Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘G‘riligini tekshirish to‘G‘risida


Respublikaning xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini o‘zaro tekshirish



Download 21,27 Kb.
bet2/2
Sana02.06.2022
Hajmi21,27 Kb.
#630027
1   2
Bog'liq
REFERAT 3

Respublikaning xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasida debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini o‘zaro tekshirish
TARTIBI
1. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 1998-yil 1-iyuldagi holatiga ko‘ra xizmat ko‘rsatuvchi banklar, soliq va moliya organlari, statistika organlari mutaxassislari bilan birgalikda bir oy muddatda o‘tkaziladi.
Axborotni to‘plash va uni taqdim etish uchun javobgarlik Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalariga yuklanadi.
2. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar va xolding kompaniyalarining debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini o‘zaro tekshirish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish va ushbu ish yakunlari bo‘yicha takliflar kiritishni tarmoq ekspert komissiyalari amalga oshiradilar.
3. Quyidagilar tarmoq ekspert komissiyalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘liq qamrab olinishi hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish sifatli o‘tkazilishi ta’minlanishini nazorat qilish;
debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish natijalarini umumlashtirish;
Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun bajarilgan ish yakunlari bo‘yicha va undirib olinishi gumon bo‘lgan o‘zaro qarzdorlik miqdorlari to‘g‘risida takliflar kiritish.
4. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, vazirliklar va idoralar rahbarlari qarzdorlik to‘g‘riligini tekshirish o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi hamda muddatni va to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlari amalda aks ettirilishi, shuningdek o‘zaro qarzlar bo‘yicha solishtirib chiqish dalolatnomalari tuzilishi uchun shaxsan javob beradilar.
5. O‘zaro qarzdorlik to‘g‘riligini tekshirishni jadallashtirish va solishtirib chiqish dalolatnomalarini tuzish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar joyning o‘ziga borib kreditorlik qarzi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan o‘z qarzlarini solishtirib chiqadilar.
6. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari va bosh buxgalterlari bosh daftar bilan solishtirib chiqilgan dalolatnoma jurnallar yoki kundalik kirim-chiqim dalolatnomalari asosida schyotlar bo‘yicha (09, 19, 45, 60, 61, 62, 63, 64, 65, 67, 68, 69, 70, 71, 73, 75, 76, 78) debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘ldiradilar.
7. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligi uzil-kesil tekshirib chiqilgandan keyin mazkur Tartibga ilova* bo‘yicha ma’lumotlar to‘ldiriladi. Ushbu ma’lumotlarda tizim ichki qarzdorligi, respublika doirasida va uning tashqarisidagi qarzdorlik (MDH mamlakatlari va olis xorij mamlakatlari bo‘yicha) alohida satrda ko‘rsatiladi. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan g‘ayriqonuniy ravishda undirilganligi tufayli paydo bo‘lgan debitor qarzdorlik miqdori ham alohida ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, kreditorlik qarzlari bo‘yicha ma’lumotlarda Hukumat qarorlariga ko‘ra muddati kechiktirilgan kreditorlik qarzlari ajratib ko‘rsatiladi.


Xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlariga solishtirib chiqish dalolatnomalari nusxalari ma’lumotlarda ko‘rsatib qo‘yilgan mablag‘ni tekshirish va umumlashtirish uchun xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi.
Tuman statistika organlari, xizmat ko‘rsatuvchi banklar va soliq organlari debitorlik va kreditorlik qarzlarining umumiy miqdorini buxgalteriya balansi ma’lumotlari va solishtirib chiqish dalolatnomalarini ma’lumotlarda keltirilgan miqdorlar bilan solishtirib chiqadilar hamda ma’lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydilar. Shundan keyin solishtirib chiqish dalolatnomalari nusxalari xizmat ko‘rsatuvchi banklarda qoladi.
Agar xo‘jalik yurituvchi subyektda buxgalteriya hisobi va hisoboti o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bo‘lsa yoki komissiyaga taqdim etilgan hisobga olishda, ma’lumotlarda qoloqlikka yo‘q qo‘yilgan.
Download 21,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish