24 nafari to‘rt tomonlama shartnoma asosida zavodga ishga qabul qilindi.Bunday xayrli ishlar joriy yilda ham izchil davom ettirilmoqda. Xususan, Navro‘z bayrami kunlarida ehtiyojmand oilalar uchun 10 ta sunnat hamda 5 ta nikoh to‘yi o‘tkazib berildi. To‘ybolalarga 500 ming so‘mlik, kelin-kuyovlarga 1 million so‘mlik bank omonat kartochkalari hamda esdalik sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan ikki nafar fuqaroga maxsus aravacha olib berildi.To‘y tantanalari, aytish joizki, ishchilar shaharchasida bir qator ijtimoiy va tadbirkorlik ob’ektlarini ishga tushirishga bag‘ishlangan tadbirlarga ulanib ketdi. 40 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi, minifutbol maydoni, kutubxona va tikuvchilik sexi tuman ahliga haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi. Shuningdek, uy-joyga muhtoj 10 ta oilaga oilaviy yotoqxonalar kalitlari topshirildi.Bugun eng katta muammomiz yechimini topib, o‘z uy-joyimizga ega bo‘ldik, — deydi zavod markaziy laboratoriyasi laboranti Bibioysha Normo‘minova. — Yotoqxonamizda madaniy dam olish xonasi ham tashkil etilgan. Unda davriy nashrlar, televideniye yangiliklari bilan tanishib borish mumkin. Ikkinchi qavatida esa kutubxona xizmat ko‘rsatadi. Farzandlarimiz yangi qurilgan zamonaviy minifutbol maydonida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazadilar. Bunday sharoit va imkoniyatlar oilalarning baxtli hayot kechirib, barakali mehnat qilishi uchun muhim omil hisoblanadi.
— Prezidentimiz shu yil Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Dehqonobod tumanidagi ichimlik suvi masalasi, suv ombori qurilishi va boshqa bir qator muammolarga alohida to‘xtalib, ularni hal etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bergani bizni mamnun qildi, — deydi mehnat faxriysi Bozor Berdiyev. — Biz, keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan hurmat va ehtiromdan minnatdormiz. Mana, yaqinda tumanimizda “Nuroniylar maskani” qurilib, foydalanishga topshirildi. Oqsoqollar bu yerda dam olish bilan birga, tibbiy muolaja va maslahatlar olishi uchun zarur imkoniyatlar -mavjud.Ta’kidlash kerakki, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi tomonidan tikuvchilik sexi ishga tushirilgach, korxona ehtiyoji uchun zarur tikuvchilik-trikotaj mahsulotlarini chetdan olishga hojat qolmadi. Ular shu yerning o‘zida ishlab chiqarilmoqda.
— Seximizda, asosan, zavodning tog‘-kon va ishlab chiqarish majmualari ishchi-xizmatchilari uchun maxsus kiyimlar tikiladi, — deydi ishchi Nizomiddin o‘uzorov. — Bu yerda mehnat qilayotgan 8 nafar chevar bu bilan cheklanib qolmasdan, choyshab va yostiqlar ham tikishmoqda. Kelgusida sex faoliyatini yanada kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish niyatidamiz.
Mazkur sa’y-harakatlarning barchasi korxonada mehnat qilayotgan odamlarning ish va yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush farovonligini oshirish, boshqacha aytganda, ularni bugungi hayotidan rozi bo‘lishiga erishishga qaratilganQuyidagi suratlarda tasvirlangan g‘alati shakllar nimaning hosilasi ekanini bilasizmi? Bu suratlar kaliy o‘g‘iti ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy xomashyo — silvinit rudasi qay tarzda qazib olinishini ko‘rsatadi.Ruda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida joylashgan kaliy zavodining 300 metrdan ziyod chuqurlikdagi tog‘-kon shaxtasida qazib olinadi.«O‘zkimyosanoat» AJ tomonidan faoliyat ko‘rsatayotganiga 10 yil bo‘lgan Dehqonobod kaliy zavodiga press turda OAV xodimlari zavodning ish faoliyati hamda yer qa'rida ishlayotgan konchilar ishi bilan tanishtirildi.Ushbu zavod Hisor tog‘ tizmasi etaklarida joylashgan.Ruda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida joylashgan kaliy zavodining 300 metrdan ziyod chuqurlikdagi tog‘-kon shaxtasida qazib olinadi.«O‘zkimyosanoat» AJ tomonidan faoliyat ko‘rsatayotganiga 10 yil bo‘lgan Dehqonobod kaliy zavodiga press turda OAV xodimlari zavodning ish faoliyati hamda yer qa'rida ishlayotgan konchilar ishi bilan tanishtirildi.Ushbu zavod Hisor tog‘ tizmasi etaklarida joylashgan.Bir necha yildan buyon tog‘-kon shaxtasida kombayn mashinisti bo‘lib ishlab kelayotgan Jahongir Hamdamov shunday deydi:«Shaxtada, asosan, kombayn mashinasini geologlar ko‘rsatgan yo‘nalish doirasida harakatga keltirib, rudani kovlab olamiz. Bir kunda 8 soat ishlash jarayonida o‘rtacha 350-400 tonnagacha mahsulot qazib olmoqdamiz».«O‘zkimyosanoat» AJ matbuot kotibi Mastura Hayitova Dehqonobod kaliy zavodi ochilganidan so‘ng, O‘zbekiston jahon bo‘ylab 3 turdagi mineral o‘g‘itlar yetkazib beruvchi davlatlar qatoriga qo‘shilgani haqida aytib o‘tdi.«Mazkur zavod ochilguncha O‘zbekistonda faqat fosforli va azotli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarilardi. Endilikda, bularning qatoriga kaliy mahsuloti ham qo‘shildi», deydi u O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI DEHQONOBOD KALIY O‘G‘ITLARI ZAVODI QURILISHINI JADALLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA Tyubegatan kaliy tuzlari konini o‘zlashtirish negizida kaliy o‘g‘itlari ishlab chiqarishni tashkil etish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini raqobatbardosh mahsulot bilan ta’minlash, respublikaning eksport salohiyatini oshirish, mintaqada ishlab chiqarish infratuzilmasi va yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek yangi ishga tushirilgan Toshguzar — Boysun — Qumqo‘rg‘on temir yo‘lidan oqilona foydalanish maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “O‘zkimyosanoat” DAKning qurilayotgan Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi Direksiyasi tomonidan o‘tkazilgan tender va keyingi to‘g‘ridan to‘g‘rimuzokaralar natijalari bo‘yicha tayyor holda topshirish sharti bilan quyidagilar:qayta ishlash kompleksi qurilishiga 43,9 mln. dollar miqdorida — “SITIK” (XXR) kompaniyasi bilan;
tog‘-kon kompleksi qurilishiga 56,0 mln. dollar miqdorida — “ZUMK-Injiniring” (Rossiya) kompaniyasi bilan loyihalashtirish, qurish, asbob-uskunalar yetkazib berish va ishga tushirish-sozlash ishlari yuzasidan belgilangan tartibda shartnomalar tuzilgan hamda ro‘yxatga olingan.
2. Belgilansinki, shartnomani moliyalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: a) 41,7 mln. dollarlik qayta ishlash kompleksi qurilishi shartnomasi qiymatining 95 foizi miqdorida — yillik 2,0 foizli stavka bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatining imtiyozli kredit liniyasi doirasida ajratiladigan, 5 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 20 yil bo‘lgan, “O‘zsanoatqurilishbank” AK tomonidan qayta moliyalashtiriladigan XXR Eksimbanki mablag‘lari hisobidan;
b) 3 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 10 yil bo‘lgan, yillik 2,0 foizli stavka bilan “O‘zsanoatqurilishbank” AK tomonidan qayta moliyalashtiriladigan jami 61,994 mln. dollar miqdoridagi O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
qayta ishlash kompleksi qurilishiga 2,195 mln. dollarlik shartnoma qiymatining 5 foizi miqdorida avans to‘lovini amalga oshirish uchun;
tog‘-kon kompleksi qurilishiga 56,0 mln. dollarlik shartnoma qiymatining 100 foizi miqdorida;
2008-2009-yillarda belgilangan tartibda texnologik transport-karyer ag‘darma mashinalari xarid qilish uchun 3,8 mln. dollar miqdorida;
v) O‘zkimyosanoat” DAK huzuridagi Kimyo sanoatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan — uskunalar xarid qilish, qurilish-montaj ishlari va foizlarni, komissiyalarni hamda XXR Eksimbanki kreditlari va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi qarz mablag‘larini to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarga zavod ishga tushirilgunga qadar 19,97 mln. dollar miqdorida.
3. Belgilansinki, asosiy qarzni uzish, foizlarni to‘lash, kreditga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqa xarajatlar, Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi ishga tushirilgach o‘zining shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar:fizik og‘irlikda quvvati yiliga 200 ming tonna bo‘lgan “Tyubegatan kaliy tuzlari koni negizida Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodini qurish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
“Tyubegatan kaliy tuzlari koni negizida Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodini qurish” loyihasini amalga oshirishning tarmoqli jadvali 2-ilovaga* muvofiq;
kredit mablag‘larini to‘lashning prognoz jadvallari 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1—3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
5. “O‘zsanoatqurilishbank” AKga XXR Eksimbanki kreditini hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi qarz mablag‘larini yiliga 0,25 foizdan oshmaydigan marja bilan qayta moliyalashtirish to‘g‘risida qurilayotgan Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi Direksiyasi bilan ikki hafta muddatda kredit shartnomasini ishlab chiqish va tuzish tavsiya etilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan:
XXR Eksimbankiga — “O‘zsanoatqurilishbank” AKning to‘lov majburiyatlari bo‘yicha;
“O‘zsanoatqurilishbank” AKga — O‘zbekiston Respublikasi beradigan kafolat uchun to‘lov undirilmagan holda, XXR Eksimbanki krediti bo‘yicha qurilayotgan Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi Direksiyasi majburiyatlari bo‘yicha kafolatlar berish vakolati berilsin.
“O‘zsanoatqurilishbank” AK tomonidan XXR Eksimbanki bilan qayta ishlash kompleksi qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha yakka tartibdagi qarz bitimi tuzilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yakka tartibdagi qarz bitimida belgilangan shaklda O‘zbekiston Respublikasi kafolati bo‘yicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
7. “O‘zkimyosanoat” DAK, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, “O‘zsanoatqurilishbank” AK “ZUMK-Injiniring” va “SITIK” kompaniyalari bilan loyihaning tasdiqlangan TIA asosida, tayyor holda topshirish sharti bilan tuzilgan import shartnomalari bo‘yicha xulosalar bersin va moliyalashtirishni ochsin, keyinchalik shartnomalarning spetsifikatsiyasi taqdim etilishiga qarab, yuklarni ortishdan oldingi inspeksiyasini amalga oshirish nazarda tutilsin.
8. Quyidagilar:
2013-yilning 1-yanvarigacha — qurilayotgan Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi Direksiyasi, ishga tushirilgandan so‘ng esa Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi — hisoblangan soliqlar summasini jalb etilgan kreditlarni to‘lashga yo‘naltirgan holda, yer osti boyliklaridan foydalanish solig‘i va yer solig‘i to‘lashdan;
qurilayotgan Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi Direksiyasi, tayyor holda topshirish sharti bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq “SITIK” va “ZUMK-Injiniring” kompaniyalari tomonidan zavod qurilishi uchun olib kelinadigan tovarlar va xizmatlar — bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan;
Oldingi tahrirga qarang.XXR Eksimbanki, “SITIK” va “ZUMK-Injiniring” kompaniyalari — ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirish doirasida olingan daromadlar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lashdan 2008-yil 1-yanvardan boshlab ozod etilsin.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
9. O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi qurilayotgan Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi Direksiyasiga Tyubegatan konidan kaliy tuzlarini qazib chiqarish uchun yer bag‘ri uchastkasidan foydalanish huquqiga litsenziya bersin.
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi Tyubegatan konidan kaliy tuzlarini qazib chiqarish uchun yer bag‘ri uchastkasidan foydalanish huquqini beradigan litsenziyaga muvofiq belgilangan tartibda tog‘-kon shoxobchasini bersin.
10. 2008-yil 1-dekabrigacha, istisno tariqasida, bir vaqtning o‘zida loyihalashtirish bilan Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi obyektlari qurilishiga ruxsat etilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi qurilayotgan Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi Direksiyasiga Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi mulkini ajratilgan kredit mablag‘lar ta’minoti sifatida “O‘zsanoatqurilishbank” AKga belgilangan tartibda o‘tkazishga ruxsatnoma bersin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zkimyosanoat” DAKning talabnomalariga ko‘ra, mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning ko‘p martalik kirish vizalari konsullik va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zkimyosanoat” DAKning talabnomalariga ko‘ra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy kompaniyalar xodimlariga ko‘p martalik kirish vizalari berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tyubegatan kaliy tuzlari konini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 1-iyuldagi R-2268-son farmoyishiga 4-ilovaga* muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va E.R. Shoismatov zimmalariga yuklansin.
Dehqonobod kaliy zavodi o‘tgan o‘n yillik faoliyati davomida 30 dan ortiq xorijiy mamlakatga 300 million dollarlik kaliy o‘g‘itini eksport qilgan. Bu haqda “Daryo”ga zavod axborot xizmati xodimi Omon Hamrayev ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Dehqonobod kaliy zavodi 2010-yil avgust oyida o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, zavod ayni kunga qadar 1,5 million tonnadan ortiq kaliy xlorid sotgan. Eksport hajmining 50 foizi Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.
“2020-yilning iyun oyida Indoneziyada bo‘lib o‘tgan konkursda Dehqonobod kaliy zavodi AJ ushbu mamlakatga 70,0 ming tonna kaliyli o‘g‘itlarni eksport qilish bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Bugungi kunda mahsulotni yuklash ishlari boshlangan”, — deydi Omon Hamrayev.
Qo‘shimcha qilinishicha, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan kaliy xloridga xorijda talab ko‘paygan va zavodning eksport geografiyasi ham kengaygan. Shu yilning ikkinchi choragidan boshlab mahsulotlar Yevropa mamlakatlari – Ukraina, Latviya, Litva, Gruziya, shuningdek, Yaponiya bozoriga eksport qilinmoqda.
Деҳқонобод калий заводи” АЖ 2010 йил қурилиш ишлари ниҳоясига етгач, 19 август куни завод илк маҳсулотини ишлаб чиқарди.
Завод ўтган 10 йил мобайнида жами 2,2 млн тоннага яқин маҳсулот ишлаб чиқарди. Йил охиригача эса 350 минг тонна калий хлорид ишлаб чиқариш прогноз қилинган, деб ёзмоқда "xabar.uz".
Бундан ташқари маҳсулотларимизнинг 80 фоизи чет давлатларга сотилмоқда. Заводнинг 10 йиллик фаолияти давомида 30 ортиқ хорижий мамлакатларга 300 миллион долларлик калий ўғитини экпорт қилинди. Заводнинг ишга тушиши билан мамлакатимиз кимё саноатида янги турдаги калий хлорид минерал ўғити тўлиқ маҳаллийлаштирилди. Шунингдек, корхонада крахмал маҳсулоти ишлаб чиқариш лойиҳаси ҳам маҳаллийлаштириш Дастурига киритилиб, 2016 йилдан гуруч сечкасидан крахмал ишлаб чиқариш йўлга қўйилди. Ҳозирда суюқ парафин ишлаб чиқаришни йўлга қўйиш ва уни маҳаллийлаштирилиш бўйича ишлар олиб борилмоқда. Натижада йилига 28,0 минг АҚШ доллари миқдоридаги валюта маблағларининг четга чиқиб кетишининг олди олинади.
2010 йилда заводнинг соф фойдаси 2 миллиард 274 миллион сўмни ташкил этган бўлса, 2019 йилда 5 миллиард 575 миллион сўм даромад кўрилди. Шунингдек, 2010 йилда давлатга 1,8 миллиард сўм миқдорида солиқ тўланган бўлса, бу кўрсаткич 2015 йилда 31,4, 2019 йилда эса 46,7 миллиард сўмга етди. Шу кунгача ташкилотнинг бюджетга тўлаган солиқ ва бошқа тўловлари миқдори 291,39 миллиард сўмдан ошиб кетди.
territoriyasi arqadan qubalaga, Amiwdarya jagalarina qaray paseyip baradi. Klimati qurgaq subtropik bolip, Ozbekstannin ozinde emes, al GMDAnin en issi territoriyasi esaplanadi. Sol sebepli bul region Ozbekstannin tiykargi jinishke talshiqli paxta bazasi hamde subtropik eginler rayoni esaplanadi. Surxandarya regioni arqa ham batis tarepten tawlar menen oralganligi ushin arqadan keletugin suwiq hawa ham batistan keletugin igal hawa massalari regionga kirip kele almaydi. Sol sebepli jawin-shashin mugdari az, jilina 130-180 mm atirapinda. En kop tawlar etegine (600 mm atirapinda) tusedi. Jawin kemliginen jasalma suwgariwga iqtiyaj ulken bolip, Surxandarya, Sherabad, Amiwdarya suwlarinan unemli paydalaniwga majbur boladi. Tegislik bolimlerinde suwgarip diyxanshiliq qilinsa, taw janbawirlarinda qarizgar diyxanshiliq rawajlangan. Walayatta mineral resurslar har qiyli, asirese janilgi turlerinen - neft, gaz, taskomir, ximiyaliq shiyki zatlardan - mineral duzlar, kukirt hamde shipali mineral suwlar tabilgan. Tiykargi neft ham gaz kanleri Kukoydi, Lolmikor, Xavotaw, Ushqizil esaplanadi. Taskomir Boysun ham Shargunda, tuz kani Xojakende jaylasqan. Xalqi ham miynet resurslari. 1.01.2002-jil magliwmati boyinsha walayatta 18 mln xaliq jasaydi. Xalqi tiykarinan tabiyiy kobeyiw esabinan artip barmaqta. Bul jerde tabiyiy kobeyiw respublika (20%) ortasha korsetkishinen joqari bolip, 30% atirapinda. Xalqinin milliy quraminda 82% ozbekler, 1,5% atirapinda ruslar, 1,7% tajikler h.b. millet wakilleri bar. Xaliqtin jinsiy quraminda: erkekler - 49,9%, hayallar - 50,1%-ti quraydi. Xaliqtin tabiyiy osimi Bandixon, Altisay, Qiziriq, Jarqorgan rayonlarinda joqari, al Angor, Termiz, Sariosie rayonlarinda salistirmali biraz pas. Xalqinin tigizligi territoriyalar boyinsha tegis emes: taw aldi ham tawli regionlarda ol 1 km2 qa 5 adam, darya alablarinda 100-200 adamga tuwra keledi. Miynet resurslari menen jeterli darejede tamiyinlengen. Surxandarya walayati uliwma xalqinin 782 mini miynet resurslardan ibarat. Sonan 567 mini ekonomikaliq aktiv xaliq esaplanadi. Rasmiy esapqa alingan jumissizlar sani 800 adam. xaliqtin tek 20%-i gana qalada jasaydi.  Xojaligi. Walayat ekonomikasinda awil-xojaligi jetekshi taraw. Ol mamleketimiz qublasinda jaylasqanligi sebepli vegetatsiy dawiri bir qansha uzaq bolip, bul dawirde temperatura jiyindisi 5000-59000  ga jetedi. Bul jinishke talshiqli paxta, qant qamis siyaqli issiliqti suyiwshi osimliklerdi osiriwge qolayliq jaradi. Sonday-aq Surxan alabinda anjir, anar, piste, juzim, xurma siyaqli osimlikler kop egiledi. Walayat Respublika paxtasinin 10%-in, sonnan jinishke talshiqli paxtanin 75%-in beredi. Surxandaryanin shol ham taw jaylawlarinda sharwashiliq jaqsi rawajlangan. Walayatqa Respublikanin 9%-i iri shaqli qaramallari hamde 10%- atirapinda qoylari tuwra keledi. Sanaati. Surxandarya walayati jalpi shiyki oniminin 18,6%-in sanaat beredi. Sanaatinin tiykarin janilgi energetika, qurilis materiallari, jenil ham aziq-awqat,  farmotsevtika tarmaqlari quraydi. Mashinasazliq sanaati regionda juda pas rawajlangan bolip, tiykarinan Termiz traktor- motor remonti, Denaw awil-xojaligi mashinasazligi ham basqalardan ibarat. Janilgi energetika sanaatinin rawajlaniwi 1950-jillarda walayatta neft, gaz ham komir kanlerinin iske tusiwi natiyjesinde qaliplesti. Bul jerde neft qazip aliw kolemi aste-aqirin kobeymekte. Misali, 1995-jilda 130 min tonna atirapinda neft qazip alingan bolsa, bul korsetkish 2000-jilga kelip 143 min tonnani quradi. Komir qazip aliw da jildan-jilga artip barmaqta. 1994-jilda 150-200 min tonna atirapinda komir qazip alingan bolsa, 2000-jilga kelip bul 220-240 min tonnaga jetti. Jergilikli iqtiyaj ushin kerekli bolgan elektr quwatin Orta Aziya elektr sistemasinan alinadi. Surxandarya qurilis materiallari sanaatin rawajlandiriw ushin tabiyiy taslar, haktas, qum, gips h.b. jeterli. Sol sebepli walayattin barliq rayonlarinda sipatli gerbish islep shigariw jolga qoyilgan. Bunnan tisgari Qumqorgan, Altinsay rayonlarinda haktas shigariw, Termiz, surxan, Denaw, Qumqorgan rayonlarinda temir beton tayarlaw siyaqli sanaat karxanalari islep turipti. Iri kaliy duzi kani ham ximiyaliq shiyki zatlar tiykarinda ximiya sanaati rawajlanip kelmekte. Hazirde walayattin en rawajlangan jetekshi tarmagi paxta ham basqa awil-xojaliq onimlerin qayta isletugin jenil ham aziq-awqat esaplanadi. Sanaat onimleri  koleminin artip bariwinda duzilgen qospa karxanalar da ulken ahmiyetke iye. Walayat rayonlari sanaat onimleri kolemi boyinsha bir-birinen pariq qiladi. Misali, Jarqurgan, Shorshi, Denaw, Sherabad, Sariosie rayonlari walayatta sanaat onimlerin ondiriw boyinsha jetekshi esaplanadi. Uliwma bul regionda keleshekte ximiya, janilgi, renli metallurgiya, qurilis materiallari, jenil ham aziq-awqat sanaatin janede rawajlandiriw imkaniyatlari bar. Awil-xojaligi. Walayatta awil-xojaligi har tarepleme rawajlangan. Bul tarawda asirese suwgarma diyxanshiliq ustin turadi. Surxandaryada 272 min ga suwgariw mumkin bolgan jerler bar, sonnan 230 min gektardan artigi egiledi. Walayatta suwgariwdi jaqsilaw ushin Xazorbag, Qumqorgan, Zong, Ulken Xisar, Sherabad, Amiw-Zang mashina kanallari, Ushqizil, Degrez, Qubla Surxan suw saqlagishlari qurilgan. Walayattin Angor, Jarqorgan, Qumqorgan, Termiz, Sherabad rayonlari jinishke talshiqli paxta jetistiriwge qanigelesken. Ozbekstan garezsizlikke eriskennen son galle maydanlari keneytirilip, biyday, arpa, sali, makke, juweri koplep egilmekte. Sali tiykarinan walayattin orayliq ham qubla territoriyalarinda egiledi. Walayatta har jili ortasha 222 min tonna atirapinda dan jetistiriledi. Bul respublikada jetistiriletugin onimnin 5%-in quraydi.  Surxandaryada paliz ham ovosh eginlerin jetistiriw ushin qolay tabiyiy ham klimat sharayatlari bar. 2000-jilda walayatta 42,6 min tonna kartoshqa jetistirildi (bul respublikanin6,6%-in quraydi). Bobotaw etekleri pistezar, Uzin, Denaw, Termiz, Sariosie rayonlarinda anar hamhurma, Altinsay rayoni juzim jetistiriwge qanigelesken. Denawda subtropik, tsitrus, miywe ham osimlikler jetistiretugin oray bar. Walayat ekonomikasinda sharwashiliqta ozine tan ahmiyetke iye. Bul jerde qarakolshilik jaqsi rawajlangan. 32,1 min dana qarakol terileri jetkerilip beriledi. Qumqorgandagi «Aqqapchigoy» mamleket nasilshilik zavodi parodali qarakol qoylarin jetistiriwge qanigelesken. Bunnan tisqari walayattin tawli regioninda hasildar Gissar qoylari bagiladi; qoy ham eshkiler sani boyinsha Surxandarya Ozbekstanda 3orinda turadi. Hazirgi waqitta walayatta 100 minnan kop iri shaqli mallar bagilmaqta. Sonday-aq walayatta qusshiliq, pilleshilik ham jilqishiliq ta bar. Transporti. Transport walayat ondiriwshi kushlerinin rawajlaniwi ham jaylasiwina basli tasir korsetedi. Sirtqi ekonomikaliq baylanislarda temir jol transporti ulken ahmiyetke iye. Tashkent-Termiz temir joli ulken ahmiyetke iye. Ozbekstan oz garezsizligine eriskennen son 1995-jili 17-avgustta Ministrler Kenesi qarari menen Qashqadarya ham Surxandarya araliginda Guzar-Baysun-Qumqorgan temir joli qurilisi baslangan. Bul temir jol Surxandaryani mamleketimiz orayina shekem bolgan araliqti 120-130 km.ge qisqartadi. Walayat ishki baylanislarinda avtomobil transporti jetekshi orinda turadi. Termiz barliq rayon oraylari menen avtomobil jollari arqali baylanisqan. Walayatta sonday - aq suw transporti da biraz rawajlangan. Qubir transporti da rawajlanbaqta. Termiz aeroporti xaliq-araliq aeroport atamasina iye. Bul jerden koplep sirt ellerge hawa jollari otkizilgen. Sirtqi ekonomikaliq baylanislar. Surxandarya walayatinda sirtqi ekonomikaliq iskerligin rawajlandiriw ushin barliq tabiyiy ham ekonomikaliq faktorlar jeterli. Sol sebepli walayatta Indiya, Yugoslaviya, Tajikstan ham basqa mamleketler menen qospa karxanalar qurilgan. Sirtqi sawda aylanisi 2000 - jilda 146,7 mln AQSh dollarin quraydi. Usinnan eksport kolemi 129,3 mln AQSh dollari (88,1%), qalgani import. Eksport onimleri turine paxta talshigi, qarakol terisi, aziq-awqat, farmotsevtika h.b. kiredi. 
II.2. Qashqadarya walayati Walayat 1943-jil 20-yanvarda duzilgen. Onin quramina hazirgi waqitta 14 awilliq rayonlari (Baxariston, Diyxanabad, Kosbi, Kitap, Koson, Mubarak, Ilshon, Usmon Yusupov, Chiroqchi, Shaxrisabz, Yakkabag, Qamashi, Qarshi ham Guzar) kiredi. Maydani 28,6 min km2 bolip, ol ekonomikaliq rayon territoriyasinin 58,7, Ozbekstan Respublikasinin 6,4%-ne barabar. Xalqi 2002-jil magliwmatlarina qaray 2254 min adam. Walayatta mamleket xalqinin 9,0%-i, ekonomikaliq rayonnin bolsa 55,5%-i jasaydi. Administrativ orayi - Qarshi qalasi (205 min). Qashqadarya walayati respublika miynettin bolistiriliwinde en aweli neft ham tabiyiy gaz qazip aliw, gaz-ximiya, jenil sanaat tarmaqlari hamde paxta, galle, sharwa mallarin jetistiriw menen ajiralip turadi. Onin ulesine Ozbekstannin 6,4% jalpi ishki onimi, 8,3% canaat ham 7,2% awil-xojaliq onimleri tuwra keledi. Geografiyaliq orni, tabiyiy bayliqlari. Qashqadarya walayati mamlekettin qublasinda jaylasqan, ol arqa-batista Buxara, arqada Samarqand, qubla ham qubla-shigista Surxandarya walayatlari menen shegaralas. Geosiyasiy orni batis ham qubla-batista Turkmenistan menen tuwra keledi. Jer usti duzilisi bir qansha quramali, onin shama menen yariminan kobiregi tegislik ham onsha balent bolmagan tobeliklerden (250-500 m) ibarat. Ulken maydanga iye Qarshi sholi de bul jerde jaylasqan. Walayat arqa-shigis, shigis ham qubla-shigisinda Zarafshan ham Xisar dizbekleri, Chaqchar tawlari koterilip jatir. Walayat relefinin bunday har qiyliligi ozine tan tabiyiy bayliqlarga iyeligin tiykarlap beredi ham ishki territorial miynettin bolistiriliwi, klimat sharayatlarinin qaliplesiwine sebep boladi. Qashqadaryanin tomengi bolimi ulken awil-xojaligi ushin paydalaniwga qolayli jer maydanlarina iye. Sonin menen birge bul jer respublika tabiyiy gaz ham neft zapaslarina bay esaplanadi. Kokdomalaq, Mubarek, Pomuk siyaqli iri neft-gaz kanleri bar.  Деҳқонобод калий заводи” АЖ 2010 йил қурилиш ишлари ниҳоясига етгач, 19 август куни завод илк маҳсулотини ишлаб чиқарди.Завод ўтган 10 йил мобайнида жами 2,2 млн тоннага яқин маҳсулот ишлаб чиқарди. Йил охиригача эса 350 минг тонна калий хлорид ишлаб чиқариш прогноз қилинган, деб ёзмоқда "xabar.uz".Бундан ташқари маҳсулотларимизнинг 80 фоизи чет давлатларга сотилмоқда. Заводнинг 10 йиллик фаолияти давомида 30 ортиқ хорижий мамлакатларга 300 миллион долларлик калий ўғитини экпорт қилинди. Заводнинг ишга тушиши билан мамлакатимиз кимё саноатида янги турдаги калий хлорид минерал ўғити тўлиқ маҳаллийлаштирилди. Шунингдек, корхонада крахмал маҳсулоти ишлаб чиқариш лойиҳаси ҳам маҳаллийлаштириш Дастурига киритилиб, 2016 йилдан гуруч сечкасидан крахмал ишлаб чиқариш йўлга қўйилди. Ҳозирда суюқ парафин ишлаб чиқаришни йўлга қўйиш ва уни маҳаллийлаштирилиш бўйича ишлар олиб борилмоқда. Натижада йилига 28,0 минг АҚШ доллари миқдоридаги валюта маблағларининг четга чиқиб кетишининг олди олинади.2010 йилда заводнинг соф фойдаси 2 миллиард 274 миллион сўмни ташкил этган бўлса, 2019 йилда 5 миллиард 575 миллион сўм даромад кўрилди. Шунингдек, 2010 йилда давлатга 1,8 миллиард сўм миқдорида солиқ тўланган бўлса, бу кўрсаткич 2015 йилда 31,4, 2019 йилда эса 46,7 миллиард сўмга етди. Шу кунгача ташкилотнинг бюджетга тўлаган солиқ ва бошқа тўловлари миқдори 291,39 миллиард сўмдан ошиб кетди.
Qashqadaryo viloyatidagi “Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi” unitar korxonasi kelgusida yiliga 10 ming tonna kaliy gidrooksidi ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi” unitar korxonasi bosh muhandisi Rahmat O‘sarov ma'lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda mazkur loyihani amalga oshirish ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda.
“Bugungi kunda Rossiyaning “ZUMK-Injiniring” kompaniyasi bilan hamkorlikda yillik quvvati 1 million 400 ming tonna ruda bo‘lgan tog‘-kon kompleksi, shuningdek, tashqi elektr ta'minoti obektlari, tirgovuchlar o‘rtasidagi masofasiga ko‘ra dunyoda yagona sanalayotgan (qariyb 30 kilometr) osma arqon yo‘lini qurish ishlari davom ettirilmoqda. Mazkur loyihani ishga tushirish kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish yillik hajmini 600 ming tonnagacha, ruda qazib olish miqdorini esa 2 million 100 tonnagacha oshirishga imkon beradi”, – deya O‘sarov so‘zidan iqtibos keltiradi O‘zA.U, shuningdek, muassasa o‘tgan 5 yil davomida 900 ming tonnadan ziyod birinchi navli kaliy xlorid ishlab chiqarib, mazkur mahsulotning 600 ming tonnasini xorijga eksport qilganini ta'kidlab o‘tdi.“Ayni paytda o‘g‘itlar Xitoy, Malayziya, Singapur, Birlashgan arab amirliklari, Vetnam, Armaniston, Moldova, Turkiya, Angola, Ukraina va boshqa bir qator mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Ishlab chiqarish jarayonida paydo bo‘luvchi chiqindilarni qayta ishlab, ulardan texnik tuzlar olish yo‘lga qo‘yildi. Kelgusida bu milliy korxonalarning texnik tuzlarga bo‘lgan talabini to‘liq qoplashga imkon tug‘diradi”, – deya qo‘shimcha qildi bosh muhandis.Ma'lumot o‘rnida, kaliy gidrooksidi rangsiz nam shimuvchi kristall modda bo‘lib, suv bilan kuchli ishqoriy reaksiyaga kirishadi. Undan oziq-ovqat sanoatida E525 ozuqaviy qo‘shimchasini ishlab chiqarish, xalq xo‘jaligida suyuq sovun va boshqa ko‘plab kaliyli birikmalarni olishda, sanoatda zanglamas temir (nerjaveyka) mahsulotlari tozalash, ishqorli (alkinli) batareykalarda elektrolit o‘rnida qo‘llash, metan gazini olishda, kislota gazlarini shimdirish va boshqa ko‘plab maqsadlarda qo‘llaniladi.Ma'lumotlarga ko‘ra, jahon bozorida ushbu moddaning yillik hajmi 2,06 million tonna bo‘lib, O‘zbekiston AQSh, Kanada, Janubiy Koreya, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari qatorida eng yirik eksportyorlardan hisoblanadi.O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida joylashgan “Tepaqo‘ton” kaliy tuzlari koniga press-tur tashkil etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov xabar berdi.
Jurnalistlar 320 metr chuqurlikdan “Tepaqo‘ton” kaliyli tuzlar tog‘-kon majmuasi ruda qazib chiqarish bilan tanishdi. Undan so‘ng mahsulot ishlab chiqarish va qadoqlash jarayoni ko‘zdan kechirildi.Ma’lumot uchun, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJning tog‘-kon majmuasi qurilishi 2008-yilda “Tepaqo‘ton” kaliy tuzlari konini ochish va tayyorlash ishlaridan boshlangan va dastlab kon ishlarini olib borish uchun №1 va №2 qiya stvollar ochilib, ruda qazib chiqarish ishlari amalga oshirish uchun panellar tayyorlangan.“Tepaqo‘ton” konida panelli qazib olish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2010-yil aprel—may oylaridan silvinit rudasini qazib chiqarish amalga oshirib kelinmoqda. Korxonaning ishga tushishi bilan mamlakatimiz kimyo sanoatida yangi turdagi kaliy xlorid mineral o‘g‘iti to‘liq mahalliylashtirildi.Bugungi kunga kelib korxona faoliyat boshlaganidan buyon eksport qilingan mahsulotning umumiy miqdori 1,6 million tonnaga yetgan. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan kaliy xlorid mineral o‘g‘iti Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston, Eron, Iroq, Birlashgan Arab Amirliklari, Vyetnam, Singapur, Malayziya, Shri-Lanka, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Turkiya, Moldaviya, Ukraina va Afrika davlatlariga eksport qilinmoqda.Jamiyatning ishga tushirilishi bilan O‘zbekiston jahonda kaliy o‘g‘iti ishlab chiqaruvchi o‘n oltinchi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida esa uchinchi mamlakat hisoblanadi. Ayni paytda barcha turdagi mineral o‘g‘itlar, ya’ni azot, fosfor, kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarilmoqda.Shuningdek, tadbir doirasida “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisi korxonada faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashdi. Jamiyat tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning 9 ming nafaridan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi.Kaliy yer qobig`i massasining 2,5 % ni tashkil etadi. Tarkibida kaliy tutuvchi yuzlab minerallar ma’lum silvin KCl , karnalit KCl · MgCl2 · 6 H2O, silvinit NaCl ·KCl , kainit KCl · MgSO4 ·3H2O va boshqalar shular jumlasidandir. Uning eng keng tarqalgan minerali ortaklozdir K2O · Al2O3 ·6SiO2 bu mineral yer qobig`i massasining 18% ni tashkil etadi. Ortakloz suv bilan kuchsiz reaksiyaga kirishsa ham, kaliyning ko`p qismi tupuroqqa ortaklozdan o`tadi. Ortaklozning tabiiy suvlar, karbonat angidirid ta’sirida kimyoviy parchalanishi natijasida potash hosil bo`ladi u suvda yaxshi eriganligi uchun o`simliklar uni yaxshi o`zlashtiradi.
Ko`pgina kaliy tuzlari suvda oson eriyd. Shu tufayli tuproqdan ko`piroq yuviladi (shuningdek uning bir qismi tuproqdan hosilga o`tib ketadi) shuning uchun dalalarga kaliy o`g`itidan ko`piroq solishga to`g`ri keladi. Tabiatda ortakloz va boshqa kaliy tuzlari ko`p bo`lishiga qaramay ular doim kimyoviy parchalanib turadi.
O`g`itlar sifatining muhim ko`rsatkichi bo`lib, undagi o`simlik uchun foydali ta`sir etuvchi moddalarning miqdori hisoblanadi. Asosiy ta`sir etuvchi moddalar bo`lib, azot, fosfor va kaliy birikmalari hisoblanadi . Ularning o`g`itlardagi miqdori elementar azot, fosfor ( V ) – oksidi ( P2O5 ) va kaliy oksidiga ( K2O ) nisbatan hisoblab o`lchanadi.
O`simlik tarkibiga 70 dan ortiq kimyoviy elementlar kiradi , lekin ularning 16 tasi hayot faoliyati uchun juda muhimdir. Chunonchi shunday elementlar qatoriga organagen deb ataluvchi: uglerod , kislorod , vodorod va azot elementlari kiradi. Bundan tashqari shu qator elementlariga fosfor, kaliy , kalsiy , magniy va oltingugurt, bundan tashqari bor , molibden , mis , rux , kobalt , yod , marganes , temir kabi mikroelementlar kiradi. Har bir element o`simlikda o`z funksiyasini bajaradi va shuning uchun bir elementni ikkinchi element bilan almashtirib bo`lmaydi . Kaliy elementi yetishmay qolsa , o`simlikning o`sishi sekinlashadi , barglari sarg`ayadi , mevasining shirinligi kamayadi , urug`i esa puch bo`lib qoladi . Odatda kaliy o`g`itlari sifatida tabiiy kaliy tuzlari yoki kimyoviy ishlash natijasida olingan tuzlar qo`llaniladi. Ularga silvinit ( KCl · NaCl ), kaliy xlorid KCl, Kaliy sulfat ( K2SO4 ) kiradi . Kaliy sulfat yuqoridagi uchta kaliyli o`gitlar ichida eng qimmatidir . Ba’zi o`simliklarga ortiqcha xlor ioni Clˉ zararli bo`lgani uchun kaliy sulfat ishlab chiqariladi va o`g`it sifatida qo`llaniladi . Tarkibida KCl bo`lgan o`g`itlar odatda tuproqqa kuzda sepiladi , chunki kuzgi yomg`ir va erigan qor suvlari xlor ionining bir qismini yuvib ketadi , kaliy ionlari esa tuproqda ushlanib qoladi .
Kaliy o`simlikning uglevod va oqsil almashinuvida eng muhum fizologik rol o`ynaydi , azotning ammiyakli formada o`zlashtirilish sharoitini yaxshilaydi . O`simlikni kaliyli oziqlantirish – o`simlikning alohida organlarini rivojlantirishi uchun kuchli omil hisoblanadi . Kaliy hujayra vakuolasida shakar to`planishiga imkon yaratadi , bu esa o`simlikning qishga chidamliligini oshiradi , tomir tarmoqlarini rivojlanishini , hujayralarining qalinlashishiga imkon beradi. Kaliyning ortiqchasi hosilning ko`payishiga olib keladi .
Shu nuqtai nazardan olganda mineral o`g`itlarni jumladan kaliyli o`g`itlarni ko`plab miqdorda ishlab chiqarish ularning assortimentini yanada kengaytirish ayniqsa kaliyli o`g`itlarni ishlab chiqarishi jaroyonida kaliy tuzlarini mineral eritmalardan yetarli darajada ajratib olishga erishish tegishli sanoat korxonlari hamda ilmiy tadqiqot ishlarining markazida bo`lmog`i kerak .
Mavzuning dolzarbligi . Qishloq xo`jalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun mineral o`g`itlarning ahamiyati juda katta . O`simliklarning normal hayot kechirishi uchun uglerod , vodorod , kislorod , azot , fosfor , kaliy , kalsiy , magniy , temir kabi elementlar zarur . Ayniqsa ushbu elementlardan azot , fosfor va kaliyning ahamiyati juda muhumdir . O`simliklarning kimyoviy tarkibi tahlil qilinganda kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi 70 ga yaqin element mavjud ekanligi aniqlangan . Ularning ayrimlari o`simliklar uchun ko`piroq , ayrimlari esa ozroq miqdorda talab etiladi . O`simliklar uchun ko`piroq miqdorda talab etiladigan elementlar makroelementlar , oziroq miqdorda kerak bo`ladigan elementlar esa mikroelementlar deb ataladi. Makroelementlarga esa uglerod , kislorod , vodorod , azot , fosfor , oltingugurt , magniy , kaliy va kalsiylarni , mikroelementlarga esa temir , marganes , bor , mis , rux , molibden va koboltlarni kiritish mumkun . Azot , fosfor va kaliy elementlari o`simliklar uchun muhum ahamiyatga ega bo`lib , ko‘p miqdorda kerak bo`ladi . Shuning uchun bu elementlarni o`simliklar o`zlashtira oladigan moddalar ko`rinishida ko`piroq ishlab chiqarish zarur.
O`simliklarda azot yetishmaganda o`sishi kechikadi , bargi och – yashil bo’lib qoladi hatto sarg`ayib ketadi. Fotosintez jarayoni buziladi. Bu o`simliklarning hosildorligini keskin kamaytiradi. Fosfor o`simliklar hayotida zarur bo`lgan oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadigan moddalar tarkibiga kirib o`simlikning o`sishi rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Kaliy o`simlikda sodir bo`ladigan fotosintez jarayonini uglevodlar to`qnashishini jadallashtiradi, o`simlik poyasini mustahkamlaydi.
Kaliyning yetishmasligi uning sifatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Kaliy yetishmaganda o`simlik zamburug` kasalligiga tezda chalinadi. Kaliyning ortiqchasi hosilning ko`payishiga olib keladi.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki kaliyli o`g`itlar o`simlik hayotida nihoyatda muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun ham kaliyli o`g`itlarni ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish shu kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.
Bitiruv malaka ishining maqsadi va vazifalari.Kaliy elementi o`simliklarning hosildorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun kaliyning KCl, KNO3 kabi birikmalari qishloq xo`jaligida mineral o`g`it sifatida ishlatiladi. Kaliyli o`g`it tarkibidagi oziqa elementi K2O bo`lib u tozalanmagan kaliyli o`g`itlar, silvinit-KCl · NaCl kainit MgSO4 ·KCl ·3H2O, kabilar tarkibiga kiradi. Silvinit va kainit talqon holigacha maydalanib mineral o`g`it sifatida foydalaniladi. Bu o`g`itlarni ishlatishda o`simlik uchun zararli bo`lgan xlor ioni ham ajrab chiqishini hisobga olish zarur. Shuning uchun bu o`g`itlardan meyoridan ortiqcha foydalanish tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari konsentrlangan kaliyli o`g`itlar ham movjut bo`lib, bu o`g`itlar kaliyning tabiiy birikmalarini qayta ishlash yo`li bilan oziqa elementlari boyitilgan bo`ladi. Kaliyxlorid tarkibida 52 - 60 % K2O ozuqa elementi bo`ladi. Kaliy xlorid mineral o`g`itini olish uchun silvinit avval maydalanib, so`ngra boyitiladi. Buning uchun KCl va NaCl ni eruvchanligi turlicha ekanligidan foydalaniladi. Silvinitdan kaliy xloridni flotatsiya usulida ajratib olish muhim usullardan biri hisoblanadi. Flotatsiya jarayonida boyitiladigan ruda bo`tqasi orqali havo pufakchalari yuboriladi. Namlanmaydigan mineral zarrachalari pufakchalarga yopishib yuzaga qalqib chiqadi va minerallashgan ko`pik ko`rinishida chiqarib tashlanadi, namlanadigan zarrachalar esa pulpa tubiga cho`kadi. Shu yo`l bilan ruda tarkibiga kiruvchi minerallarni flotatsiya usulida ajratish amalga oshiriladi.
Faqat ba`zi minerallargina tabiiy yomon namlanish xususiyatiga ega ularga oltingugurt, grafit, ozokerit, bor kislotasi, molibdenit va boshqalardir. Qayd etilgan minerallar tabiiy flotatsiyalanish xususiyatiga ega.
Ammo ko`pchilik minerallar suv ta`sirida yaxshi namlanadi, shuning uchun tabiiy rudalarni boyitishda flotatsiya reagentlaridan foydalanishga to`g`ri keladi. Kaliyli minerallarni flotatsiya usulida boyitish ham flotatsiya reagentlari yordamida amalga oshiriladi. Flotoreagentlar ham organik birikmalardan iborat bo`lib ularning molekulalari geteropolyar struktura xususiyatiga ega bo`ladi. Ular anion va kation yig`uvchilarga bo`linadi. Anion yig`uvchilarga yog` kislotalar ularning sovunlari, alkilserefatlar va boshqalar kiradi. Kation yig`uvchilarga uglerod atomi 7 dan 20 tagacha bo`lgan birlamchi aminlar va boshqalar kiradi. Yig`uvchilarning ba`zi birlari bir vaqtning o`zida ko`pik hosil qiluvchi ham hisoblanadi.
Kaliy xlorid tuzini flotatsiya usulida ajratib olingandan so`ng hosil bo`lgan eritma tarkibi minerallarga boy bo`ladi. Ushbu bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi ana shu mineral eritma tarkibidagi kaliy xlorid hamda kaliy sulfat tuzlarining miqdorini aniqlash va ularni yana ishlab chiqarishga qaytarish to`g`risida tegishli tavsiyalar berishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiyligi.
Kaliyli birikmalarning tabiiy manbalari tabiatda ko`plab miqdorda uchraydi. Bunday minerallarga silvin-KCl , silvinit-KCl · NaCl , karnalit - KCl · MgCl2 · 6H2O , kainit-KCl · MgSO4 · 3H2O , shenit-K2SO4 · MgSO4 · 6H2O , langbeynit -K2SO4 · 2MgSO4 va boshqalar kiradi. Kaliy xlorid tuzini olish uchun asosiy xomashyo bo`lib silvinit minerali hisoblanadi.
Tyubegatan kaliy koni ish maydoni Gaurdak oltingugurt kombinatidan 35 km shimoliy sharqda va Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani markazidan 50 km janubiy-sharqda Kitob bekatidan 150 km masofada janubiy-sharqda joylashgan.
Tyubekatan tuzilmasi uchta burmadan tashkil topgan: Kursantosh, qorachagat va aynan assimetrik tuzilishli Tyubegatandan. Konning shimoliy-g`arbiy qismida yuzaga ohaktoshlar chiqadi ularda gips-angidirit qatlamlari yotadi. Yuqorida kaliy tuzlarining uch qatlamini o`z ichiga olgan galogen qatlami ( 300 - 350 m ) yotadi.Kaliy xlorid tuzi silvinitdan flotatsiya usulida ajratib olinadi. Flotatsiya bu foydali qazilma boyliklarini boyitishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Flotatsiya tabiiy minerallarining suv bilan har xil darajada namlanishiga asoslangan. Ma`lumki modda zarrachalari o`zining suv bilan namlanishiga qarab ikki xil guruhga, ya`ni gidrofil (suv bilan namlanadigan) hamda gidrofob (suv bilan namlanmaydigan) zarrachalarga bo`linadi.
Flotatsiya jarayonini tezlatishda flotoreagentlardan ham foydalaniladi. Flotoreagentlar silvinit mineralidan kaliy xlorid tuzini ajratib olishda keng qo`llaniladi. Flotoreagentlar ham organik birikmalardan iborat bo`lib, ularning molekulalari geteropolyar struktura xususiyatiga ega. Ularning bu xususiyatlaridan mineral tuzlarni jumladan kaliy xlorid tuzini ajratib olishda foydalaniladi.
Kaliy xlorid tuzini flotatsion usulda ajratib olinishi natijasida hosil bo`ladigan mineral eritmalar tarkibi har xil tuzlar aralashmasidan iborat bo`ladi. Ana shunday eritmalar tarkibini o`rganish, chiqindiga chiqarib yubormaslik yo`llarini qidirib topish hamda ulardan kelgusida foydalanishni choratadbirlarini ishlab chiqish ushbu bitiruv malaka ishining ilmiy asosini tashkil etadi.Войти|Регистрация
O'zbekistonda yiliga 10 ming tonna kaliy gidrooksidi ishlab chiqariladi!Qashqadaryo viloyatidagi “Dehqonobod kaliy o'g'itlari zavodi” unitar korxonasi kelgusida yiliga 10 ming tonna kaliy gidrooksidi ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Dehqonobod kaliy o'g'itlari zavodi” unitar korxonasi bosh muhandisi Rahmat O'sarov ma'lum qildi.
Uning so'zlariga ko'ra, ayni paytda mazkur loyihani amalga oshirish ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda. Bugungi kunda Rossiyaning “ZUMK-Injiniring” kompaniyasi bilan hamkorlikda yillik quvvati 1 million 400 ming tonna ruda bo'lgan tog'-kon kompleksi, shuningdek, tashqi elektr ta'minoti ob'ektlari, tirgovuchlar o'rtasidagi masofasiga ko'ra dunyoda yagona sanalayotgan (qariyb 30 kilometr) osma arqon yo'lini qurish ishlari davom ettirilmoqda. Mazkur loyihani ishga tushirish kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarish yillik hajmini 600 ming tonnagacha, ruda qazib olish miqdorini esa 2 million 100 tonnagacha oshirishga imkon beradi”, – deya O'sarov so'zidan iqtibos keltiradi O'zA.U, shuningdek, muassasa o'tgan 5 yil davomida 900 ming tonnadan ziyod birinchi navli kaliy xlorid ishlab chiqarib, mazkur mahsulotning 600 ming tonnasini xorijga eksport qilganini ta'kidlab o'tdi.“Ayni paytda o'g'itlar Xitoy, Malayziya, Singapur, Birlashgan arab amirliklari, Vetnam, Armaniston, Moldova, Turkiya, Angola, Ukraina va boshqa bir qator mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Ishlab chiqarish jarayonida paydo bo'luvchi chiqindilarni qayta ishlab, ulardan texnik tuzlar olish yo'lga qo'yildi. Kelgusida bu milliy korxonalarning texnik tuzlarga bo'lgan talabini to'liq qoplashga imkon tug'diradi”, – deya qo'shimcha qildi bosh muhandis. Ma'lumot o'rnida, kaliy gidrooksidi rangsiz nam shimuvchi kristall modda bo'lib, suv bilan kuchli ishqoriy reaktsiyaga kirishadi. Undan oziq-ovqat sanoatida E525 ozuqaviy qo'shimchasini ishlab chiqarish, xalq xo'jaligida suyuq sovun va boshqa ko'plab kaliyli birikmalarni olishda, sanoatda zanglamas temir (nerjaveyka) mahsulotlari tozalash, ishqorli (alkinli) batareykalarda elektrolit o'rnida qo'llash, metan gazini olishda, kislota gazlarini shimdirish va boshqa ko'plab maqsadlarda qo'llaniladi.Ma'lumotlarga ko'ra, jahon bozorida ushbu moddaning yillik hajmi 2,06 million tonna bo'lib, O'zbekiston AQSh, Kanada, Janubiy Koreya, G'arbiy Еvropa mamlakatlari qatorida eng yirik eksportyorlardan hisoblanadi.
KALIYLI O’G’ITLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada o'simlik organizmi uchun zarur bo'lgan kaliyli birikmalar haqida to'liq ma'lumotlar, kaliyli moddalarni ishlab chiqarish jarayonlari va bu holatda ekologiyaga salbiy ta'sir ko'rsatadigan omillarni oldini olish hamda ekologiyani asrab-avaylash haqida mulohazalar bayon etilgan.
Kaliy o'simliklarning oziqlanishi uchun zarur element hisoblanadi. Tuproqda kaliy va uning birikmalari kam bo'lsa, hosildorlik ancha kamayib ketishi mumkin. Kali asosida hosil qilinadigan birikmalarning 90%ga yaqin qismi o'g'itlar hosil qilish maqsadlarida ishlatiladi. Eng muhimi, kaliyli o'g'itlar quyidagilardir:
a) Tozalanmagan o'g'itlar - bular kaliy va natriyning xlorli birikmalaridir. Silvinitlar (KCl*NaCl) va magniy bilan kaliy tuzlarining birikmalari (MgSO4*KCl*3H2O) kainit deyiladigan mineralardan tolqonsimon qilib tayyorlanadi;
b) Konsentrlangan o 'g 'itlar - kaliy xlorid va kaliy sulfat tuzlarini qayta ishlash natijasida hosil qilinadigan o'g'itlar bo'lib, konsentratlar deyiladi, chunki bu o'g'itlar aralash o'g'itlarni kaliy birikmalari bilan boyitish asosida hosil qilinadi;
c) Tarkibida potash K2CO3 bo'ladigan yog'och va torf kuli ham konsentrlangan o'g'itlarga kiradi.Kaliy elementi tirik organizmlarda assimilyatsiya va fotosintez jarayonlarida Ca+2,Mg+2-ionlari bilan birgalikda hujayradagi protoplazma kolloid holatini boshqarib turadi. Kaliyning miqdoriga organizmdagi kraxmal, qand, yog'lar miqdori bog'liq bo'ladi. Kartoshka, lavlagi, kungaboqar, beda, kanop, tamaki ekinlari kaliy elementiga kuchli ehtiyoj sezsalar, suli, bug'doy va arpa kaliyga kamtalab ekinlardir. Yetishmayotgan kaliyning ko'p miqdori hayvonlar, qushlar chiqindilari bilan qoplansada, bu yetarli emas. Shu sababli kaliyli o'g'itlarga ehtiyoj katta.1 ga maydondagi g'o'za har tonna hosili uchun yerdan 30-70 kg azot, 10-20 kg fosfor bilan birga 30- 80 kg kaliyni o'zlashtirishi aniklangan. Kaliyli o'g'it meva, rezavor-meva, uzum, ildizmevalilar va boshqalar tarkibidagi qand miqdorini, kartoshkada kraxmalni, tolali ekinlarda tola miqdorini oshirib, sifatini yaxshilaydi, yem-xashak ekinlari tarkibidagi proteinni ko'paytiradi, kuzgi g'alla ekinlari, dukkaklilar va daraxtlarning sovuqqa va qurg'oqchilikka chidamini oshiradi.Kaliy saqlagan tabiiy manbalar qatoriga yog'och va ekinlarning yonishidan hosil bo'lgan "kul" va kul suvlarini kiritish mumkin. Asosiy manba-KCl saqlagan silvinit minerali bo'lib, undan galurgiya (tanlab eritish) va flotatsiya (boyitish) usuli bilan ajratib olinadi. Cl-ortiqcha bo'lgan yerlarga K2SO4, K2HPO4, KNO3 holidagi o'g'itlar ishlatiladi. Kaliyli o'g'itlar oddiy va kompleks o'g'itlarga bo'linadi.
Oddiy o'g'itlarga o'simliklar kuli, kaliy fosfat, kaliy xlorid kiradi.Kompleks o'g'itlarga kaliyli selitra, ammofoska, kaliy fosfat kiradi.O 'g'it ishlab chiqarishda hozirgi zamon muammolari quyidagilardan iborat:- ko'p miqdordagi tonnalab o'g'itlarni tashish jarayonidaular isrof bo'ladi, shu maqsadda o'g'it tashish bilan bog'liq transportlarni, o'g'itlarni qadoqlash turlarini mukammallashtirish va suyuq o'g'itlarni quvurlar orqali yetkazish usullarini ishlab chiqish;
-o'g'itlarning sifatini oshirish, ulardagi ozuqa elementlari miqdorini ko'paytirish, oddiy o'g'itlar o'rniga komplek o'g'itlardan foydalanishni kengaytirish, tarkibida mikroelementlari bilan birga biostimulyatorlarni tutgan turlarini ishlab chiqarish;
- sekinlik bilan o'zlashtiriladigan va konsentrlangan suyuq fosfatli o'g'itlar ishlab chiqarish bilan ishchi kuchi va iqtisodiy tejamkorlik masalalarini hal qilish. Prolongirlangan (karbamiddiformaldegid) va sirti polimer moddalar bilan kapsulalangan o'g'itlar turini va ishlab chiqarishni ko'paytirish;
- tuproq va o'g'it tarkibidagi azot elementining yo'qolishi (denitrifikatsiya) ni ingibitorlar ta'sirida kamaytiruvchi vositalar ishlab chiqarish;
- polimikroelement (azot, fosfor, kaliy, magniy, bor, rux, molibden, marganes, mis)lar saqlagan kompleks o'g'itlar ishlab chiqarishni tashkil etish.
Respublikamizda o'g'itlar va ularni ishlab chiqarish muammolari bilan O'zbekiston FA Umumiy va anorganik kimyo institutida akademik M.N.Nabiyev (1915-1995) boshchiligidagi asos solingan yirik bo'lim shug'ullanadi. Bu ilmdargohida akademiklar S.A.To'xtayev, B.M.Beglov, professor Sh.S.Namozov, kimyo fanlari doktori A.Erkayev kabi taniqli olimlar va ularning shogirdlari faol izlanishlar olib borishyapti. Ularning izlanishlari samarali Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Qo'qon, Olmaliq mineral o'g'itlar zavodlarida qo'llanishi tufayli ko'p tonnali mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda va respublikamiz iqtisodiga salmoqli hissa qo'shilmoqda.
Dehqonobod tumanidagi "Dehqonobod kaliy zavodi"da kaliyli o'g'it - KCl ya'ni silvin ishlab chiqariladi.
KCl bu korxonada flotatsiya usulida ishlab chiqariladi. Buning sababi shundaki, boshqa usulda ishlab chiqarishda ko'p midorda suv talab etiladi. Dehqonobod hududida suv miqdori ko'p bo'lmaganligi sababli flotatsiya usulidan keng foydalaniladi.
Galit-tosh tuzi deb ham atalib, natriy xloridning kristall shaklidagi minerallari hisoblanadi. Tabiatda natriy xloridli sho'r ko'llar yuqori harorat va shamol ta'sirida bug'lanib, cho'kindilarda to'plangan tuz hosil bo'ladi. Bu tuzlar galit minerallari deb ataladi. Tabiiy galit minerallari tarkibida 39,34% Na va 60,66% Cl bo'ladi. Galit rangsiz, sariq va qizg'ish rangli kubsimon kristall shaklida uchraydi. Galit oziq-ovqat va kimyo sanoatida (xlor, natriy gidroksidi, iste'mol sodasi va xlorid kislota ishlab chiqarish uchun xom-ashyo sifatida) shuningdek, elektrotexnikada qo'llaniladigan tuzning asosiy qismi hisoblanadi.
Silvinit ma'danlarini qayta ishlash natijasida har bir tonna kaliy xloriddan 3-4tonna galit chiqindilari olinadi. Galitli chiqindining asosiy komponenti NaCl(84-93%) hisoblanadi.
Galitda NaCldan boshqa moddalar ham bor, masalan KCl(4-7%) va shuningdek, oz miqdorda MgCl2(0.1-0.2%) mavjud.
Chiqindi sifatida chiqayotgan moddalar atrof-muhitning ekologiyasini (atmosfera havosining buzilishi, suv tanqisligi, tabiatda o'simlik va hayvon turlarining kamayishi va boshqalar) buzilishiga olib kelmoqda. Bu holat barcha tirik organizmning yashash sharoitiga, hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Buning oldini olish uchun chiqindilardan unumli foydalanmoqchiman. Ya'ni, chiqayotgan chiqindilardan oqilona foydalanib, turli sohalarda ishlatiladigan moddalar olishni maqsad qilib qo'yganman. Buning uchun chiqayotgan moddalarni elektroliz qilib, yangi moddalar hosil qilaman. Elektroliz jarayoni uchun elektr tokini quyosh batareyalari va shamoldan olaman. Bu usul tejamli bo'lib, davlatning iqtisodiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi deb hisoblayman.
NaCl moddasining elektrolizi:
2NaCl+2H2O=H2+Cl2+2NaOH
Elektroliz jarayonida H2, Cl2, NaOH moddalari hosil bo'ladi.
Elektrolizdan chiqqan vodorod:
Elektrolizdan chiqqan xlor:
Xlor va vodorodni reaksiyasidan vodorod xlorid hosil bo'ladi:
H2+Cl2=2HCl
Ishlatilishi:
MeLallami tozalashda
Tîtabiyotda
Xlorid kislota tuzlari olishda
HCl Metallar sirtini tozalashda
Metallami kavsharlashda
Bü'yotj moddälar olishda
Plastmassalär tayyurlashda
Bundan tashqari vodoroddan ammiak olishimiz ham mumkin. Havodan suyuqlantirib olingan azot bilan reaksiyasidan ammiak hosil qilamiz.
N2+3H2=2NH3 +Q
Azot bilan vodorod aralashmasi odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishmaydi. Azotning vodorod bilan o'zaro ta'sirlashuvi reaksiyasi qaytar reaksiyadir. Reaksiyani o'ng tomonga (NH3 hosil bo'lish tomonga) siljitish uchun:
1. bosimni orttirish zarur
2. haroratni pasaytirish kerak. Ammo past haroratda ammiak hosil bo'lish reaksiyasining unumi pasayib ketadi
3. katalizatorlardan foydalanish zarur. Bu reaksiya uchun katalizator- Al2O3, K2O va temir aralashmasi
Barchamizga ma'lumki, ammiak sanoatda shu usullar orqali olinadi.
Labaratoriyada esa ammoniy tuzlariga ishqor ta'sir ettirib olinadi:
NH4Cl+NaOH=NH3+NaCl+H2O
Shuningdek, ammoniy xloridga so'ndirilgan ohak ta'sir ettirib ham olish mumkin:
2NH4Cl+Ca(0H)2=2NH3+CaC12+2H20
Ammiakning ishlatilisliL
-* HNO, ishlab chiqarishda
-» Nitratlarni olishda
-► AmmoniyJi ruzlarni olishda
Mineral o'g'illarni ishlab chiqarishda
NHj
Dori-darmonlarni ishlab chiqarishda
-» Mineral txryoqlarni olishda
—» Portlovchi moddalarni tayyorlashda
-► Sovutgich apparat la rini tayyorlashda
Elektrolizdan hosil bo'lgan NaOH ning ishlatilish sohalari:
To'qimachilik sanoatida
Sun iy tolalar ishlab chiqarishda
Qog'oz ishlab chiqarishda
NaOH Neft mahsulotlarini tozalashda
Sovun olishda
Organik sintezda
Natriyning boshqa birikmalarini olishda
Granitdagi NaCl dan boshqa moddalarni ham elektroliz qilib, oz miqdorda bo'lsa ham kerakli moddalarni olishimiz mumkin. KCl ning elektroliz tenglamasi: 2KCl+2H2O=H2+Cl2+2KOH
Bu jarayonda hosil bo'lgan vodorod va xlor yuqorida ko'rsatilib o'tilgan maqsadlarda foydalaniladi.
KOH turli kaliyli tuzlar olishda, suyuq sovun olish uchun va ishqoriy akkumulyatorlar tayyorlashda ishlatiladi.
Juda oz miqdordagi MgCl2 ni ham elektroliz qilib yangi moddalar sintez qilamiz:
MgCl2+H2O=Mg+Cl2+H2O
Bunda hosil bo'lgan magniy:
Ishlatilishi:
MgH2 Mg( NOj)2 MgO Mg(OH)2 Mg3N, MgHal,, MgS MgSO,
—> Mg->
Intermetal! birikmalar Raketa texnikasida Silikat sanoatida To 'qimachilikda Achchiqtosh olishda
Yurtimizda rivojlanayotgan korxona, zavodlar ko'paymoqda. Ularning foydasi katta, ammo shu bilan birga ziyoni ham mavjud. Bulardan eng muhimi, ekologiyaning buzilishidir. Zavod va korxonalardan chiqadigan chiqindilardan kerakli mahsulotlar olib, atrof-muhitni iflosgarchilikdan himoya qilish va hozirgi kunda kerakli bo'lgan moddalar ishlab chiqarishni yo'lga qo'ymoqchiman. Biz yosh avlodlar o'z yo'nalishlarimiz bo'yicha ilmiy ishlar qilib, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo'shamiz!
Foydalanilgan adabiyotlar

1. I.A.Tashev, R.R.Ro'ziyev, I.I.Ismoilov. Anorganik kimyo-Toshkent: O'qituvchi,2017. -296b

2. S.Masharipov, I.Tirkashev. Umumiy kimyo-Toshkent:O'qituvchi,2012.-302b

3. M.M.Abdulxayeva, O'.M.Mardonov. Kimyo-Toshkent:O'zbekiston,2002.-

672b

References



1. I.A.Tashev, R.R.Ro'ziyev, I.I.Ismoilov. Anorganik kimyo-Toshkent: O'qituvchi,2017. -296b

2. S.Masharipov, I.Tirkashev. Umumiy kimyo-Toshkent:O'qituvchi,2012.-302b



3. M.M.Abdulxayeva, O'.M.Mardonov. Kimyo-Toshkent:O'zbekiston,2002.-
Download 29,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish