Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma'tinlari doc


Yerni bahorda haydash sabablari. Bahorgi haydovning tashkiliy jihatdan kamchilliklari



Download 1,29 Mb.
bet49/110
Sana01.06.2022
Hajmi1,29 Mb.
#625871
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   110
Bog'liq
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma\'ti

Yerni bahorda haydash sabablari. Bahorgi haydovning tashkiliy jihatdan kamchilliklari.

Kuzgi shudgor tuproqning fizik-kimyoviy xossalariga va qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligiga qanchalik ijobiy ta’sir etmasin, respublikamizning ayrim xududlarida yerga bahorda asosiy ishlov beriladi. Bunga paxta yetishtiriladigan eng shimoliy tumanlar, jumladan, Qoraqalpog’iston, Xorazm hamda Farg’ona viloyatining Quqon guruhi tumanlari misol bo’ladi.
Bahorgi haydashda, yerni ekish oldidan amalga oshiriladigan tadbirlar kuzgi shudgorlashdagi kabi muntazam ravishda bajarilmaydi. Chunki, yerni qisqa vaqt ichida ekin ekishga tayyorlash kerak. Natijada texnikadan, qurol va ishchi kuchidan foydalanish jadallashadi hamda bahorgi g’animat damlarni boy bermaslik uchun ayrim tadbirlar to’liq bajarilmasdan qolib ketishi mumkin.
Yuqoridagi shirkat va fermer hujaliklarda yerlarni bahorda haydashga ularning geografik joylashishi va tuproq-iqlim sharoiti taqoza etadi. Xorazm viloyati va Qoraqalpog’istonning tuprog’i sho’r, sizot suvlari yuza joylashgan va yerlarning relefini tekisligidir. Yer sho’rini asosiy haydashdan oldin yuvish kerak, aks holda yer bahorda yetilmay ekinlarni ekish kechiqib ketadi. Sho’rni kuzda yuvish, tashkiliy jihatidan ancha qiyin, chunki kuzda Amudaryoning suvi juda kamayib ketadi, ikkinchidan, sovuq barvaqt tushib, yerlar muzlaydi va uzoq vaqtgacha erimaydi. Hatto g’o’zapoyani yulib olishga ham ulgurmaydi. Shuningdek, paxta yig’im-terimining kech tugallanishi ham ekin maydonlari sho’rini kuzda, sovuq tushmasdan oldin yuvish imkonini bermaydi. Yerlarning relefi tekis bo’lsa, sug’orish shaxobchalarida irrigasion yotqiziqlar ko’plab cho’kib qolib, suv oqishiga to’sqinlik qiladi. Shuning uchun erta bahordan boshlab sug’orish tarmoqlari suv yotqiziqlaridan tozalanadi, daladagi g’o’zapoya yulib olinib, polga bo’lib chiqiladi va shundan keyin sho’r yuvishga kirishiladi.
Bu joylarda yer 3-4, ayrim maydonlarning sho’ri 5-martagacha yuviladi. Shundan keyin, yer yetilishi bilan pollar tekislanib mahalliy va mineral o’g’itlar solinib PN-4-35, PYa- 3-35 pluglarida haydaladi. Agar ko’klamda shamol ko’p bo’lsa yerni yuza qismi tez quriydi. Bunday paytda kesaklar ko’p hosil bo’ladi va pastki qatlamga ko’miladi, yerning ortiqroq ko’pchishi kuzatiladi. Yer yaxshi o’tirishmagan bo’ladi. Shuning uchun bahorgi haydovdan keyin yer bir necha marta chizellanadi, mola bostiriladi va zudlik bilan ekiladi. Bahorgi haydashdan keyin yer bir necha marta chizellanadi va har safargi chizellashdan so’ng og’ir mola bostiriladi. Yer haydalishi bilanoq ekin ekishga tayyorlanib, ekin ekilaveradi. Aks holda tuproqning nami qochadi, keyin chigit suv berishga zaruriyat tug’iladi.

49


    1. Tuproq unumdorligini oshirishda bedapoyalarni haydashning ahamiyati, uni o’tkazish muddati, chuqurligi. Bedapoyalarni haydashda yo’l qo’yiladigan kamchilliklar va ularni bartaraf etish chora tadbirlari

Almashlab ekishda beda, tuproq unumdorligini va donadorligini tiklovchi asosiy ekin hisoblanadi. Bedapoyani haydashda xo’jaliklarda kamchiliklarga yo’l qo’yilmokda. P-5-35m, PN-4-35 pluglarining chimqirqari asosiy korpus qamrov kengligini to’la kesib egat tubiga tashlamay, balki oldingi ag’darilgan qatlamning yonboshiga tashlaydi. Bunda ildiz shoxi, qatlam orasidagi 10-12 sm chuqurlikka tushadi va bahorda qayta ko’karib chiqadi.
Ayrim vaqtlarda kuzda shudgor qilingan bedapoyani bahorda yuza yumshatishga yoki kultivatorlar bilan yoppasiga ishlashga, ko’pchillik holda erta bahorda kultivasiya qilingan yoki chizellangan bedapoyadagi ildizlarni tirmalab yig’ib olishga to’g’ri keladi. G’o’zadan keyin beda ekishdan maqsad yerning unumdorligini oshirish, fizik xossalarini yaxshilash va beda ildiz massasini chirishini boshqarib, undan kamida 5-7 yil foydalanish ko’zda tutiladi.
Ma’lumki, uch yillik beda gektariga 300-500 kg dan ortiq biologik azot va 16-22 tonna ildiz massasini to’playdi. Yerni haydash texnologiyasi to’g’ri tashkil etilmasa, beda to’plagan organik massa tezda minerallashadi.
Beda ildizini bahorda ko’karib chiqishini oldini olish va organik massani chirishini sekinlashtirish uchun bedapoyani haydash texnologiyasini takomillashtirish kerak. Buning uchun, plugning ag’dargichlari olinib lemexlari o’tkirlanadi. Bedapoyani haydashdan 5-7 kun oldin yer ustki qismi 5-6 sm chuqurlikda ana shu ag’dargich olingan plug bilan haydaladi. Shunda bedaning ildiz bo’g’zi 5-6 sm chuqurlikda kesilib unuvchanligi yo’qoladi. Yer kuzda shudgorlanganda organik qoldiqlar tuproqning chuqur qatlamiga ko’miladi. Tajriba natijalari bu usulda haydalganda ildizni minerallashuvi sekinlashganligini ko’rsatgan.
Bedapoyani 20-25 oktyabrdan 10-15 noyabrgacha haydash kerak. Sizot suvlari chuqur joylashgan, yeri quruq va qattiq bedapoyani sifatli haydash uchun 7-10 kun avval yerni sug’orish kerak. Bedapoyani yarusli plugda chuqur haydash yana ham yaxshi natija beradi. Sayez ko’milgan ildizpoyalar g’o’zaning qator oralariga dastlabki ishlov berilganda uning sifatsiz bajarilishiga va ko’chat siyrak bo’lishiga sabab bo’ladi.
M.V. Muhammadjonovni yozishicha, 3 yillik bedapoya kuzda 40 sm haydalganda 7 yilda gektariga 49,3s, PU-2-35 plugda 3 qatlamga organik va mineral o’g’itlar solib ekilgan bedapoya uchinchi yili 60 sm chuqurlikda ag’darib haydalganda esa o’rtacha 53,09 s dan hosil olingan. Bunday bedapoya uchinchi yili yezda haydalib makkajo’xori ekilganda, undan keyin chigit ekilganda o’rtacha 54,8 s dan hosil olingan. O’z PITI ma’lumotlariga ko’ra bedapoyani har yili har xil chuqurlikda haydash foydali ekan. Masalan: 1-yili 30-40 sm; 2-yili 30sm; 4-yili 40sm. Kuzgi shudgorlash chuqurligi o’zgartirib borilganda bir xil chuqurlikda haydashga qaraganda besh yilda g’o’zaning har gektaridan 28,6 s dan qo’shimcha hosil olingan.


    1. Download 1,29 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish