Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma'tinlari doc


Pichanzor va yaylovlarda dala tajribalarini



Download 1,29 Mb.
bet83/110
Sana01.06.2022
Hajmi1,29 Mb.
#625871
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   110
Bog'liq
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma\'ti

Pichanzor va yaylovlarda dala tajribalarini o’tkazganda, shu zona uchun tipik xususiyatlarga ega bo’lgan uchastkani tanlash juda muhimdir. Tajriba uchastkasining o’simliklariga tavsif berish uchun paykalda o’suvchi o’simliklar geobotanik ko’rikdan o’tkaziladi. Buning uchun tanlangan uchastkadagi o’simliklar to’lik ro’yxat qilinib, ularning miqdori Remenskiy, Drude yoki har bir o’simlik og’irligining bir-biriga nisbatan og’irligini foiz hisobida aniqlash orqali topiladi.

Pichanzor va yaylovlarda o’tkaziladigan tadqiqotning maqsadi va vazifasi, tajribada qo’llaniladigan texnikaga bog’liq holda paykallarning maydoni tanlanadi. Amaliyotning ko’rsatishicha, ishdagi eng yaxshi ko’rsatkichlar 4-6 takrorlikda, hisob maydoni 50-100 m2 dan kam bo’lmagan tajribalarda olinadi. Lekin, tajribani bir jinsli maydonlarda o’tkazish maqsadida hisob maydonini 4-6 takrorlikdagi tajribalarda 50 va hatto 25-10 m2 gacha qisqartirish mumkin. Ayrim holatlarda esa (tuproqlarga keng gabaritli mashina va qurollar bilan ishlov berish tajribalarida) aksincha, tajriba hisob maydonini 400-500-1000 m2 gacha oshirish talab qilinadi. Bunda takrorliklarni 2 ta qoldirish mumkin, biroq har bir dalani 25-50 m2 li qilib 2-3 ta hisob maydoniga bo’lish kerak. Bu hisob maydonchalari butun tajriba davomida saqlanadi.
Pichanzor va yaylovlarda o’tkaziladigan tajribalarda paykalchalarni joylashtirishni ilmiy tekshirish institutlari quyidagicha tavsiya etadi:
1. Kengaytirilgan zagon usuli. Har bir variant zagon ichiga joylashgan bo’ladi, tajriba mustaqil zagon ichida o’tkaziladi. Yaylov ichida 6-8 ta zagon bo’ladi. Har bir zagon – yaylov

87


uchun boqishga tajriba o’tkaziladigan hayvonlar berkitiladi: hayvonlar o’tlatiladi. Paykalchaning maydoni bir necha marta qisqartiriladi.
3. Bir zagon ichiga hamma variantlarni joylashtirish usuli. Tajriba o’tkazish uchun bir yoki bir necha zagon olish mumkin. Har bir zagon ichiga hamma variantlar joylashgan bo’ladi. Bunda bir guruh tajribaga mo’ljallangan hayvonlar ajratiladi. Bu usulning kamchiligi
– bir vaqtda hamma variantlarni chorva mollari boqishni talab qiladi. Chorva mollarini tanlash muhimdir, ayniqsa, guruhda ularning soni, tajriba yaylovining maydoni va sonini e’tiborga olish zarur. Rezerv uchun yaylov ajratib qo’yilishi shart. Zagonlar elektr to’siq bilan ajratilib olinadi.
Pichanzorlarda va yaylovlarda tajriba o’tkazishda hosil yoppasiga yig’ishtirish usulida yig’ib olinadi. O’tlar paykallar bo’yicha 6-7 sm balandlikda kasilka yordamida (kichik gabaritli frontal motokasilka bilan o’rish qulay) o’rib olinadi. Har bir paykalchadan olingan pichan tortiladi; botanik taxlilidan o’tkazish uchun har-har joydan 0,5 kg atrofida o’rtacha namuna olinadi.
Har bir paykal bo’yicha o’rtacha quruq va havoda quritilgan o’tlarning og’irligi aniqlanadi va uni bir gektardagi hosilga aylantiriladi.
Havoda quritilgan o’t hosilini 1 ga dagi hosilga aylantirishda quyidagi formuladan foydalaniladi:
AD • 100
V ;
VS
bunda, A – o’rilgan o’t massasi, kg;
V – paykaldan olingan namuna bog’ massasi, kg; S – paykal maydoni, m2;
D – quritilgandan keyingi namuna bog’ massasi, kg.
Masalan, 250 kg o’t (A) 200 m2 paykaldan (S) o’rib olindi. Bu paykaldan olingan namuna bog’ og’irligi (V) 1,2 kg, quritilgandan keyin (D) esa 0,435 kg bo’ldi. Bunda bir gektardagi hosil quyidagicha bo’ladi:
250-0,435-100
V = = 45,3 s.
1,2-200
Hosilni 16 % dagi standart namlikka o’tkazishda ushbu formuladan foydalaniladi: U(YuO-V) 66 ;(100-30)

X= =
100-16 84
= 55 s/ ga

X – 16 % namlikdagi pichan hosili, s/ga;
V – namlik hisoblanmagandagi pichan hosili, s/ga; V – quritilgandan keyingi pichan namligi, %.
Yaylovlarning hosilini hisoblashda ikki xil usuldan foydalaniladi:

  1. O’rish usuli – chorva mollarini boqishdan oldin har joydan 2,5 m2 maydonchaning o’tlari o’rilib, tortiladi, quritiladi va undan quritib namligini aniqlash uchun 1 kg namuna olinadi. Hosildorlik quruq holda gektariga aylantirilib hisoblanadi yoki oziqa birligi hisobida yoki proteinga, oqsilga aylantirish koeffisiyenti orqali hisobga olinadi.

  2. Zootexnik baho – umumiy oziqa birligi bir gektar hisobiga aylantiriladi. Chorva mollarini boqish davrida mahsulotlar (sut, go’sht, tirik vazn o’sishi, jun va boshqalar) olishga sarflangan ko’rsatkichlar hisobga olinadi. Olingan ma’lumotlar taxlil qilinib, bir kg sut, tirik vazn, go’shtga ketgan oziqa birligi aniqlanadi.

Yakuniy ko’rsatkich bo’lib, yaylovdan oziqa birligi hisobida olingan va gektariga aylantirilgan hosildorlik hisoblanadi. Bu ko’rsatkich varantlar bo’yicha taqqoslanadi. Bulardan tashqari, bir qancha kuzatishlar olib boriladi.

88



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish