2. Tajriba uchastkasini tanlash, o’rganish va tayyorlash. Tajriba qo’yish uchun
unumdorligi, o’simliklar qoplami, relyefi bo’yicha bir xil ko’rsatkichga ega bo’lgan yer
maydoni tanlanadi. Tajriba uchastkasi oldiga bir nechta talablar qo’yiladi, shundan yer
uchastkasiga va dala tajribasiga nisbatan qo’yilayotgan birinchi va eng muhim talab bu
tipiklik hisoblanadi, ya’ni tajriba uchun tanlangan yer uchastkasiga, ularda tajriba
natijalaridan foydalanish mo’ljallanganda, tabiiy sharoiti – tuproq xossalari, unumdorligi va
relyefi jihatidan mazkur rayonda yoki hatto boshqa rayonlarda tarqalgan tuproq sharoitiga
muvofiq bo’lishi kerak.
Yer uchastkasiga qo’yiladigan ikkinchi talab tajriba natijalarining aniqligini
ta’minlovchi tuproq qoplamining bir xil bo’lishidir, ya’ni maydonning tuprog’i jihatidan bir
xil jinsli va uning unumdorligi nisbatan bir tekis bo’lishi, lekin tabiatda hyech qachon
absolyut bir xil qoplamli xususiyatga ega bo’lgan tuproqni topib bo’lmaydi. Faqat iloji
boricha tajriba uchun tanlanayotgan tuproq atrofga nisbatan, tajriba uchun yer maydoni
tanlash talablariga to’laroq javob berishiga erishish kerak. Buning uchun tanlanayotgan
uchastka tarixi, tuproqlarining laboratoriya taxlili, relyefi, begona o’tlar bilan ifloslanganligi
va boshqa tajriba natijalariga salbiy ta’sir etuvchi bor omillar batafsil o’rganilishi shart.
Maydonga qo’yilgan birinchi talabga rioya qilish uchun tajribani kelgusida joriy
etiladigan rayon sharoitida olib borish kerak bo’lsa, ikkinchi talabni inobatga olishda esa
tajriba uchastkasining tarixini hisobga olishga e’tibor berish zarur, ya’ni so’nggi 3-4 yil
davomida bu uchastkaga qanday ekin ekilganligi, haydash chuqurligi, o’g’itlash tartibi (o’g’it
xillari) ning qo’llanganligi haqidagi ma’lumotlarga ishonch hosil qilish kerak. Tajriba uchun
tanlangan uchastkaning tarixi aniq bo’lmasa tajriba o’tkazish ta’qiqlanadi. Chunki tajriba
maydoniga bo’lgan talabga ko’ra tajriba uchun tanlangan yer oldingi 3-4 yil mobaynida faqat
bir xil ekin ekilib, bir xil o’g’itlash tizimida yerga ishlov berish agrotexnikasi amalga
oshirilishi shart. Bu yerda oraliq ekinlar, ba’zan bundan mustasno, ko’pgina adabiyotlarda
ta’kidlanishicha, tadqiqotchi o’z bulajak tajriba uchastkasiga 3-4 yil e’tibor berib, uning
qismlari, bo’laklari tartibsiz o’g’itlanishiga, agrotexnika ishlari betartib bajarilishiga yo’l
qo’ymay yerni tajribaga tayyorlashi ayni muddao bo’ladi. Agarda, bunday imkoniyat
tadqiqotchida bo’lmasa, oldingi 3-4 yilga doir yer maydonining tarixiy xujjatlarini o’rganishi,
ya’ni bu uchastka tajriba qo’yish uchun uslubiy jihatdan yaroqliligiga ishonch hosil qilishi
zarur. Bunday uchastkada tuproq xususiyatiga bo’lgan talab qishloq xo’jalik ishlab chiqarish
sharoitidagi tajribalar uchun o’ta muhimdir. Ayniqsa, yer maydoni tarixi noma’lum bo’lgan
tuproq sharoiti tajribasidan olingan natijalar mutlaqo yaroqsiz bo’lib qoladi, chunki uni
qanday tuproq sharoitiga joriy qilinish taklifi noaniq qoladi.
Shunday qilib, tajriba uchun ajratilgan yer uchastkasi o’zining o’tgan tarixi jihatidan
butun ko’lamida bir xil bo’lishi kerak. Bunda yuqoridagi tadbirlar maydonning hamma
qismida bir xil darajada (bir xil o’tmishdosh ekin, bir xil chuqurlikda haydalishi, o’g’it xili va
dozasining bir xilligi) bo’lishi tuproq unumdorligining tekisligiga ijobiy ta’sir etadi. Ushbu
ko’rsatkichlar aniqlanishi bilan birga, tuproqning kimyoviy tarkibi, sizot suvlarining
chuqurligi, sho’rlanishi, ishqoriylik darajasi va boshqalar o’rganiladi. Yuqoridagi ma’lumotlar
bo’lmasa, ular tadqiqotchi tomonidan tekshirilishi kerak.
Tajribaning tasodifiy omillariga ham e’tibor berish kerak, ya’ni o’simliklarga mikro va
makroiklimiy sharoitlarning ta’sirchanlik darajasi turli xilda bo’lmasligi uchun tajriba
uchastkasi turar joy, chorvachilik binolaridan, tutash o’rmonlardan kamida 50-100 m, alohida
daraxt yoki bog’lardan kamida 25-40 m narida joylashtirilishi lozim. Bundan tashqari, qalin
yashil devorlar va yo’llar ham tajriba uchastkasidan 10-20 m uzoqlikda bo’lishi kerak.
Shuningdek, tajriba uchastkasini o’rganishda mazkur uchastkada yer ishlari olib
borilganda qolgan izlar, ilgarigi yo’llar, chorva mollar to’xtatilgan, go’ng tashib ketilgan,
qurilish qoldiqlari qolgan joylar, xirmon va sug’orish shaxobchalari hisobga olinishi zarur.
Tajriba uchastkasini ko’ndalangiga va diagonali bo’yicha yo’l, zovur yoki doimiy ariq
ajratmasligi talab etiladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
90
Uchastkada aytib o’tilgan tasodifiy omillarning bo’lishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi,
chunki ular tuproq unumdorligiga juda uzoq vaqtgacha ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Tajriba uchastkasining relyefi. Tajriba uchun tanlangan yer maydonining relyefi ham
tajribada tadqiqot uchun olingan o’simlik (nav) turlari va tajriba maqsadiga mos bo’lishi
shart. O’simlikning ma’lum bir turi tajriba uchun tanlanganda, o’simlik va dala bir-biriga tipik
bo’lishi uchun odatda o’simlik qanday relyefli yerda o’sadigan bo’lsa tajriba maydoni ham
shunday maydonda utkazilishi kerak. Ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlarida o’tkaziladigan
tajribalar uchun uchastka relyefi tekis yoki biroz nishab (0,01-0,025 m) bo’lgani ma’qul. Poliz
mahsulotlari yetishtirishga oid tajribalarda poliz ekinlari agrotexnikasiga ko’ra ularni
sug’orishda uchastka relyefi 0,005 dan 0,01 m gacha bo’lishi talab qilinadi.
Oqar suvlardan sug’oriladigan tajribalarda uchastka albatta bir xil nishablikda bo’lishi
kerak. Tuproqni namiqtirish uchun eng yaxshi nishablik 0,005 dan 0,01 m gacha hisoblanadi.
Tajriba uchastkasining nishabligi bir tomonlama va bir tekisda bo’lishi kerak. Shuningdek,
tajriba paykallari nishablikka nisbatan bo’ylamasiga joylashishi kerak.
Yer uchastkasini tanlashda uning mikrorelyefini ham hisobga olish zarur. Buning
uchun uchastka mexanizmlar yordamida, ba’zan qo’lda tekislanadi.
Agar tajribada noto’g’ri relyef ta’sirini o’rganish, ya’ni uning o’simlikka bo’lgan
ta’siri o’rganilsa, albatta, tajriba variantlari uchun bir xil relyefli nuqtalar tanlanib, takrorliklar
sochma usulda uchastka kengligiga joylashtiriladi. Talab darajasida tajriba uchun bir xil
relyefli joyni egallash uchun variantlar sonini tajribada kamaytirish ham mumkin.
Tajriba uchastkalarida bunday tajribalarni amalga oshirish uchun yer nivelirda
tekshiriladi. Natijada, tajriba o’tkazish uchun 0,1-0,2 m gorizontli maydon ajratiladi. Ishlab
chiqarish sharoitlarida bu maqsad uchun yer tanlashda mahalliy sharoitdan kelib chiqqan
holda qo’polroq, ya’ni qiyaligi 1 metrgacha bo’lgan notekislik ham ruxsat etilmaydi.
Uchastka tuprog’ini tekshirish. Tajriba uchastkasining tarixi aytilgan talablarni
qondirishi aniqlangandan keyin tuproqni o’rganishga kirishiladi. Chunki bu ma’lumotlar
tuproqning har jihatdan bir xil darajada bo’lishi haqida ma’lumot bersa ham, u taxminiy
bo’lib, tuproqning unumdorlik darajasining tekisligini to’liq tavsiflab beraolmaydi. Shuning
uchun tuproq qoplamasini o’rganmasdan turib, tajriba o’tkaziladigan tuproqning qanchalik
tipikligini aytib bo’lmaydi.
Tuproqning to’liq tavsifnomasini bilish uchun tuproq kesmalari va chuqurchalari
o’rganilib, shundan keyingina tuproq tipi, mexanik tarkibi, yumshatish chuqurligi, chirindi
qatlamining qalinligi va uning miqdori, harakatchan shakldagi oziq elementlar (N, R
2
O
5
, K
2
O
mg/kg) miqdori, tuproqning shimish xususiyati, ishqoriyligi va uning suv-fizik xossalari
aniqlanadi.
Lekin, tuproq qanchalik batafsil o’rganilmasin, bari bir uning mikroskopik jihatdan bir
xilligini bilish qiyin bo’ladi. Shuni hisobga olib, tuproq unumdorligini tekis yoki notekisligini
aniqlash uchun tajriba qo’yishga qadar dalaga tekshiruvchi (rekognossirovkalovchi) bir yillik
ekinlar, asosan g’alla o’simliklari (bug’doy, arpa, javdar, suli) ekiladi, chunki ular tuproq
unumdorligiga nihoyatda sezgir (reagent)dir. Buni tuproq unumdorligini tekislaydigan
(baravarlashtiradigan) va sinash yoki tajriba uchun ekish usuli deb ataladi.
Tekislaydigan ekish usulida ekin ekib parvarish qilish oddiy xo’jalik ekinlaridan
shunisi bilan farqlanadiki, bunda yerni haydashdan tortib, uni ekishga tayyorlash, urug’ni
sepish qalinligi, o’g’itlash, yuqori dozada sug’orish, ishlov berish ishlari maydonning hamma
qismida bir xil darajada, bir vaktda va juda yuqori agrotexnikada olib boriladi. Natijada
maydonning unumdorlik jihatidan notekisrok ayrim joylari tekislanib ketadi. Tuproq
unumdorligining tekisligini ekilgan o’simliklarning o’sish darajasiga qarab aniqlanadi.
Tajriba uchun ekish usulida esa bu jarayon maydondagi o’simliklarning hosilini
shaxmat usulida 10-12 ta paykalchaga ajratib o’lchanadi. Buning uchun paykalchalarning
hosili jamlanadi va ular soniga bo’linib, paykalchaning o’rtacha hosili topiladi. Ayrim
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
91
paykalchalarning hosil ayirmasi o’rtacha hosilga nisbatan 2-3 %dan oshmasa, ushbu
maydonning tuproq unumdorligi nisbatan bir tekis hisoblanadi.
Yer uchastkasini o’rganish va uni tajriba qo’yishga tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan
ishlardan biri rejalashtirilgan tajribaning uslubini ishlab chiqishdan iboratdir. Buning uchun
esa tajriba uslubining asosiy elementlari bilan yaqindan tanishib chiqilgan bo’lish kerak.
1.
Tabiiy sharoitda va yopiq maydon sharitida sabzavot ekinlarida o’tkaziladigan
tajribalar.
2.
Meva va rezavor mevalarda tajriba o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari.
3.
Uzumchilikda hisob maydoni qanday bo’ladi.
4.
Pichanzor va yaylovlarda tajriba o’tkazishning o’ziga xos tomonlari.
5.
Tajriba uchun dalani tanlash va tayyorlash tartibi.
6.
Tajriba dalasini tayyorlashda qanday asbob va uskunalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |