Dehqonchilik. Dehqonchilik O`zbeksiton qishloq xo`jaligining muhim tarmog`i hisoblanadi. Uning yalpi qishloq xo`jaligi mahsulotidagi ulushi, iqlim sharoitiga bog`liq holda, 60-65% ni tashkil etadi. Mustaqillikning dastlabki yillarida dehqonchilikning o`sishi past bo`lgan, ya`ni mahsulot yetishtiirsh avvalgi yilga nisbatan hisoblaganda, 100% dan oshmagan. Qizig`i shundaki, bu yillarda dehqonchilik ko`rsatkichlari chorvachilik o`sishidan orqada bo`lgan. Faqat 1995-yilga kelib, uning oldingi yilga nisbatan o`zgarishi 105,6% ni, chorvachilikniki esa 97,4% ni tashkil qilgan. Biroq 1996-yil yakunlari yana oldingidek, 100% dan kam bo`lgan. 1997-yildan keyingi davrda dehqonchilik ko`rsatkichlari barqaror o`sib brogan, faqat 2003 va 2010-yillarda ular chorvachilikka qaraganda pastroq bo`lgan. Dehqonchilik o`sishning eng yuqori sur`ati 2004-yilda kuzatiladi:111,6%, chorvachilik-105,9%, qishloq xo`jaligi mahsulotining umumiy ko`rsatkichi-108,9%.Shu o`rinda aytish joizki, agroiqtisodiyot rivojlanishining maksimal yuqori ko`rsatkichi ham ayni mazkur yilga to`g`ri keladi.
Dehqonchilikda agrotexnikaning ilg`or usullarini qo`llash, ekinlarning hosildor navlarini yaratish, navlarni muttasil yangilash va nav almashtirish, o`g`itlardan samarali foydalanish, o`simliklar himoyasi xizmatini yo`lga qo`yish, ekin maydonlari tarkiblarini o`zgartirish tufayli yuqori natijalarga erishildi. Dehqonchilikda g`o`za maydonlari qisqatririldi, aholini oziq-ovqat bilan ta`minlashni tubdan yaxshilash uchun respublika don ekinlari maydoni ko`paytirildi va respublikanig g`alla mustaqilligi ta`minlandi. 2000-yilda jami toifadagi xo`jaliklarda ekin ekilgan maydonlari tarkibida don ekinlari-42,7, g`o`za-38,2, sabzavot-3,4, kartoshka-1,4, yem-hashak ekinlari-11,3, poliz ekinlari-0,9% tashkil etdi. Respublika dehqonchiligida texnika ekinlari (g`o`za, tamaki, qand lavlagi), don ekinlari (bug`doy, sholi, arpa, makkajo`xori, dukkakli don ekinlari), sabzavot-kartoshka, poliz ekinlari, yem-hashak ekinlari, bog`dorchilik o`z ahamiyatiga ko`ra yetakchi o`rinlarda turadi.
Dehqonchilik madaniyatini og`ishmay oshira boorish, fan yutuqlarini va ilg`or tajribalarini keng joriy etish natijasida O`zbekiston ko`pgina ilg`or xo`jaliklarda paxta hosildorligi gektariga 35-45 s, boshoqli don ekinlari 50—70 s, sholi 60—70 s, kartoshka 250—300 s, poliz ekinlari 300—400 s, makkajoʻxori doni hosil-dorligi 80—100 s ga yetdi. Dehqonchilik fan sifatida yuqori va barqaror hosildorlikni taʼminlash uchun tuproqqa hamda ekinga taʼsir koʻrsatishning turli usullarini, xususan, tuproqning oʻsimlik oʻsishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni taʼminlaydigan suv, ozuqa, havo va harorat rejimini boshqarish, ilmiy asoslangan Dehqonchilik tizimlarini va eng maqbul almashlab ekishni, shuningdek, hosildorlikni pasaytiradigan sal-biy omillar (qurgʻoqchilik, garmsel, tuproq eroziyasi, begona oʻtlar va boshqa)ni bartaraf etish yoki ularning taʼsirini kamaytirish usullarini oʻrganadi va ishlab chiqadi. Dehqonchilik tuproqshunoslik, agrofizika, agrokimyo, seleksiya, urugʻchilik, qishlok xoʻjaligi fi-topatologiyasi, entomologiya, melioratsiya, meteorologiya, yer tuzish va boshqa bilan chambarchas bogʻliq. Dehqonchilikka oid ilmiy tadqiqot ishlari ilmiy tadqiqot muassasalari, tajriba styalari, tajriba dalalari va tayanch punkt larida, qishloq xoʻjaligi oliy oʻquv yurtlarining tajriba dalalarida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |