Birinchi guruhga erta bahorgi, urug’ning unishi uchun 5
0
S dan past harorat talab
etadigan va maysalari sovuqqa chidamli arpa, bug’doy, suli, no’xat, kungaboqar, qand lavlagi,
china, ko’p yillik va bir yillik o’tlar (vika, seradella) va boshqa ekinlar kiradi. Bu ekinlar
ko’pchilik tumanlarida yer yetilishi bilan, bahorning boshi yoki o’rtalarida ekiladi.
Ikkinchi guruhga issiqsevar, sovuqqa chidamsiz, urug’ining unishi uchun 8-12
0
S
zarur bo’lgan ekinlar- makkajo’xori, paxta, tariq, jo’xori, sholi, soya, loviya, yereng’oq,
kunjut hamda barcha poliz ekinlari qovun, tarvuz, oshqovoq va boshqalar kiradi. Bu ekinlar
tuproqning ustki qismi (0-10 sm) 10-14
0
S qiziganda ekiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |