b) Tuproqning qurib qolishi: Tuproqda nam yetarli bo’lmasa madaniy o’simliklar
rivojlana olmaydi, ularning ko’p qismini begona o’tlar o’zlashtiradi. Masalan, F.I.Malkov
ma’lumotlariga ko’ra, Turkmanistonda yantoq bosib ketgan 1 ga yerda 1 oy ichida 653 m
3
,
quypechak bosib ketgan dalada esa 503 m
3
, nam sarflangan.
v) Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini mexanizasiyalash-tirishdagi qiyinchiliklar:
Masalan, begona o’tlar kombaynning ishchi organlariga tiqilib qolib normal ishlashiga halaqit
beradi. Ildiz tizimi baquvvat bo’lgan begona o’tlar haydash vaqtida plugga tuproq qarshiligini
oshiradi hamda plugni ishdan chiqaradi, ish sifatini pasaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |