Html
Internetning
WWW hizmati, asosan, wyeb-sahifalarga bog‘liq ekan, ular qanday yaratiladi? –
degan savol tug‘ulishi tabiiy. Wyeb-sahifalar HTML (
Hypertext Markup Language
–
Gipermatnli markerlash tili) tilida yoziladi. HTML – dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda
hujjat (wyeb-sahifa) tayyorlash uchun Windows’ning Bloknot kabi oddiy matn muharriri yetarli.
HTML tilining buyruqlari “<” ва “>” belgilari orasiga yoziladi va deskriptor yoki teg (inglizcha
tag – yorliq, belgi, alomat) deb ataladi.
Masalan, yozuvi HTML tilidagi hujjatning boshlanishini anglatadi.
Teglarni yuqori yoki quyi
registrdagi lotin alifbosi harflari yordamida yozish mumkin, ya’ni va bir xil tegdir. Umuman,
teglar ikki turga bo‘linadi:
Juft teglar yoki konteyner-teglar: ko‘rinishdagi teg uchun tegi mavjud bo‘lib, birinchisi biror
amal
boshlanishini bildirsa, ikkinchisi shu amal yakunlanganini bildiradi.
Juftmas teglar: ko‘rinishdagi teg ochiladi, yopilishi shart emas, masalan, o‘zidan
keyingi matnni
yangi satrga o‘tkazuvchi
tegi kabi.
HTML-hujjat – “html” yoki “htm” kengaytmali matnli fayl bo‘lib, u oddiy matn muharririda
teglar qo‘llab yozilgan matn. HTML-hujjat va teglari orasida yozilgan bo‘ladi. HTML-hujjat
hotiraga yuklansa, u ekranda web-brauzer yordamida wyeb-sahifa ko‘rinishida aks etadi.
HTML-hujjat, odatda, ikkita bo‘limdan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘lim HEAD (bosh
qism yoki
sarlavha) bo‘limi bo‘lib u tegi bilan boshlanib tegi bilan tugaydi. Ikkinchi bo‘lim BODY (tana)
bo‘limi bo‘lib, unda hujjatni mazmuni aks ettiradi va u tegi bilan boshlanib tegi bilan tugaydi.
Agar HTML-hujjat freym-strukturani ifodalashi (wyeb-brauzer oynasidagi ma’lumotlar alohida
sohalarda aks ettishi) lozim bo‘lsa, u holda BODY bo‘limi o‘rniga FRAMESET (FRAME SET –
strukturalar (ramkalar) tizilmasi (to‘plami), juft tegi yordamida) bo‘limi ishlatiladi. Shuni
ta’kidlash joizki, HTML-hujjatda va juft teglarini yozish
tavsiya etiladi, lekin majburiy emas.
Wyeb-sahifaga kiritilishi lozim bo‘lgan yana bir element – wyeb-sahifa nomi bo‘lib, nom kiritish
uchun <ТITLE> tegi qo‘llaniladi. Wyeb-sahifada bu teg bir marta ishlatiladi. Wyeb-sahifa nomi
wyeb-brauzerning
sarlavha satrida aks etib, wyeb-sahifaning o‘zida ko‘rinmaydi. Shu sababli uni
wyeb-sahifaning istalgan joyiga yozish mumkin. Ammo wyeb-sahifa nomini wyeb-sahifa
boshiga yozish maqsadga muvofiq. Wyeb-sahifa nomi tegi bilan yakunlanadi.
Wyeb-sahifaga
istalgan nom, masalan, o‘z ismingizni berishingiz mumkin.
HTML tili muttasil rivojlanib bormoqda. O‘z navbatida wyeb-brauzerlar ham yangilanib turibdi.
Hozirgi kunda wyeb-sahifa tayyorlash uchun asosan HTML-4 tilidan foydalaniladi. Uning ba’zi
buyruqlarini “yeski” wyeb-brauzerlar (Internet Explorer-3, Internet Explorer-4) bajara olmaydi.
Bundan tashqari turli wyeb-brauzerlar, masalan, Internet Explorer va Netscape ham bir biridan
bir oz farq qiladi. Shu sababli bitta HTML-hujjat turli wyeb-brauzerlarda biror farq
bilan aks
etishi mumkin.
Manba:
Soft.zn.uz