Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma'tinlari doc
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma\'ti
Reja:Variantlarni standart usulda joylashtirish. Qo’yilgan tajribaning to’g’riligi ko’p jihatdan takrorlik va variantlarni joylashtirishga bog’liq. 95Tajriba ishlari uslubida takrorliklarni joylashtirishning ikki xil ko’rinishidan, ya’ni yig’ma (yaxlit) va sochma usullaridan foydalaniladi (4-rasm). Yig’ma usulda barcha takrorliklar yaxlit bitta maydonda joylashtiriladi. Ular bir biridan faqatgina bir va ikki yarusli ko’rinishida joylashganligi bilan farq qiladi. Sochma usulda joylashtirilganda esa, takrorliklar bitta maydonning turli joylarida va hattoki boshqa-boshqa maydonlarda ham joylashtirilishi mumkin. Lekin, kuzatish ishlarining murakkablashishi tufayli tadqiqotlarda bunday usuldan kamdan kam hollarda foydalaniladi. Variantlarni takrorliklar ichida joylashtirish asosan 3 ta: standart, sistematik va tasodifiy usullarga bo’linadi (5-rasm). Tajriba maydonidagi tuproq unumdorlik darajasining xilma xilligiga qarab variantlarni joylashtirishda u yoki bu usul qo’llaniladi. Standart usulning o’zi ham o’z navbatida 3 guruhga ajratiladi: a) Yamb uslub; b) Daktel uslub; v) Akademik Konstantinovning «qo’shaloq uslubi». Standart usulida bitta yoki ikkita tajriba variantlari bilan nazorat varianti almashinib keladi. Nazorat varianti bitta tajriba varianti bilan almashinib kelsa – «Yamb», ikkitasi bilan almashinib kelsa «Daktel» usuli deyiladi. Yamb grek tilidan olingan bo’lib, bir demakdir. Daktel ham grekcha so’z bo’lib, ikki ma’nosini bildiradi. Yamb va Daktel usullari nav sinash tajribalarida va boshqa ko’plab tajribalarda qo’llaniladi. Chunki tajribada qanchalik ko’p nazorat varianti bo’lsa tajriba aniqligi shunchalik yuqori bo’ladi. Bu usullarning afzalliklari bilan birga qator kamchiliklari ham mavjud: yonma-yon joylashgan qatordagi o’simlik yoki paykal hosili o’rtasidagi boqliqlik darajasi aksariyat holatlarda aniq bo’lmaydi; variantlar soni ko’p (10-12 ta) bo’lsa, bir biridan uzoq joylashgan o’simlik yoki paykallarni taqqoslashda to’liq ishonch hosil bo’lmaydi; tajriba paykallarining 33-50 % gachasi nazorat variantidan iborat bo’lganligi tufayli ko’proq yer maydoni, o’simliklar miqdori, pararish qilish, kuzatishga ortiqcha mehnat va xarajat sarflanadi. Akademik Konstantinovning «qo’shaloq uslubi»da tajribada uchraydigan xatoliklarni kamaytirish uchun tajriba sxemasida nechta variant bo’lishidan qat’iy nazar ikkita nazorat varianti qo’llaniladi. Shuning uchun qo’shaloq uslub deb ataladi. Masalan, 1) nazorat, 2) N20(^40, 3) Ы20oRbo, 4) RLo, 5) ЫgooRedKbo 6) t24oR9oK60, 7) M24oR12oKbo, 8) nazorat. 96Download 1,29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |