Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma'tinlari doc


Lalmikorlikda toza shudgor-almashlab ekishning asosiy elementi



Download 1,29 Mb.
bet53/110
Sana01.06.2022
Hajmi1,29 Mb.
#625871
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   110
Bog'liq
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma\'ti

Lalmikorlikda toza shudgor-almashlab ekishning asosiy elementi.

Ang’izni haydab yil davomida ekin eqilmay maxsus ajratilgan dala toza shudgor deyiladi. Shudgorga yil davomida yoki yezning yarmigacha ekin ekilmay faqat begona o’tlarni yo’qotish uchun quruq ishlov berib turiladi. Ishlov berish natijasida shudgor yumshoq va begona o’tlardan xoli bo’ladi, unda nam ko’proq to’planadi, oziq moddalar ko’payadi, ekinlarning kasallik va zararkunandalari kamayadi.
Lalmikorlikda tuproq unimdorligini oshirish g’alla ekinlari hayoti uchun qulay sharoit yaratish uchun u toza shudgor bilan almashlab ekiladi. Toza shudgor tuproqni chuqur qatlamlarida suv rejimini yaxshilaydi, qurg’oqchilikni zararli ta’sirini kamaytiradi. Qamashida toza shudgor kuzgi bug’doy hosilini 56% oshirgan. Kuzgi bug’doy toza shudgorga ekilganda faqat hosili emas, don tarkibidagi oqsil miqdori ham oshgan. Yog’ingarchilik ko’p bo’lgan yillari toza shudgorda tuproq zichlashadi, bug’doyni o’sishi uchun sharoit yomonlashadi, ekinzor bir yillik begona o’tlar bilan ifloslanadi, samaradorlik kamayadi.
Jizzax viloyatidagi «G’alla» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi dalalarida toza shudgorga ekilgan bug’doy hosili 14-22 s, ang’izda 4-8 s tashkil etgan. Lalmi yerlarni shudgorlashning eng qulay muddati tekislik mintaqada martning ikkinchi yarmi, tekislik-adir mintaqasida martning oxiri aprelning birinchi yarmi, tog’ oldi mintaqasida aprel va tog’li mintaqada aprelning oxiri va mayning boshi hisoblanadi. Toza shudgor yez davomida 2-3 marta 10-12sm chuqurlikda kultivasiya qilinadi. Bu ish KRN-3.5, KRN-3, KPN-4.3, KP-4a, PPL-10-25 rusumli kultivatorlar va KPL-2-150 rusumli yuza yumshatgichlar (ploskorezlar) bilan ishlanadi.
Quruq shudgor. Ko’p yillik benona o’tlar - kakra, kampirchopon va boshqalar ko’p bo’lganda, yerlar quruq shudgorlab qo’yiladi. Bu xildagi shudgor qo’yidagicha ishlanadi. Mayning ikkinchi yarmida yer boronalanmasdan haydaladi. Yez davomida begona o’tlar hosil bo’lishiga qarab shudgor PL-5-25 markali lushchilnik bilan 16-18 va 8-10sm chuqurlikda o’zaro navbatlab bir necha marta yumshatiladi. Bunday shudgorni mumkin qadar kam qo’llash kerak, chunki u 1m dan ortiq chuqurlikdagi tuproqni quritib yuboradi. Hozir gerbisidlar mavjudligidan shudgorni ishlashning bu tizimi deyarli qo’llanmaydi.

53



    1. Download 1,29 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish